The economy of enterprise
Tugallanmagan ishlab chiqarishni normalashtirish
Download 0.55 Mb.
|
korxona iqtisodiyoti
Tugallanmagan ishlab chiqarishni normalashtirish. Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’lar normativini aniqlash korxona faoliyatidagi eng murakkab va ko’p mehnat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarishning turli bosqichlarida - xom ashyoni texnik nazorat bo’limi (TNB) tomonidan qabul qilishdan to tayyor mahsulot omboriga topshirgunga qadar ishlov berilayotgan mahsulotlarni ko’rsatshi mumkin.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’lar normativi miqdori quyidagilarga bog’liq bo’ladi: Mahsulot ishlab chiqarish hajmi. Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanuvchi joriy xarajatlar, ya’ni tannarx. 3.Xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish vaqtidan to tayyor mahsulot chiqishigacha bo’lgan ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi. Ishlab chiqarish tsiklining davomiyligini topishda quyidagi formuladan foydalaniladi: Bu erda:
Тич.ц tт ехн tконт р tт ранс tт ан ttexn - mahsulot ishlab chiqarishdagi barcha operatsiyalarga sarflanuvchi vaqti; ttan - operatsiyalar oralig’idagi vaqt (tanaffuslar); ttrans – transportda tashish vaqti; tkontr - mahsulotni yig’ish, qabul qilish va TNBga topshirish vaqti.
Bu erda:
Mk - o’rtacha bir kunlik xarajatlar, so’mlarda; Tich.ts - ishlab chiqarish tsikli davomiyligi, kunlarda; Kxo’ - xarajatlarning o’sish koeffitsienti. Xarajatlarning o’sish koeffitsienti asosiy materiallar (Ma) to’liq qiymatda olinuvchi kattalik sifatida hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlari (Mich) butun ishlab chiqarish tsikli mobaynida bir xil suratda o’sib boradi hamda 50% qiymatda hisobga olinadi: Knz = (Ma + 0,5Mich) : S Bu erda: S - mahsulot birligining rejadagi tannarxi. Agar keyingi xarajatlar (Mich) bir xil surat bilan o’zgarmasa, u holda o’sish koeffitsienti quyidagi formula asosida hisoblanadi: Kx.o’ = (Ma + k·Syaf + k·Sbut +0,5Mich) : S Bu erda: k, k – yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarni mos ravishda pasaytiruvchi koeffitsientlari; Syaf - yarim tayyor mahsulotlar qiymati; Sbut - butlovchi qismlar qiymati. Pasaytiruvchi koeffitsientlar yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarga ishlov berilgan kunlarning ishlab chiqarish tsikli davomiyligiga nisbatini ifodalaydi. Masalan, agar ishlab chiqarish tsikli 20 kun bo’lib, butlovchi qismlar 8 kun davomida ishlab chiqarishda bo’lgan bo’lsa, pasaytiruvchi koeffitsient 0,4 (8:20) ga teng bo’ladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling