The department of public education of kosonsoy district


Download 428.89 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi428.89 Kb.
#1133549
Bog'liq
касб-хунар





KOSONSOY TUMANI
XALQ TA’LIMI
BO‘LIMI





THE DEPARTMENT OF PUBLIC EDUCATION OF KOSONSOY DISTRICT



717106, Namangan, Kosonsoytumani, Me’morko‘chasi, 101-uy
Tel.: (+998) 69 652-24-52, faks: (+998) 69652-24-52
web-site: www.kosonsoyxtb.uz, e-mail: kosonsoy_txtb@xtv.uz





101, Me’mor street, Kosonsoy district, Namangan,717106
Phone: (+998) 69 652-24-52, fax: (+998) 652-24-52
web-site: www.kosonsoyxtb.uz, e-mail: kosonsoy_txtb@xtv.uz

2022-y. «___»______________



№_______________



«___»______________2023 г.



Kosonsoy tuman
hokimi o‘rinbosari

  1. Sheraliyevga

Kosonsoy tuman xalq ta’limi bo‘limi Sizga yozib shuni ma’lum qiladiki, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan 2023-yil 20-yanvar kuni maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan vazifa va topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida maktab o’quvchilarini 2 ta horijiy til va 1 ta kasb-hunarga o’rgatish hamda 11-sinfni - “Hayot maktabi” etib belgilash va bitiruvchilarni daromad topadigan ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka va zamonaviy kasblarga o’rgatish maqsadida tumandagi 3 ta (8-, 35-, 54-sonli) maktablar tanlab olindi.
Mazkur maktablarda birinchi horijiy til sifatida ingliz tili fani 1-sinfdan boshlab o’qitiladi, ikkinchi til sifatida nemis tili fani darslarni maqbullashtirilishi hisobidan 7-sinfdan boshlab o’qitilishi belgilandi.
Chet tillarini sifatli o‘rgatish uchun maktablarga «til egasi» bo‘lgan malakali pedagoglar jalb qilinadi hamda Prezident maktablarining til o‘rgatish tajribasi, darslik va dasturlari asosida o‘qitish yo‘lga qo’yiladi.
Shuningdek, ushbu maktablarda o’quvchilarga maishiy xizmat va servis soxasi va IT-soxasi, farmasevtika va tikuvchilik, tikuvchilik-to‘qimachilik, qandolatchilik va oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha kasb-hunarlar o’qitilishi yo’lga qo’yiladi.
Jumladan 8-sonli maktabda maishiy xizmat va servis soxasi va IT-soxasiga oid kasb-hunar o’rgatilinib bunda maktab joylashgan hududdagi Kosonsoy 1-sonli kasb-hunar maktabi va IT-school maktabidan foydalanish ko’zda tutilmoqda.
53-sonli maktabda tikuvchilik-to‘qimachilik, qandolatchilik va oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha kasb-hunarlar o’qitilishi yo’lga qo’yiladi, bunda o’quvchilar Namuna sanoat zonasida joylashgan fabrika va korxonalarda tikuvchilik-to‘qimachilik, maktab hududida joylashgan Kosonsoy 2-sonli kasb-hunar maktabi balansidagi qandolatchilik va oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish jihozlari joylashgan o’quv amaliyoti binosida qandolatchilik va oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish kasbini o’rganishadi.
54-sonli maktabda o’quvchilarga tikuvchilik kasbiga hamda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish soxasi bo’yicha kasb-hunar o’rgatilib, maktab joylashgan hududdagi Barkas-teks korxonasida tikuvchilik kasbi, hududdagi avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish shaxobchalarida o’quvchilar avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish soxasi bo’yicha kasb-hunar egallashadi.
Maktablarda o’quvchilarga kasb-hunar sirlarini o’rgatish uchun malakali o’qituvchilar va hududlardagi tadbirkorlar jalb etiladi.


Kosonsoy tuman xalq
ta’limi bo’limi mudiri S. Ergashev

Ijrochi: K.Tadjibayev


Tel:(94) 157-60-19

Download 428.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling