The economy of enterprise
A.E.Karlik va M.L.Shuxgalter
Download 0.55 Mb.
|
korxona iqtisodiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- V.P.Gruzinov
A.E.Karlik va M.L.Shuxgalterlarning taxriri ostida 2001 yilda Moskvada chop etilgan ''Korxona iqtisodiyoti'' (Ekonomika predpriyatiya) darsligi kirish, 19 ta bob, adabiyotlar ro’yxati va oforizmlardan iborat. Unda korxona faoliyatining asosiy funktsiyalari va yo’nalishlari ko’rib chiqiladi. Alohida e’tibor korxonaning tashkiliy-huquqiy shakllari, korxonalar va moliyaviy tuzilmalar birlashmalari, korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish masalalariga qaratilgan. Tashkiliy tuzilmalar va korxona faoliyatining rejalashtirish, resurslar asosi, investitsiya inqirozga qarshi boshqaruv muammolari ko’rib chiqiladi. U iqtisodiy oliy o’quv yurtlari talabalari, korxona rahbarlari va mutaxasislariga mo’ljallangan.
Professor V.P.Gruzinov taxriri ostida 1998 y Moskvada chop etilgan ''Korxona iqtisodiyoti'' (ruscha ''Ekonomika predpriyatiya'') darsligi 5 bo’limdan iborat. ''Korxona faoliyati kontseptsiyasi'' deb nomlangan birinchi bo’lim 9 bobdan, ''Korxonaning resurs ta’minoti'' deb nomlangan ikkinchi bo’lim besh bobdan, ''Bozor sharoitlarida korxona faoliyatining asosiy iqtisodiy ko’rsatgichlari''ga bag’ishlangan uchinchi bo’lim ikki bobodan, ''Iqtisodiy o’sishning asosiy omillari'' nomli to’rtinchi bo’lim 4 bobdan va ''Xo’jalik yuritishning shakllari va uslublari'' nomli beshinchi bo’lim 2 bobdan tashkil topgan. Darslik korxona iqtisodiyotini yuritishning tavsifi to’g’risidagi tushunchalardan tashqari, korxonani rivojlantirish strtegiyasini shakllantirish, bozor sharoitlarida uning missiyasini aniqlash, biznes-reja tuzishga, marketing faoliyatini tashkil etishga, bankrot bo’lishga yo’l qo’maslikka o’rgatadi. Darslik Rossiya korxonalari hayoti materiallaridan tashqari boshqa davlatlar korxonalari amaliyoti to’g’risida katta ma’lumotlar beradi. I-BOB. «KORXONA IQTISODIYoTI» KURSINING MAZMUNI VA VAZIFALARI Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling