1 Ayni paytda sodir bo'layotgan ish-harakatni ifodalash uchun qo'llaniladi. Ish-harakat soʻzlovchi nutqi davomida sodir boʻlayotgan va tugallanmagan bo'lishi lozim, asosan atrofimizda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarni tasvirlash uchun qoʻllaniladi. Look! The dog is running after the child. (Qarang! It bolakayning orqasidan quvlayapti.) Take away the crib! The teacher is looking at you. Listen! The way he is singing is quite wrong. 2 Ba'zan ish-harakat ayni paytda sodir bo'lmayotgan, lekin boshlangan va hali tugallanmagan boʻlishimi mumkin. Misol uchun quyidagi vaziyatni koʻrib chiqamiz: Tom and Ann are sitting in a café. Tom is drinking coffee (Birinchi qoida bo'yicha). Tom: You know, I am preparing for my exams. Yuqoridagi misolda, Tom kafeda oʻtirib, kofe ichayotgan boʻlsa ham, ayni kunlarda imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganini aytmoqda. Bu yerda Tomning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganligi boshlanib, hali davom etayotgan va tugallanmagan ish-harakat sifatida ifodalangan. Yana misollar: I am learning English nowadays. What is Tom doing for living? 3 Vaqtinchalik, faqatgina ma’lum bir muddat sodir boʻlib turgan ish-harakatlar uchun ham hozirgi zamon davomiy fe’li qoʻllaniladi. Tom is living with his friends until he finds a flat. (Tom kvartira topgunicha do’stlari bilan yashayapti.) 4 Vaqt oʻtgan sayin oʻzgarib borayotgan ish-harakatlar uchun ham hozirgi davomiy zamon fe’li qoʻllaniladi. The population of the world is rising very fast. (Dunyo aholisi juda tez oshib bormoqda.) Is your English getting better? The number of people without jobs is increasing. ▫now ▫today ▫this month ▫still ▫at the moment ▫ this week ▫ this season ▫️ for the time being ▫ nowadays ▫ these days ▫day after day
Do'stlaringiz bilan baham: |