Tezkorlik qobiliyati haqida tushuncha Tezkorlik va uni tarbiyalash uslublari Tezkorlikni tarbiyalashning vositalari


-jadval Har xil davom etadigan maksimal jismoniy yuklamada aerob va anaerob jarayonlarning energiya bilan ta’minlash


Download 32.67 Kb.
bet5/5
Sana23.04.2023
Hajmi32.67 Kb.
#1388109
1   2   3   4   5
2-jadval
Har xil davom etadigan maksimal jismoniy yuklamada aerob va anaerob jarayonlarning energiya bilan ta’minlash



Kuchning chegaragacha davom etishi

Energiya bahosi, kkal.

Farqlanish

anaerob jarayon

aerob jarayon



Jami

anaerob jarayon

aerob jarayon

10 sek

20

4

24

83

17

1 min

30

20

50

60

40

2 min

30

45

75

40

60

5 min

30

120

150

20

80

10 min

25

245

270

9

91

30 min

20

675

695

3

97

60 min

15

1200

1215

1

99

Yugurishda qadamlar uzunligi va kislorod qabul qilishning bog’liqligi to’g’risida ma’lumotlar 1-chizmada keltirilgan.


Trenbandda yugurishni qabul qilish to’g’risidagi ma’lumotlar 2-chizmada keltirilgan.
SHu bilan birga, chegaraviy va chegaraga yaqin tezlik bilan bajariladigan mashqlariga berilib ketish kerak emas, chunki bu “tezlik to’sig’i”deb ataladigan holatning vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Bunda natijalarning o’sishi to’xtaydi va o’quvchilar bunday yuklamalarni qanchalik ko’p va tez-tez bajarsalar, shunchalik ko’p dinamik stereotip barqarorlashadi. Bunday holda “tezlik to’sig’ini buzish” maqsadida tezlik bilan bajariladigan xilma-xil maxsus mashqlardan foydalaniladi. Bunday mashqlar sirasiga masalan: shatak bilan tog’ ustida yugurish, yengillashtirilgan snaryadlarni uloqtirish va boshqalarni kiritish mumkin.
Tezkorlik mashqlarida o’quvchilarning tezlikni kamaytirmasdan yuklamalarni bajarish qobiliyati aniqlanadi.

  1. Murakkab reaksiya tezkorligini tarbiyalash.

Murakkab reaksiyaning ikki xili, ya’ni harakatdagi ob’ektga bo’ladigan reaksiya va tanlash reaksiyasi ustida to’xtalib o’tamiz.
Harakatdagi ob’ektga bo’ladigan reaksiya yakkama-yakka olishish mashqlari va to’p o’yinlarida ko’proq uchraydi. Masalan, darvozaga to’p tepilgan vaqtda darvozabonning harakatlarini qarab chiqamiz. Darvozabon quyidagilarni bajarishi kerak:
1) to’pni ko’rishi;
2) to’pning yo’nalishini va uning uchish tezligini baholashi;
3) qanday harakatlanish rejasini tanlashi;
4) bu rejani amalga oshirishi. Mazkur holda reaksiyaning yashirin davri mana shu to’rt elementdan tashkil topadi. Harakatdagi ob’ekt to’satdan paydo bo’lganda, bu ob’ektga reaksiya ko’rsatish 0,25 sek.- 1 sek. vaqt oladi. Harakatdagi ob’ektga reaksiya ko’rsatishda katta tezlik bilan harakat qilayotgan buyumni ko’ra bilish katta ahamiyatga ega. Aynan mana shu qobiliyatni o’stirishga alohida e’tibor berish kerak. Buning uchun harakatdagi buyumga reaksiya ko’rsatishga doir mashqlardan foydalaniladi: mashg’ulot talablari harakatdagi buyumning tezligini oshirish, ob’ektning to’satdan paydo bo’lishi, sportchi bilan buyum o’rtasidagi masofani qisqartirish hisobiga oshiriladi. Kichik to’p bilan bajariladigan harakatli o’yinlar juda foydalidir.
Tanlash reaksiyasi raqibi hatti-harakatlarining yoki tevarak-atrofdagi sharoitning o’zgarishiga muvofiq ravishda mumkin bo’lgan harakatlantiruvchi javoblardan keragini tanlab olish bilan bog’liq. Masalan, himoyalanayotgan qilichboz raqibining qaysi usulda hujum qilayotganiga qarab, himoyalanishning mumkin bo’lgan variantlaridan birini tanlaydi. Tanlash reaksiyasining murakkabligi sharoitning o’zgarish imkoniyatlarining rang-barangligiga, chunonchi, yakkama-yakka olishishda raqibining xilma-xil harakat qilishiga bog’liq. Masalan, boksda real sharoitdagi olishuv vaqtida sportchilarning murakkab reaksiyasiga bo’lgan talab nihoyatda katta: raqibi hech kutilmaganda ham chap, ham o’ng qo’l bilan xilma-xil zarba berishga harakat qilishi mumkin.
Ayrim mashqlarda yuklamaning hajm va shiddat parametrlari nisbati 1-chizmada berilgan.
Tezkorlik ta’sirini yaxshilash uchun shug’ullanuvchilarda vaqt hissini tarbiyalash katta ahamiyatga ega. SHu maqsad bilan shug’ullanuvchilarga izchillikning turli xildagi mashqlari taklif qilinadi:
1. Tezkorlik mashqi bajarilgandan keyin o’qituvchi shug’ullanuvchilarga topshiriq bajarilganiga sarf qilingan vaqt haqida xabar beradi.
2. O’qituvchi o’quvchiga vaqtni xabar qilmaydi, o’quvchining o’zi vaqtni aniqlashi kerak.
3. O’quvchi berilgan vaqtda tezlik mashqini bajarishi kerak.
Harakatlantiruvchi ta’sir tezligini rivojlantirish uchun eng qimmatli mashqlar sirasiga harakatli va sport o’yinlari kiradi.
Tezkorlik sifatini nazorat qilish uchun oddiy va murakkab reaksiyalarni nazorat mashqlari orqali aniqlash.
Ayrim harakatlarning tezligini aniqlash: urish vaqti, to’pni uzatish, uloqtirish, biomexanik apparatlar yordamida va boshqalar.
Tezkorlikni aniqlash mashqlari: 30, 50, 60, 100 metrga yugurish (past va yuqori startdan).
Tezlik zahirasi – yugurishdagi etalon bo’laklarni (30, 60, 100 m) butun masofani bosib o’tgan eng yaxshi natijasi:
Zs q tp - tk.
tp –etalon bo’lakning vaqti.
tk – shu bo’lakdagi eng yaxshi natija.
masalan: 100 m yugurishda eng yaxshi vaqt (tp) 16 yoshda 13,0 s ga teng.
200 m yugurish vaqti 30,0s.
100 metrga yugurishning o’rtacha vaqti tk 13.0 s.
2000 m yugurish 9 min. Zahira Zs qanchalik kichik bo’lsa, chidamlilikni rivojlantirish darajasi shuncha yuqori.
CHidamlilik indeksi q t - tkxn,
t – qandaydir uzoq masofani o’tish vaqti.
tk – qisqa etalon bo’lakni yugurib o’tish vaqti.
100 m yugurishda eng yaxshi vaqt (tp) 16 yoshda 13,0 s ga teng.
200 m yugurish vaqti 30 s ga yoki 450 s ga teng.
CHidamlilik indeksi 450 – (14 x 20)q 170 s , bu yerda indeks qanchalik kichik bo’lsa, chidamlilikning rivojlanish darajasi shuncha yuqori.
CHidamlilik koeffitsienti – t:tk
t – butun masofani bosib o’tish vaqti;
tk – etalon bo’lakni yugurib o’tish vaqti.
Masalan: 300 metrga yugurish vaqti – 51 s , 100 metrga yugurish vaqti (etalon bo’lak) –14,5 s . Bunda chidamlilik koeffitsienti 51,0 : 14,5 q3,52.
CHidamlilik koeffitsienti qanchalik kichik bo’lsa, chidamlilikning rivojlanish darajasi shuncha yuqori bo’ladi.

Tezkorlik insonning muayyan sharoitda minimal vaqt sarflash bilan harakat faoliyatini bajarish qobiliyatidir

To’g’ri

Noto’g’ri







Tezkorlikning namoyon bo’lish shakllari bir-biriga nisbatan bog’liq emas.

To’g’ri

Noto’g’ri







Tezkorlikni aniqlash uchun eng qulay model

Yugurishdir

Uloqtirishdir

Sakrashdir

Barcha harakatlar

Reaksiyaning yashirin vaqti nechta tarkibiy qismdan iborat

Beshta

To’rtta

Uchta

Oltita

Reaksiyaning yashirin vaqti birinchi tarkibiy qismini ko’rsating

retseptorda qo’zg’alishning paydo bo’lishi

qo’zg’alishni markaziy asab tizimiga uzatish

qo’zg’alishning asab yo’llari bo’ylab o’tib borishi va effektor signalning hosil bo’lishi

signalning markaziy asab tizimidan mushakka o’tkazilishi

Maksimal tezlikda bajariladigan harakatlar fiziologik xarakteristikalariga ko’ra sekinroq harakatlardan farq qiladilar.

To’g’ri

Noto’g’ri







Yosh va tezlikning o’zgarishi bilan kichik maktab yoshidagilarda yuqori sinf o’quvchilariga qaraganda tezlik ko’proq jadal rivojlanadi.

To’g’ri

Noto’g’ri







Suzishda to’pponchadan otib start berish qanday reaktsiyaga misol bo’ladi

Oddiy reaktsiya

Murakkab reaktsiya







Oldindan ma’lum bo’lgan (to’satdan paydo bo’ladigan) signalga ilgaridan ma’lum bo’lgan harakat bilan javob berishga nima deyiladi

Oddiy reaktsiya

Murakkab reaktsiya







Gandbolchi darvozaga hujum qilayotib, koptokni o’ng va chap, yuqori va quyi burchagiga tashlashi mumkin. Bu holatda darvozabon qanday rektsiya bildiradi?

Murakkab reaktsiya

Oddiy reaktsiya






















Download 32.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling