«the role of zahiriddin muhammad babur in eastern government and culture»
International scientific-theoretical conference on the topic
Download 426.34 Kb. Pdf ko'rish
|
«BOBURNOMА» АSАRIDА YO‘L XOTIRАLАRI
International scientific-theoretical conference on the topic:
«THE ROLE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR IN EASTERN GOVERNMENT AND CULTURE» www.myscience.uz 197 | Markaziy Osiyoga kabi mamlakatlarning tarixi, madaniyati, etnografiyasiga oid qiziqarli, ishonchli maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan asar yozib qoldiradi. Sharq adabiyotida tarixiy, maʼnaviy va maʼrifiy ahamiyatga ega sayohatnoma janrining paydo bo‘lishi va rivojlanish haqida N.I.Konrad o‘zining «Sharq va G‘arb» asarida quyidagilarni qayd yetadi: «Markaziy Osiyo mamlakatlarida sayohatnoma asosan etnografik, geografik va ilmiy xarakterga ega bo‘lib, vaqt va makon orqali sayohatni aks ettirib, xotira memuar va biografik bitiklarning xususiyatlarini birlashtiradi. Keyinchalik ularning mazmunida ijtimoiy-falsafiy, psixologik vazifalar va badiiy tamoyillar o‘zaro qorishib ketadi. Shuningdek ularda real voqelik, lirik chekinishlar va qo‘shimcha epizodlarning birlashishi ham kuzatiladi» [Konrad, 1966: 251]. Tarixda maʼlum sayohatlarning ayrimlari rasmiy, xizmat safari bo‘lsa, ayrimlari oddiy inson¬larning ixtiyoriy yoki majburiy safarlaridan iborat edi. «Boburnoma» shunday majburiy safar tafsilotlarini o‘z ichiga mujassam etgan. «Boburnoma» o‘zining bir qator yo‘l xotiralariga xos jihatlari, uslubi bilan yuqorida keltirilgan sharq allomalarining fors va arab tilida bitilgan sayohatnomalarni eslatadi. Tabiiyki, Аgra shahrida ulkan kutubxona yaratgan Bobur Mirzo ushbu sayohatnomalar bilan tanish bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin. Bobur o‘zining shoh asarida yo‘l xotiralariga oid Movarounnahr, Аfg‘oniston, Hindiston mamlakatlarining tarixi, etnografiyasi, xalqining urf-odatlari, tabiati, hayvonot va nabotot olami haqida qimmatli maʼlumotlar bergan. «Boburnoma»da nafaqat ko‘plab geografik joylarning nomlari, balki ularning tabiati, ob-havosi ham berib boriladi: «Latofatekim, Hindustonda bor - uluq viloyatdur. Va oltun va yarmog‘i qalin bo‘ladur va pashkol hyaoolari bisyor xo‘b bo‘ladur. Goh kunn bo‘ladurkim, o‘n-o‘nbesh yigirma qatla yog‘adur. Yog‘inlarida bir zamondassllar keladur, hsch suv yo‘q yerlarda daryolar oqadur. Yeg‘ar mahallida ia yog‘ib turg‘on mahallarida g‘arib yaxshi havolar bo‘ladur, andohkim, havoning eʼtndoln va latofati andin o‘tmas. Аybi budurkim, havo ko‘p purnam bo‘ladur» [ Bobur, 1960:361]. O‘zining betakror o‘simlik olami bilan Bobur-sayyohni maftun etgan Hindistonning ekzotik meva daraxtlari, xushbo‘y va nafis gullarining yo‘lda uchratgan barcha navlari haqida nafaqat biolog olim, balki eng avvalo tabiat va go‘zallik shaydosi sifatida baho beradi: «Yana Hindustonda tavre gullar bordur: bir josundur. Baʼzi hindustoniy qarhal deydur, giyoh emas, daraxti soqliqtur, gulbundin bir nima balandrakdur, rangi anor gulidin hanuz saberoqtur, ulug‘lug‘i qizil gulcha bo‘lg‘ay, vale qizil gul g‘uncha bo‘lg‘ondin so‘ng bir-o‘q ochilur... Daraxtining ustida bisyor xushrang va xushnamo ko‘runadur... Shaftolu guli vazʼliq panj barga bo‘ladur. Qizil kanirning shaftolu guliga shabohati bor... Qizil kanirning tavreg‘ina idi bor, xush oyandadur. Bu ham pashkolda ko‘p va xo‘sh ochiladur. Bu ham aksar yil topilur. Yana kiyuradur, bisyor latif idi bor. Mushkning aybi budurkim, xushklug‘i bordur, muni «mushki tar» desa bo‘lur. Bisyor latnf idi bordur» [ Bobur, 1960:357]. Mevali daraxtlar tasvirida Bobur har bir mevaning hindcha nomini berib borar ekan, uni qiyoslash usuli orqali o‘z yurtidagi mevalarning tuzilishi, rangi va taʼmini eslab, o‘z kitobxonlarga shunchaki maʼlumot berib bormay, balki tushuntirishga, ular ham ko‘z o‘ngida ushbu mevani tasavvur qilishlariga intiladi. Bobur o‘z safari davomida kitobxonni notanish, nomaʼlum kengliklar bilan tanishtirib borar ekan, o‘z navbatida ularga o‘zining shaxsiy munosabatini ham bildiradi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling