The economy of enterprise


Aylanma mablag’larni normalashtirish


Download 0.55 Mb.
bet112/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Aylanma mablag’larni normalashtirish korxonaning uzluksiz ishlashi ta’minlaydigan moddiy boylik va boshqa resurslarning minimal, lekin etarli zahiralarini shakllantirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’larini aniqlashda ifodalanadi. U ichki zahiralarni aniqlash, ishlab chiqarish tsikli davomiyligini qisqartirish va tayyor mahsulotni tezroq sotish imkon yaratadi.

Biroq amaliyotda korxonalarning barcha aylanma mablag’lari ham normalashtirilmaydi. Shu sababli aylanma mablag’lar normalashtiriluvchi va normalashtirilmaydigan turlarga taqsimlanadi va ular hozirgi bozor munosabatlari sharoitlarida ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.



Normalashtiriluvchi aylanma mablag’lar qatoriga korxona omborlaridagi ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, unchalik qimmat bo’lmagan predmetlar va jihozlar), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va ombordagi tayyor mahsulotlar kiritiladi.

Normalashtirilmaydigan aylanma mablag’lar, bu – xaridorlarga berib yuborilgan tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag’laridir.

Korxonalar faoliyatida barcha aylanma mablag’lar salmog’ida 70-80%ni tashkil qiluvchi normalashtiriluvchi aylanma mablag’lar asosiy o’rin tutadi. Aylanma mablag’larni normalashtirish tejamkorlik rejimiga rioya qilish va resurslardan oqilona foydalanish imkonini yaratadi.

Resurslarni normalashtirish jarayonida aylanma mablag’larning norma va normativlari belgilanadi.

Aylanma mablag’larning normasi, korxona moddiy-tovar boyliklarining minimal zahiralarini tavsiflaydi hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi pul o’lchovida, zahira kunlari va zahira normalarida hisoblanadi.

Aylanma mablag’larning normativi aylanma mablag’lar normasini, normasi aniqlangan ko’rsatkichga ko’paytirishni ifodalaydi hamda qoidaga ko’ra, pul ko’rinishida o’lchanadi. U quyidagi formula asosida hisoblanishi mumkin:
Nay.m=Nich.z + Nt.ich + Nt.m

Bu erda:


Nich.z - ishlab chiqarilgan zahiralar normasi; Nt.ich – tugallanmagan ishlab chiqarish normasi; Nt.m - tayyor mahsulot normasi.

Aylanma mablag’larni normalashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni sarflash normalarini belgilashda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim:



  • normalarning progressivligi va dinamikligi;

  • normalarning iqtisodiy va ishlab chiqarishtexnikaviy jihatdan asoslanganligi;

  • xom ashyo, material, yoqilg’i, elektr energiyasi va boshqa resurslar o’lchamini to’g’ri tanlash;

  • chiqit va yo’qotishlarning oldini olish;

  • eskirgan normalarni qayta ko’rib chiqish hamda ularni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga mos holga keltirish.

Moddiy va boshqa resurslarni normalashtirishda bir nechta usullar qo’llaniladi.

Amaliyotda quyidagi usullar ko’proq uchraydi:



  1. O’tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini o’rganish hamda bir necha yillar davomida ro’y bergan pasayishlarni hisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli.

  2. Laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar va yordamchi materiallar sarflanishi normasini aniqlashda qo’llaniluvchi - laboratoriyatexnikaviy usuli.

  3. Yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashqari boshqa korxonalarning ilg’or tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish imkonini beruvchi, moddiy resurslardan foydalanishni normalashtirishning mukammalroq usuli hisoblanuvchi – hisob-tahliliy usuli.

Korxona aylanma mablag’larini normalashtirish tadbirlari ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor mahsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog’liq vazifalarni echishga olib keladi.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling