The economy of enterprise


Download 0.55 Mb.
bet145/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o’stirish uchun sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladigan xarakterga ega bo’lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo’yilmalar maqsadli xarakterga ega bo’ladi hamda xodimlarga mukofot to’lash, xizmat safari (komandirovka) xarajatlari va hokazolarga sarflanishi mumkin emas.
Примечание [I13]:


Moliyaviy investitsiyalar qimmatbaho qog’ozlar, aktsiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablag’larini banklarga foiz olish maqsadida depozit hisob raqamlariga qo’yish bilan ifodalanadi.

Real investitsiyalar pul mablag’larini kapital qurilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, tarmoq va butun xalq xo’jaligining kuch-quvvatini belgilab beradi.

Investitsiyalar avvaldan o’ylab ko’rilgan maqsad va birinchi o’rinda investitsion loyiha asosida korxona ishlab chiqarish potentsialini mustahqamlash va rivojlantirish vazifasini bajaradi.




Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling