Tezis va maqolalar tahlilini o’rganish Reja


Tezislarni rasmiylashtirish bo'yicha talablar


Download 41.59 Kb.
bet4/5
Sana19.02.2023
Hajmi41.59 Kb.
#1213994
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tezis va maqolalar tahlilini o

Tezislarni rasmiylashtirish bo'yicha talablar
Fayl matni .doc yoki .docx formatida yozilishi va fayl Name_No.docx formatida nomlanishi kerak. Bu yerda Name — birinchi muallifning familiyasining lotin harflaridagi yozilishi, No — maqolaning shart bo'lmagan nomeri (faqat muallif konferensiyaga bitta Name nom bilan bir nechta maqola jo'natayotgan bo'lsa qo'yiladi).
1. Varaqning tepasida tezisning nomi bosh harflar bilan sahifa o'rtasisiga yozilishi kerak. Ikki interval qoldirib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir intervaldan keyin ilmiy darajasi va u ishlayotgan tashkilot ko'rsatiladi. Ikki interval qoldirilib, muallifning E-mail va telefoni, bir interval qoldirilib, navbatdagi qatordan kursiv bilan annotatsiya (3-5 satr) va kalit so'zlar (3-6 so'z), yana ikki inteval qoldirilib, navbatdagi qatordan tezis, maqola matni yoziladi.
2. Konferensiyaning ish tili - ingliz, rus, o'zbek tillari.
3. Sahifa o'lchami - A4, mo'ljal - "knijnaya".
4. Sahifa hoshiyalari: yuqoridan 2,5 sm; pastdan 2,5 sm; chapdan 2,5 sm; o'ngdan 1,5 sm.
5. Shrift "Times New Roman", o'lcham - 14.
6. Satrlararo interval - 1,5.
7. Abzats uchun qoldiriladigan masofa - 1,25 sm.
8. Maqola, tezis matni talablarga mos ravishda rasmiylashtirilishi va 3-5 bet hajmda bo'lishi kerak.
9. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati maqolaning oxirida alifbo tartibida tartiblangan holda keltitrilishi shart.
10. Maqola, tezis matni ichida foydalanilgan adabiyotlarga ishoratlar kvadrat qavslar [] ichida berilishi kerak.
11. Rasm yoki grafiklar bo'lsa, ular matn ichida keltiriladi hamda albatta uning tagida rasmning nomeri qo'yilgan holda bu nimaning rasmi yoki grafigi ekanligini tushuntiruvchi matn keltirilishi shart.
12. Jadvallarning albatta nomeri bo'lishi va unda qanday ma'lumotlar keltirilganligini tushuntiruvchi yozuv bo'lishi shart.
Ma'ruza matnining prezentatsiyasini tayyorlashga qo'yiladigan talablar
Anjumanda ma'ruza qilish uchun ma'ruzangizning prezentatsiyasini .ppt yoki .pptx formatida 10 slayddan ko'p bo'lmagan holda rasmiylashtirishingiz va uni tezis bilan birgalikda nauka@ubtuit.uz elektron manziliga yetkazib berishingiz talab qilinadi.
Ma'ruza prezentatsiyasini oldindan bermaganlar konferensiya ma'ruzachilari ro'yxatiga kiritilmaydi

Download 41.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling