«the role of zahiriddin muhammad babur in eastern government and culture»


International scientific-theoretical conference on the topic


Download 425.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana09.05.2023
Hajmi425.84 Kb.
#1448604
1   2   3   4   5
Bog'liq
HUVAYDO IJODINING MANBALARI

International scientific-theoretical conference on the topic:
«THE ROLE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR IN EASTERN
GOVERNMENT AND CULTURE» 
www.myscience.uz 
 
252 | 
sharafli shaharlardan biri bo‘lgan O‘sh shahrida din ahli Qul Sulaymon Shayxni ham shoir, ham 
mardi xudo deb biladilar. Uning o‘g‘li To‘lak Muhammad so‘fi, uning o‘g‘li, ya’ni uchinchi avlod 
Ernazar edi. Uning o‘g‘li G‘oyibnazar Allohning sodiq oshig‘i va xudojo‘y kishilardan biri bo‘lib, 
tariqat ramzini anglagach, o‘ziga munosib pir izlab, doimo xazin (g‘amgin) edi. Nihoyat 
odamlardan Qoshg‘arda Ofoqxo‘ja ismli g‘avsul a’zam, qutbi Haq, Haq oshiqlarining shayxi 
borligini bildi. So‘ng O‘sh ahli, yoru birodarlari bilan xayrlashib, Chin sari yo‘l oldi. U hazrati 
Ofoq dargohida 30 yil xizmat qildi, tariqat ilmini egallagach, pirdan ruxsat va ijozatlar olib, 
Farg‘ona yurtiga – Ofoqxo‘janing o‘g‘li Xojam Poshsho (Xoja Hasan Muhyiddin) ni izlab, uning 
huzuriga keldi. U zotni Marg‘ilon shahridan topdi. Boshidan o‘tgan hamma ishlarni unga so‘zladi. 
G‘oyibnazar Xojam Poshsho huzurida ekanligida chimyonlik bir kishi G‘oyibnazarga ixlos qilib, 
qizini berdi. U Chimyonning Qo‘riq degan joyida (5-10 oila yashardi) o‘zlariga chimdan uy 
qurdilar. Shundan keyin podsho daftariga qishloq nomini «Chimyon» deb yozdilar. G‘oyibnazar 
eshon hijriy 1104 yili (milodiy 1693) yili bir mustahkam ibodatxona barpo etdilar. Bu – 
Chimyondagi birinchi masjid edi». 
Huvaydo so‘fiy G‘oyibnazar eshon xonadonida voyaga yetdi. Avvalo, otasidan islom dini 
asoslarini, fiqh ilmini, hol ilmini chuqur o‘rgandi. Bu haqda shoirning o‘zi: 
Ham o‘qub ilmu adab bo‘ldum «Aqoyid»xoni ishq 
Mushkilotu ilmi fiqhdin so‘rsalar berdim javob 
[Хувайдо, 2007; 42]. 
deb yozdi. «Aqoyid» iymon haqidagi ilm bo‘lib, Huvaydo bu yerda ilohiy ishq ilmini, ya’ni 
tasavvufni nazarda tutmoqda. Tasavvuf tarixidan ma’lumki, so‘fiylar ilohiyot nazariyasini 
egallash, buning uchun madrasa ilmini egallash haqida qayg‘urmaganlar. Tariqat yo‘liga kirish 
uchun so‘fiydan birinchi navbatda fiqh ilmini chuqur va puxta bilish talab qilingan. Bu ilmi qol, 
ya’ni zohiriy fiqh deb atalgan. Ilmi hol esa tasavvuf ilmi bo‘lib, murid o‘z piri nazorati ostida 
tavhid kalomini zikr qilish orqali egallagan. Xo‘janazar Huvaydo ham otasidan tasavvuf ilmini 
egallaganligi, o‘zi mustaqil ravishda badiiy ijod sirlarini kashf etganligi aniq. 
Shoirning otasi G‘oyibnazar so‘fi vafot etgandan so‘ng Huvaydo Chimyonda otasining 
o‘rniga eshonlik qiladi hamda maktab ochib, ko‘p yillar dars berish bilan shug‘ullanadi. 
Huvaydoning zamondoshi mavlono Noseh shoirning ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyati xususida 
bunday deydi: 
Tutib suhbat davom umrim boricha, 
Ba yoron ta’lim erdi fikr-u yodi. 
Dabistonida sa’y aylab tunu kun
Yozilgan necha tolibning savodi. 
Muningdek oliy himmat er anodin 
Dubora tug‘mag‘ay dar hech bilodi
[Жалолов, 1963; 42]. 
Huvaydoning tarjimai holiga oid ma’lumotlar juda kam yetib kelgan. Avvalo buning ilk 
sabablaridan biri, Huvaydo xonlik poytaxti Qo‘qondan ancha olis bo‘lgan Chimyon qishlog‘ida 



Download 425.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling