«the role of zahiriddin muhammad babur in eastern government and culture»


International scientific-theoretical conference on the topic


Download 425.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana09.05.2023
Hajmi425.84 Kb.
#1448604
1   2   3   4   5
Bog'liq
HUVAYDO IJODINING MANBALARI

International scientific-theoretical conference on the topic:
«THE ROLE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR IN EASTERN
GOVERNMENT AND CULTURE» 
www.myscience.uz 
 
253 | 
tug‘ilib, voyaga yetdi va o‘sha yerda ijod qildi. Usha vaqtlarda ilmli kishilar juda oz bo‘lib, 
Huvaydoni tushunadigan va qadrlaydigan ziyolilar sanoqli bo‘lgan Buni Huvaydo devoniga 
kiritilgan aayrim g‘azallardagi ishoralar ham tasdiqlaydi. Ikkinchidan, ijtimoiy-siyosiy 
parokandaliklar, adolatsizlik va zulm kuchaygan bir sharoitda ilmsizlik va jaholat ilm ahliga 
nisbatan loqaydlikni, ilm-ma’rifatning qadrsizlanishini oshirdi. 
Uchinchidan, Huvaydo vafotidan so‘ng uning valiylik karomatlari haqida juda ko‘p afsona 
va rivoyatlar yaratilgan bo‘lib, ana shunday rivoyatlardan birida aytilishicha, Huvaydoning 
Chimyonda xor-zor bo‘lgan, odamlar malomatidan bezib qo‘shni Mindon qishlog‘iga borgan, u 
yerda qadr-qimmat va obro‘ topgach, mindonliklarni «bir doning ming don bo‘lsin» deb duo qilgan 
ekan. Mindonliklarning hozirgacha chimyonliklarga qaraganda to‘q, farovon hayot 
kechirayotganliklarining, qishloqning nomi «Mindon» ekanligining sababi ana shunda emish. 
Bunga o‘xshash juda ko‘plab rivoyatlar ulug‘ mutasavvif-shoirning og‘ir va murakkab hayoti 
haqida tasavvur hosil qilishga imkon beradi. 
To‘rtinchidan, sobiq sovet tuzumi davrida ommaviy qatag‘on yillarida ruhoniylarga va dinga 
qarshi kurash sharoitida juda ko‘plab diniy kitoblar yo‘q etildi. Bu ayanchli qismat Huvaydo 
haqidagi asarlarda ham o‘z aksini topdi. 
XVIII asr O‘rta Osiyo, shu jumladan, o‘zbek xalqi tarixida eng zulmatli va qoloq, shafqatsiz 
va zulmkor davr bo‘ldi. Parokandalik va tarqoqlik, xonlarning, amir va beklarning 
boshboshdoqligi, halokatli nizolari, jaholat va razolat juda kuchayib ketadi. Xalq va mamlakat 
ahvoli nihoyat darajada og‘irlashadi va ular hayotidagi sotsial fojia nihoyasiga chiqadi [Зоҳидов, 
1975. 169]. Mamlakatda, maʼnaviy hayotda, barcha jabhalarda tushkunlik va majruhlik kayfiyati 
hukm surardi. Bu albatta, tasodif emas, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi hokim fojialarning
yoqimsiz voqealarning oqibati, ifodasi edi. Huvaydo ijodi mana shunday cheksiz og‘ir, azobli va 
murakkab davrning azobli mevasi bo‘ldi. Huvaydoning tasavvufiy qarashlari shakllanishida, 
albatta, jamiyat hayotida ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy 
tanazzul asoratlari, bir tomondan, zulm va adolatsizliklar, toj-taxt urushlarining avj olishi, ikkinchi 
tomondan, jamiyat taqdiri uchun mas’ul bo‘lgan ilm-ma’rifat ahllarining mol-u dunyoga xirs 
qo‘yishi, odamlar o‘rtasida riyokorlik, yolg‘onchilik, tamagirlik, manmanlik, kibr, xasadgo‘ylik 
singari illatlarning kuchayishi, uchinchidan, jaholatga qarshi jaholat bilan kurashishning ayanchli 
oqibatlari kuchli ta’sir etgan. Huvaydo Boborahim Mashrabning kichik zamondoshi, bir xil tarixiy 
muhitda yashab ijod qilgan mutafakkirdir, ammo Huvaydo jamiyatda duch kelgan og‘ir va 
murakkab muammolarni hal etishda Boborahim Mashrab yo‘lidan emas, balki Bahouddin 
Naqshband, Ahmad Yassaviy, So‘fi Olloyor yo‘lini – sunniy tasavvuf yo‘lini tanladi. 
Mumtoz adabiyotimiz vakili Huvaydo barkamol insonni tarbiyalashni muhim vazifa, burch 
deb bilar ekan, zamondoshlariga, kamolotga, ma’naviy xazinalarga yo‘l ko‘rsatishni asosiy vazifa 
hisoblagan. 

Download 425.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling