Tezligi rostlanmaydigan asinxron elektr motorlarning minimum reaktiv quvvati iste’mol bo’lgan qiymatlarda boshqarish
Download 40.89 Kb.
|
Tezligi rostlanmaydigan asinxron elektr motorlarning minimum reaktiv quvvati iste’mol bo’lgan qiymatlarda boshqarish
4.13- rasm. Asinxron dvigatelni qo‘zg‘atish tokining turli
qiymatlarida o‘zgartirib yoki rotor zanjirida turli qo‘shimcha qarshilik kiritib olingan dinamik tormozlashdagi mexanik tavsiflari. tokni shakllantiradi. Rotordagi bu kichik qiymatga ega bo‘lgan magnit oqim va tok katta elektromagnit moment hosil qila olmaydi. Shuning uchun magnit oqimini sezilarli darajada ko‘paytirish imkonini topish kerak. Buni dinamik tormozlash rejimida mashina statorini o‘zgarmas yoki to‘g‘rilangan tok manbayiga ulash bilan amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari dvigatelning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish sxemasini ham yaratish mumkin. Buning uchun esa stator chulg‘amlariga kondensator ulash lozim bo‘ladi. Natijada asinxron mashinaning mustaqil qo‘zg‘atish va o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish yo‘li bilan dinamik tormozlash rejimini olamiz. Mustaqil qo‘zg‘atishda statorda hamda aylanayotgan rotor chulg‘amlarida EYK va tok hosil qiladigan o‘zgarmas oqim induksiyalanadi. Stator chulg‘amlarini o‘zgarmas (to‘g‘rilangan) tok tarmog‘iga ulash uchun turli ulanish sxemalari qo‘llaniladi, ularning ba’zilari 4.12- rasmda keltirilgan. Mashinaning elektromagnit momenti qiymati uning ikkilamchi zanjiridagi stator toki bilan aniqlanadi, ya’ni Bu tenglamani ekstremumga tadqiq etib, rotorning nisbiy kritik tezligini aniqlash mumkin, bunda moment ham maksimum qiymatga erishadi: Yuqoridagi (4.25) — (4.27) formulalarga asosan AD mexanik tavsifi uchun quyidagi ifodani olish mumkin: M = 2Mkr/(v/vkr + vkr/v). (4.28) (4.24) — (4.28) formulalarning tahlili va AD dinamik tormozlashni tavsiflovchi fizik hodisalardan quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi. 1. Dinamik tormozlash rejimida asinxron mashinaning mexanik tavsifining xususiyatlari dvigatel rejimidagi shunga o‘xshash tavsiflarning xususiyatlariga o‘xshash bo‘ladi, ya’ni kritik moment ikkilamchi konturning aktiv qarshiligiga bog‘liq emas, kritik tezlik vkr esa Skr kabi dvigatel rejimida rў2 ga proporsionaldir. 2. Tok Ii va parametr xm dvigatel rejimidagi qiymatlardan tubdan farq qiladi, chunki bu parametrlar stator magnit zanjirining to‘yinishiga bog‘liq. 3. Dvigatel rejimida mashinaning stator toki rotor sirpanishining funksiyasi bo‘lib, dinamik tormozlashda esa u o‘zgarmas qiymatga ega. 4. Natijaviy magnit oqimi rotorning kichik tezliklarida va dinamik tormozlashda ortib boradi. Chunki bu holda rotor reaksiyasining magnitsizlantirish harakati kamaya boradi, dvigatel rejimida esa u o‘zgarmas bo‘lib qoladi. 4.13- rasmda tavsiflar keltirilgan bo‘lib, ulardan 1 va 2 o‘zgarmas r21 qarshiligida va stator tokining ikki xil I11 < I12 qiymatida, 3 va 4 tavsiflar esa toklarning shu qiymatlarida qarshiliklarning qiymatini o‘zgartirib r22 > r21 olingan. Taqqoslash uchun dvigatel rejimida ishlayotgan mashinaning mexanik tavsifi keltirilgan. Agar rotor zanjiridagi aktiv qarshilikni o‘zgartirish mumkin bo‘lsa, u holda taxminan moment o‘zgarmas bo‘lib qolgandagi tavsifni yuritma tezligi keng diapazonda o‘zgarganda olish mumkin. Magnitlovchi konturning reaktiv qarshiligi magnit zanjiri to‘yinmagan holat uchun quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bu yerda: U0, I0 — mashinaning salt yurishdagi faza kuchlanishi va toki. Download 40.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling