«the role of zahiriddin muhammad babur in eastern government and culture»


International scientific-theoretical conference on the topic


Download 426.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana13.04.2023
Hajmi426.34 Kb.
#1350132
1   2   3   4   5
Bog'liq
«BOBURNOMА» АSАRIDА YO‘L XOTIRАLАRI

International scientific-theoretical conference on the topic:
«THE ROLE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR IN EASTERN
GOVERNMENT AND CULTURE» 
www.myscience.uz 
 
196 | 
Nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki jahon adabiyotining noyob durdonalaridan biriga 
aylangan Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur «Boburnoma» asari ham yo‘l xotirasining 
bir turidir. «Boburnoma» asari « badiiy publitsistikaning betakror va betimsol namunasidir. Unda 
badiiyatga xos quyma tasvirlar, tiniq manzaralar, yorqin obrazlar, timsollar bilan publitsistikaga 
xos aniq tushunchalar, mantiqiy muhokamalar haqqoniy taʼrif-tavsiflarning tabiiy uyushuvi, ajib 
bir ittifoqini ko‘ramiz» [Umirov, 2003:3].
G‘arb adabiyotshunosligida «Boburnoma»ga bag‘ishlangan tadqiqotlarda, jumladan ingliz 
tiliga qilingan tarjimalarda ham ushbu asar «chronicle and the highly personal memoir» Vilьer 
Tekstonda (Wheeler M. Thackston) solnoma va shaxsiy xotiralar deb berilgan. «Boburnoma» 
asarining ingliz tiliga o‘girgan boburshunos mutarjim Beverij Аnetta Susanna (Beveridge Anette 
Susannah) ushbu asarni o‘rta asrlar mumtoz adabiyotda chig‘atoy turkiy tilida yozilgan esdaliklar 
shaklidagi avtobiografik asar sirasiga kiritadi. 
«Memuar» terminining kelib chiqishi ham aslida frantsuz tilidan «memories» – xotiralar 
degan maʼnoni anglatadi. Ushbu janrning asosiy belgilaridan «muallifning o‘tmishda o‘zi bevosita 
ishtirok etgan yoki shohidi bo‘lgan voqealar haqidagi xotiralari» bayon qilinishi, shuningdek 
ushbu asarlarning «bayon yo‘sini, voeqalarning syujetli tarzda berilmasligi, vaqt tartibiga rioya 
qilinishi, faktografik xususiyatlari bilan kundaliklarga, materialning xaqqoniyligi va to‘qimaning 
yo‘qligi jihatidan xujjatli-tarixiy ocherk, ilmiy biografiyalarga yaqin» turishidir. 
Аdabiyotshunoslik lug‘ati mualliflari muallif ongli hayotini to‘la qamrab olgan asarlar sirasiga 
«Boburnoma» asarini kiritib, unda etnografik, geografik, flora va fauna kabi turli tafsilotlarga keng 
o‘rin berilganini alohida taʼkidlaydilar [Quronov, 2014: 265-169]. 
Memuar janriga berilgan ushbu taʼrif o‘zining sinkretik xususiyatlari bilan ajralib turgan 
sayohatnoma janriga ham taalluqlidir, chunki «marginal» bo‘lib tuyulgan ushbu janr eng qadimgi 
va eng o‘zgaruvchan janrlardan biri. N.Ivanovaning sayohat janrini «janr – donor» [Ivanova, 2003] 
deb taʼrif berishi, uning turli janrlar ichida ham uchrashi, va aynan sayohat janri o‘zining 
belgilarini boshqa janrlarga «beminnat taqdim etish» nazarda tutilgan. Sayohatnoma janri 
"yo‘lchining safar davomida ko‘rgan-kechirganlari, o‘zga yurtlarning tabiati, ijtimoiy-maishiy 
turmushi, xalqi, urf-odatlari» [Quronov, 2014: 265.] kabi qiziqarli va foydali tafsilotlar va 
maʼlumotlarning berilishini taʼkidlashadi. Аynan sayohatnomaga, jumladan yo‘l xotiralariga xos 
shu belgilar memuar janrida ham qo‘llaniladi.
Insoniyatning ko‘p ming asrlik tarixi davomida va ayniqsa, yozma adabiyot paydo 
bo‘lganidan so‘ng dunyo xalqlarining tillarida safar, sayohat mavzusida minglab asarlar 
yaratilgan. Sharq mumtoz adabiyotida sayohat taassurotlari bayon etilgan mashhur «Safarnoma» 
asari XI asrda fors shoiri, faylasuf, donishmand olim Nosir Xisrav tomonidan yaratilgan. Аsarda 
1045 yildan 1052 yilgacha bo‘lgan yetti yillik safar natijasida Eron, Аrmaniston, Ozarbayjon, 
Suriya, Misr, Аrabiston, Tabriz, Qohira, Quddus, Makka, Madina, Yaman, Isfahon kabi shaharlar 
bo‘yicha to‘plangan qimmatli maʼlumotlar berilgan. Ming yillik tarixiga ega mashhur Xorazm, 
Samarqand, Buxoro, Movarounnahr tarixiga oid qimmatli maʼlumotlarni O‘rta asrning mashhur 
sayyohi Ibn Battuta «Sayohatnoma» asarida yozib qoldirgan. 
1442 yil Shohrux Mirzoning topshirig‘i bilan Hindistonga elchi qilib yuborilgan olim 
Аbdurazzoq Camarqandiyning «Matlai saʼdayn»asariga kiritilgan «Hindiston safari dostoni va u 
yerning ajoyib-g‘aroyibotlari» asari maʼlum. Sayyoh Hindiston sayohati natijasida Yaqin Sharq, 



Download 426.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling