«the role of zahiriddin muhammad babur in eastern government and culture»


International scientific-theoretical conference on the topic


Download 425.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana09.05.2023
Hajmi425.84 Kb.
#1448604
1   2   3   4   5
Bog'liq
HUVAYDO IJODINING MANBALARI

International scientific-theoretical conference on the topic:
«THE ROLE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR IN EASTERN
GOVERNMENT AND CULTURE» 
www.myscience.uz 
 
251 | 
Yassaviy, Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab kabi yirik adabiy siymolarning izdoshidir. Ularni 
islomning umuminsoniy g‘oyalarini kuylashdagi hamohanglik hamda tasavvuf maslagiga eʼtiqod 
birlashtirgan. Huvaydo dunyoqarashida, ayniqsa, Yassaviy va Mashrabga izdoshlik yaqqol 
namoyon bo‘ladi. Ilohiy ishqning bu uch otashin oshig‘i Allohga muhabbat bog‘lash borasida 
birlashadilar. Xo‘janazar Huvaydoning masnaviy yo‘lida yozilgan «Rohati dil» manzumasi va 
«Ibrohim Adham» qissasi mashhur bo‘lib, ushbu asarlar shoirning dostonnavislik salohiyatidan 
darak beruvchi manbalardir. Ushbu asarlar Huvaydoning o‘zbek mumtoz pandnomasi xazinasiga 
qo‘shgan munosib hissasidir. Shoirning o‘zi «Rohati dil» manzumasini asarda shunday tavsiflaydi:
Kitobimning otidur «Rohati dil» 
Erur har bir so‘zi tanbehi g‘ofil. 
Yuqoridagi jumlalardan anglashiladiki, «Rohati dil» g‘ofil yuraklarni nasihat nurlaridan 
munavvar etuvchi maʼrifiy bir asardir. Huvaydo qalamiga mansub «Ibrohim Adham» qissasi ham 
tasavvufiy ruhdagi qissa hisoblanadi.
Huvaydoning g‘azallari Markaziy Osiyo hamda turkiy xalqlar yashaydigan boshqa yurtlarda 
sevib mutolaa etiladi. Bugungi kunda yurtimiz va xorijda ko‘plab huvaydoshunos olimlar 
shoirning adabiy merosi yuzasidan tadqiqotlar olib bormoqdalar. XVIII asr tasavvuf adabiyoti va 
falsafasining yetuk namoyondasi hisoblangan Xo‘janazar G‘oyibnazar o‘g‘li Huvaydo Farg‘ona 
viloyatidagi Chimyon qishlog‘ida tavallud topgan. Huvaydoning otasi G‘oyibnazar so‘fi 
Qashqarda mashhur bo‘lgan Ofoqxo‘ja muridlaridan bo‘lib, XVII asrda Chimyonda masjid va 
xonaqohlar qurib, eshonlik qilgan. Faxriddin eshon Xokiy (Huvaydoning chimyonlik 
chevarasi)ning «Nasabnomai eshon Huvaydo» asarida yozishicha, Huvaydoning ajdodlari asli 
o‘shlik bo‘lib, otasi G‘oyibnazar eshon o‘ziga pir tutinib, koshg‘arlik Ofoqxo‘ja (vafoti 1963-yil) 
dargohiga borgan va o‘ttiz yil uning xizmatida bo‘lib, undan tasavvuf sirlarini o‘rganadi. So‘ng 
Ofoqxo‘janing marg‘ilonlik o‘g‘li Xoja Muhyi Ahmad (xalq orasida Poshsho pirim nomi bilan 
shuhrat topgan) huzuriga keladi. Chimyon qishlog‘ida uy-joy qiladi va uning xonadonida 
Xo‘janazar dunyoga keladi. Huvaydo ismining qo‘yilishi bilan bog‘liq, uzoq vaqtlar og‘izdan-
og‘izga o‘tib kelgan va oxiri Huvaydo devonining 1909-yilgi nashriga shoirning chevarasi 
Salohiddin Soqib tomonidan devon debochasiga kiritilgan afsonada shunday deyiladi: «Janobi 
hazrat Ofoq Xo‘jam(ning) nafasi mutabarruklari eshon Huvaydo otalari G‘oyibnazar so‘figa joriy 
bo‘lib: «Sendin farzand tavallud qilsa, otini Xo‘jamnazar qo‘y, mening nazarim andadur», ̶ deb 
iltifoti beg‘oyat qilganlar» [Жалолов, 1963; 41.]. Aminjon Mamatovning yozishicha, «shoirning 
ismi ba’zi manbalarda Xo‘janazar deb ko‘rsatiladi. Uning manzil-makoni haqidagi misralarga 
e’tibor berilsa hamda otasi Ofoqxo‘ja eshonga murid bo‘lganligi nazarga olinsa, Xo‘jamnazar ismi 
haqiqatga mos tushadi» [Маматов, 2005]. Huvaydo tavalludining 300 yilligi arafasida Chimyon 
qishlog‘idan topilgan Huvaydoning chimyonlik chevarasi Faxriddin eshon Xokiy (1935-1919) 
qalamiga mansub qo‘lyozma devon va unga kiritilgan «Nasabnomayi eshon Huvaydo quddisa 
sirrihul aziz» asari hamda Xokiy tomonidan ko‘chirilgan So‘fi Olloyor va Huvaydo qo‘lyozma 
devonga kiritilgan Huvaydoning shajarasiga oid ma’lumotlar Xo‘janazar Huvaydoning tarjimai 
holi, nasl-nasabiga oid bir-biriga qarama-qarshi fikrlarga aniqlik kiritishda muhim manbadir. 
Xokiy ushbu asari jami 76 misradan iborat bo‘lib masnaviy usulida yozilgan. Mazkur asarida 
Huvaydo, uning nasl-nasablari haqidagi qimmatli ma’lumotlar keltiriladi: «Yer yuzidagi yetti 



Download 425.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling