Mavzu: G’ishtning siqilishga mustahkamlik chegarasini aniqlash
Umumiy malumotlar: G’ishtning markasi uning mustahkamligiga qarab aniqlanadi. G’ishtning
markasi 5 ta g’ishtni siqilishga va egilishga sinab (o’rtacha ko’rsatkich, MPa) topiladi. Davlat
standartlariga muvofiq oddiy g’isht quyidagi markalarga bo’linadi: 300; 250; 200; 150; 125; 100 va 75.
İshning maqsadi: G’ishtning siqilishga mustahkamlik chegarasini aniqlashdan iborat.
Zarurli asbob-uskunalar va ashyolar: sinaladigan namunalar, po’lat chizg’ich yoki
shtangenggirkul, gidravlik press, 300 markali portlandtsement, kurakcha va osti doyra shaklidagi tunuka
idish, suv, qum.
Tajriba tartibi: O’lchamlari 250x120x65 mm li oddiy pishiq g’isht namunalarining har biri po’lat
arra bilan teng ikkiga bo’linadi va ularni bir-birining ustiga qo’yib, tsement bo’tqasi bilan (5 mm
qalinlikda) yopishtiriladi. Bunda arralangan tomonlari almashtirib qo’yiladi; yopishtirilgan g’ishtning
yuqori va quyi sirti 3 mm qalinlikda tsementlanadi va 5-7 kun tabiiy muhitda saqlangandan keyin
siqilishga sinaladi.
Yuqoridagi tartibda qolgan namunalar ham sinashga tayyorlanib, tayyorlangan namunalar siqilishga
gidravlik pressda sinaladi. Topilgan natijalar R
siq
=P/S formulasiga qo’yilib g’ishtning siqilishga
mustahkamlik chegarasi aniqlanadi. Formulaga ko’ra namunani buzuvchi kuch P ning kuch tushayotgan
namuna yuzasi S ga nisbati sopol buyumning siqilishga mustahkamlik chegarasini ifodalaydi.
Siqilishga bo’lgan o’rtacha mustahkamlik chegarasi ko’rsatkichi orqali g’ishtning markasi
aniqlanadi. Masalan, g’ishtni sinash natijasida uning R
siq
=80 yoki 95 bo’lsa, g’ishtning markasi 75; 160-
190 bo’lsa 150 deb olinadi va h.k.
Mavzu: G’ishtning egilishga mustaqkamlik chegarasini aniqlash
Umumiy malumotlar: Sopol buyumlarining markasini aniqlash uchun ularni siqilishga va egilishga
sinab ko’riladi. Terilgan g’ishtning mustahkamligi, asosan, qorishmaning mustahkamligiga emas, balki
g’ishtning markasiga bog’liq ekanligi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |