The Present Simple 1️⃣ Ishlatilishi


Download 0.49 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1050314
Bog'liq
The Present Simple



The Present Simple

1️⃣ Ishlatilishi


The Present Simple (Hozirgi oddiy zamon)
Biz Present Simple dan:
🔹 Odat tusiga kirib qolgan ish-harakatlar uchun
Marsha goes to dance lessons every Saturday. - Marsha har Shanba raqs darslariga boradi.

🔹 Doimiy yoki tez-tez sodir bo'ladigan ish harakatni ifodalashda


Dan works at the cinema. - Den kinoteatrda ishlaydi. (Uning doimiy qiladigan ishi shu)

🔹 Holatni ifodalashda


I like the new James Bond film. - Men yangi Jeyms Bond filmini yoqtiraman.

🔹 Umumiy tog'ri bo'lgan yoki faktlarni ifodalashda foydalanamiz!


You play chess with 32 pieces. - Siz shaxmatni 32 dona bilan o'ynaysiz. (32ta dona bilan o'ynalishi bu o'yin qoidasi)

Undan tashqari, ma'no kuchaytirish uchun Present SImple gaplarda fe'ldan oldin do/does ham bir vaqtda kelishi mumkin.


Ⓜ️ You don't like going by bus, do you? I actually, do like going by bus for short distances

Gap yasalishi


Present Simpleda gap tuzish uchun Egadan keyin fe'lning oddiy shaklini qo'yamiz.
Subject (Ega) + Verb (Fe'l) + Object (2-darajali bo'laklar)
I + play + chess = Men shaxmat o'ynayman

Agar Ega III shaxs birlik bo'lsa, (ya'ni he, she, it) biz fe'lga -s/es qo'shimchasini qo'shamiz.


He plays chess = U shaxmat o'ynaydi.

🔴 Inkor gap tuzmoqchi bo'lganimizda esa, Ega va fe'l (kesim)ning o'rtasiga don't yoki doesn't qo'shiladi.


Faqat III shaxs birlikda (he, she, it) doesn't qolgan barcha shaxslarda do'nt ishlatiladi.

I don't play chess - Men shaxmat o'ynamayman.


We don't play chess - Biz shaxmat o'ynamaymiz.
Lekin, she doesn't play chess - U shaxmat o'ynamaydi.

❓ Savol gap tuzmoqchi bo'lganimizda, Do yoki Does egadan oldinga qo'yiladi?

Do you play chess? - Sen shaxmat o'ynaysanmi?
Does your sister play chess? - Sening singling shaxmat o'ynaydimi?
Javob berganimizda esa qisqa shakldan foydalanamiz
✅ Ha deyish uchun:
Yes, I do
Yes, she does

❌ Yo'q deyish uchun:


No, I don't
No, she doesn't

Yodda saqlang!


Present Simple asosan quyidagi so'z va iboralar bilan keladi.

always - doimo


usually - odatda
sometimes - ba'zida
rarely - kamdan kam
never - hech qachon

Phrases/Iboralar:


Every Monday/week - Har Dushanba/hafta
Each Monday/week - Har bir Dushanba/hafta
once a week/month - Haftada/oyda bir marta
three times a week/month - haftada/oyda uch marta

Ushbu payt ravishlari odatda ega va kesim o'rtasiga qo'yiladi.


I often play football with my friends
Agar to be bilan kelsa to bedan keyin va asosiy fe'ldan oldin qo'yiladi.
I am often late for my piano lessons.
Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling