The department of public education of hazorasp district


Download 77.43 Kb.
bet1/2
Sana22.12.2022
Hajmi77.43 Kb.
#1042057
  1   2
Bog'liq
24-son odam savdosi



HAZORASP TUMANI
XALQ TA’LIMI BO‘LIMI
24-SON UMUMTA’LIM MAKTABI




THE DEPARTMENT OF PUBLIC EDUCATION OF HAZORASP DISTRICT
SCHOOL №.24

Xorazm. Hazorasp tuman, , Karvak qishlog`i G`.G`ulom mahallasi. 220701, Maktab ko`chasi 318--uy
tel.: (99899) -215-24-00, faks:,
E-mail: hz_24maktab@inbox.uz




Khorezm. Hazarasp district, Karvak village,
G`.G`ulom neighborhood. 220701, Maktab str
tel .: (99899) 215-24-00, fax :,
E-mail: hz_24maktab@inbox.uz



Hazorasp tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 24-son umumiy o’rta ta’lim maktabida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo’yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida
Xalq ta’limi tizimida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo’yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta‘limini rivojlantirishga oid Farmon va qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim va tarbiyani o‘zaro uyg‘unlashtirish, o‘qituvchining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitilishiga, ularning majburiy mehnatga jalb etilishiga, o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlarlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 15-avgustdagi 270-sonli hamda Xalq ta’limi boshqarmasining 2022 yil 19- avgust 108-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Buyuraman:

  1. Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 15-avgustdagi 270-sonli hamda xalq ta’limi boshqarmasining 2022 yil 19-avgust 108-sonli buyrug‘i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. Hazorasp tumani XTBga qarashli 24-son umumiy o’rta ta’lim maktabida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha shtab tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirishga qaratilgan “Odam savdosi - davr muammosi” targ‘ibot loyihasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. MMIBDO’ U.Rajabovga: majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holatga aniqlik kiritib, majburiy mehnatga jalb qilgan mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy jazo qo’llash, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli hujjatlarni yuborish; aniqlangan holatlarni bartaraf etish va shu kabi holatlarni kelgusida takrorlanishining oldini olish maqsadida asoslantirilgan takliflarni maktab rahbariyatiga kiritish; xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilmaslik bo‘yicha muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib borish; xodimlarga qulaylik yaratish va ular bilan qayta aloqa mexanizmini yo‘lga qo‘yish maqsadida maktabning kirish joylariga vazirlik tomonidan yetkazilgan 7 xil tilda (o‘zbek, qozoq, rus, tojik, turkman, qirg‘iz, qoraqalpoq tillarda) flayerlar tayyorlab tarqatish va vazirlikning ishonch telefoni (71-202-09-09), “Ustoz ovozi” (uzedu.uz/xtv/) elektron sayti orqali virtual inspektor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish imkoniyatini yo‘lga qo‘yish; odam savdosi va majburiy mehnat bilan bog‘liq jinoyat va huquqbuzarliklar bo‘yicha hisobotlar yuritish vazifalari yuklatilsin.

  2. Hazorasp tuma XTBga qarashli 24-son umumiy o’rta ta’lim maktabi MMIBDO’ U.Rajabov tegishli xodimlari bilan birga:

2022-yil 1-sentabrga qadar yoshlarning odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar va majburiy mehnat bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning og‘ir oqibatlari to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida bitiruvchi sinflar bilan vazirlik tomonidan belgilangan tartibda qisqa muddatli o‘quv kurslarini o’tkazish; 2022-yil 1-dekabrga qadar vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan, xodimlar mas’uliyatini yanada oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda g‘ayriijtimoiy holatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot materiallari to‘plamini o’quvchilarga yetkazish choralarini ko’rish; odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishning mazmun- mohiyatini yoshlarga tushuntirishga qaratilgan “Odam savdosi-davr muammosi” targ‘ibot loyihasi doirasida o’quvchilar bilan uchrashuv, davra suhbatlari tashkil etish choralarini ko‘rsin.

  1. MMIBDO’ U.Rajabovga: odam savdosi va majburiy mehnat bilan bog‘liq aniqlangan holatlar yuzasidan ma’lumotlarni tasdiqlangan hamda elektron shaklini hisobot davridan keyingi oyning 1-sanasidan kechiktirmasdan xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etilishi ta‘minlansin.

  2. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish MMIBDO’ U.Rajabov zimmasiga yuklatilsin.

Maktab direktori: R.Sapayeva


Hazorasp tumani


2022-yil___-sentabr
Buyruq №___
Hazorasp tuman xalq ta'limi bo‘limining 2022-yil
“____” sentabrdagi ____-sonli buyrug‘iga 1-ilova


Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashishning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirishga qaratilgan “Odam savdosi-davr muammosi” targ‘ibot loyihasini amalga oshirish yuzasidan


Download 77.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling