Tezlik va vaqt bo‘yicha masofani aniqlash
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
\'Untitled.FR11.pdf ìàñ
122
129 MASOFA VA TEZLIK BO‘YICHA VAQTNl TOPISH Masala. Nodira 1 soatda 3 km yo‘l yuradi. U shunday tezlik bilan yursa, 6 km masofani qancha vaqtda o‘tadi? Masalani yechish uchun « 6 ning ichida 3 dan nechtasi bor?» degan savolga javob berish kerak. Bu savolning javobi 6 : 3 = 2. Demak, masalaning javobi 6 k m : 3 km/soat = 2 soat bo‘ladi. Berilgan masofani berilgan tezlik bilan o'tishga qancha vaqt sarflanganini bilish uchun shu masofani tezlikka bo'lish kerak. Umuman, S masofa, v tezlik berilsa, t vaqt ushbu t = S :v formulaga ko‘ra hisoblanadi. 1. Toshkent va Farg'ona shaharlari orasidagi masofa 330 km. Avtobus soatiga 55 km tezlik bilan yursa, bu masofani necha soatda o‘tadi? 2. Kamolaning uyidan m aktabgacha 1 km. Kamola 1 soatda 4 km yuradi? U uyidan maktabga qancha vaqtda boradi? 3. Bo‘ri o‘zidan 15 m narida turgan quyonni ko‘rib qoldi va «Senimi, shoshmay tur!», deb uni quva ketdi. Quyon turgan joydan inigacha 30 m. Bo‘rining 2 sakrashi 3 metrga, quyonning 5 sakrashi 6 metrga teng. a) necha sakrashda quyon iniga yetadi? •jjrp b) necha sakrashda bo‘ri quyonning iniga /+JNL ^ d) bo'rining bir sakrashi quyonning bir sakrashidan qancha ortiq? (metmi santi- -- metrga aylantiring). 4. Sayyohlar «Damas» avtomashinasida toqqa borishda 240 km lik masofani 4 soatda, qaytishda esa 3 soatda bosib o‘tishdi. Mashina- ning borishdagi tezligini va qaytishdagi tezligini toping. 5. Toshkent va Nukus orasidagi masofa 1200 km bo‘lsa, samolyot 600 km/soat tezlik bilan uchib, qancha vaqtda Nukusga yetib boradi? 130 6 . Ikki shahar orasidagi masofa 240 km. Mashina sekinroq yursa, bu masofani o‘tish uchun ko‘proq vaqt sarflaydi; tez yursa, kamroq vaqtda manzilga yetib oladi. Bunga ushbu jadvalni toldirib o‘zingiz ishonch hosil qiling: Masofa 240 km Tezlik (km/soat) 2 0 30 40 60 80 1 2 0 Vaqt (soat) 7. Diloromning 8 qadarni 4 metr, ukasining 6 qadami 2 metrga teng. 40 metrli masofani o‘tish uchun har biri necha qadam tashlaydi? <* 8 . Mashina 50 km/soat tezlik bilan ketayapti. a) 300 km masofani u necha soatda o‘tadi? b) mashina tezligini 10 km/soatga oshirdi. Endi u o\sha masofani necha soatda o‘tadi? Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling