The essence of the systematic analysis approach


Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili


Download 21.96 Kb.
bet2/2
Sana26.01.2023
Hajmi21.96 Kb.
#1125130
1   2
Bog'liq
Nazira

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili
V.A.Karimova, M.B.Zaynutdinova, E.Sh.Nazirova, Sh.Sh.Sadikova, “Tizimli tahlil asoslari” kitobida: tizimli yondashuv tamoyillari, tizimli modellashtirish, tizimni dekombizatsiyalash va agregativlash, murakkab tizimlarda qaror qabul qilish va tizim tahlilining matematik usullari o‘rganilgan.
A.Abdirashidov, B.B.Babajanov, “Tizimli tahlil asoslari modulining amaliy mashg‘ulotlari va mustaqil ta’limi” uslubiy ko‘rsatmalari: tizimlar klassifikatsiyasi, tizimli tahlil elementlari va usullari va boshqaruv masalalariga tizimli yondashuvlar o‘rganilgan.
I.N.Bozorov, A.A.Omonov, D.K.Yakubjanova, “tizimli tahlil” o‘quv qo‘llanmasida: tizimli tahlil bosqichlari, tizimli tahlil prinsiplari, tizimni boshqarishning umumiy sxemasi, tizimli tahlilda axborot texnologiyalarining roli va tizim modelini qurish kabi masalalar o‘rganilgan.


Tahlil va natijalar
Tizim bilan bog‘liq muammolarni yechish ikkita yondashuvga asoslanadi: tizimli takomillashtirish va tizimli loyihalashtirish. Takomillashtirish deganda, tizimni standart yoki me’yoriy mehnat sharoitlariga almashtirish yoki o‘zgartirishni tushuniladi. Bu o‘rinda tizim allaqachon yaratilgan va uning ish tartibi o‘rnatilgan deb faraz qilinadi. Tizimli loyihalashtirish jarayoni shuningdek, almashtirish va o‘zgartirishni ham o‘z ichiga oladi, ammo ularni takomillashtirishdan iborat. Maqsad masshtab, metodologiya va natijalarni yaxshilash bilan keskin farq qiladi. Tizimli loyihalashtirish – bu eski shakllar asosida yotuvchi fikr-mulohazalarni shubha ostida qoldiruvchi ijodiy jarayon bo‘lib, u yangi yechimlarga ega bo‘lish uchun yangicha yondashuvlarni talab qiladi. Tizimni takomillashtirishda ishlatiladigan uslublar analitik uslublarga asoslanadi va ular analitik paradigma deb ataladi.
Tizimni takomillashtirish tizim ishini kutishga muvofiqligini ta’minlovchi jarayondir. Takomillashtirish jarayonida quyidagi muammolar yechiladi:

  • tizim qo‘yilgan maqsadga javob bermaydi;

  • tizim natijalarni oldindan aytib berishni ta’minlamaydi;

  • tizim boshida tahmin qilinganidek ishlamaydi.

Tizimni takomillashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarda xarakterlanadi:
topshiriq aniqlanadi va tizim uni tashkil etuvchi tizimosti elementlari o‘rnatiladi;

  • kuzatib borish mobaynida real vaziyat, ishning holati va tizimning qonun qoidalari aniqlanadi;

  • aniqlik chegarasini aniqlash maqsadida tizimning real va kutilayotgan holati taqqoslanadi;

  • tizimosti chegarasida bu bekor qilinishning sabablariga nisbatan gipotezalar yaratiladi;

  • deduksiya uslubining ma’lum bo‘lgan omillarga asoslangan holda xulosa qilinadi, katta muammo reduksiya jarayonida yengillashadi.

Ushbu bosqichlar analitik usulni qo‘llash natijalari bo‘lib xizmat qiladi. Funksiyalar, belgilangan tuzilmalar va boshqa tizimlar bilan o‘zaro aloqa bu o‘rinda shubha ostiga qo‘yilmaydi. Tizimni takomilllashtirish uslubi cheklangan imkoniyatlarni taqdim etadi. Tizimni loyihalashtirish tizimni takomillashtirishdan boshlang‘ich jo‘natmalar va qo‘llaniladigan uslublar bilan farqlanadi.
Tizimli tahlilda quyidagi yondashuvlar alohida o‘rin egallaydi:
Komleksli yondashuv – tahlil vaqtida tashkilotning ham ichki, ham tashqi muhiti hisobga olinadi – iqtisodiy, geosiyosiy, ijtimoiy, demografik, ekologik va boshqalar.
Integratsion yondashuv – tizimning axborot ta’minoti boshqaruvining funksional aloqalarini tekshirishda foydalaniladi. Buning mohiyati shundakki, tadqiqot ham vertikal, ham gorizontal amalga oshiriladi.
Vaziyatga asosan yondashuv – tahlilni amalga oshirishda kenglik diapazoni boshqaruv effektivligiga ta’sir qiluvchi vaziyat boshlang‘ich nuqta hisoblanadi.
Innovatsion yondashuv – tashqi muhit tomonidan yuz beradigan o‘zgarishlarga tezkor javob qaytarish imkoniyatiga asoslanadi. Bu yangi texnologiyani tadbiq qilish, texnik yechimlar, yangi tovar va xizmatlarni ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish.
Normativ yondashuv – ixtiyoriy boshqaruv tizimini mukammallashtirish maqsadidagi tahlil muhim normativlar majmuasiga bog‘liq.
Xulqga oid yondashuv – xodim o‘z ish faoliyatini oshirishi, korxona boshqaruvidagi rolini anglashi uchun sharoit yaratib berish.
Tizim nazariyasining metodologik vazifasi klassik fanning analitik muammolarga nisbatan umumiy xarakterga ega muammolarni hal etishdan iboratdir. Bunga o‘xshash muammolarga turlicha yondashiladi. Aniq ochib bera olinmaydigan – “yondashuvlar” ifodadan foydalaniladi, chunki ular mantiqiy bir xil emas, turli konseptual modellar, dastlabki pozitsiyalar, matematik vositalar va boshqalar bilan xarakterlanadi. Biroq ular tizimlar nazariyasi hisoblanadi. Agar tizimli texnika, liniyali va noliniyali dasturlash, operatsiyalarni tadqiq qilish va shu kabi amaliy tizimli o‘zlashtirishlarda yondashuvlarni bir tomonga surilsa, quyidagi yondashuvlar muhim hisoblanadi:

  • tizimning klassik nazariyasi;

  • yacheykalar nazariyasi;

  • ko‘plik nazariyasi;

  • graflar nazariyasi;

  • tarmoqlar nazariyasi;

  • kibernetika;

  • avtomatlar nazariyasi;

  • o‘yinlar nazariyasi;

  • yechimlar nazariyasi;

  • navbatlar nazariyasi;

Hammamiz bilamizki, ilmiy texnik taraqqiyot tizimi fan – texnika – ishlab chiqarish – ta’lim kabi tizimlarning o‘zaro aloqasi va o‘zaro shartli rivoji sifatida qaraladi. Ularning o‘zaro ta’siri va bir-biriga kirishmaslik jarayoni – bu uning tashkil etuvchi elementlari hisoblanadi. Dastlabki uchta elementlarning tuzilishi va funksiyalari haqidagi yangi ilmiy texnik bilimlarni yuzaga chiqaradigan narsa bu ularning o‘zaro ta’siri texnikadir. Ta’lim tizimi – ilmiy texnik taraqqiyotning yutuqlaridan foydalangan holda fan, texnika va ishlab chiqarishning tashkiliy tuzilmasini malakali kadrlar bilan ta’minlab boradi. Shu 4 ta element dialektik birlikni tashkil etadi, ular orasidagi qarama-qarshiliklar esa muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Tizimli tahlil shunday muammoli vaziyatlarni ijobiy hal qilish bilan shug‘ullanadi.




Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. I.N.Bozorov, A.A.Omonov, D.K.Yakubjanova, “Tizimli tahlil”, Samarqand-2021, 180 bet [1]
2. A.Abdirashidov, B.B.Babajanov, “Tizimli tahlil asoslari modulining amaliy mashg‘ulotlari va mustaqil ta’limi”, Samarqand-2016, 92 bet [2]
3. V.A.Karimova, M.B.Zaynutdinova, E.Sh.Nazirova, Sh.Sh.Sadikova, “Tizimli tahlil asoslari”, Toshkent-2014, 194 bet [3]
Download 21.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling