Theory and analytical aspects of recent research
Download 60.4 Kb. Pdf ko'rish
|
12777 1 A407EDE5C44D7EA8667235A35717B0946D0E6AE9
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA GEOMETRIK MATERIALLARNI O’RGATISH Yarashov Mardon Jobir o’g’li
- Kalit so’zlar
THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH International scientific-online conference Part 9, Issue 1: NOVEMBER 9 th 2022 ~ 132 ~ www.interonconf.com 1-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA GEOMETRIK MATERIALLARNI O’RGATISH Yarashov Mardon Jobir o’g’li – Buxoro davlat universiteti o’qituvchisi Saidova Roziyabonu Buxoro davlat universiteti talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada 1-sinf o’quvchilarining matematika darslarida geometrik materiallarni o’rgatish, o’quvchilarni bosqichma-bosqich geometrik shakllar bilan tanishtirish, ularning mohiyatini turli topshiriqlar orqali ochib berish, ushbu fanga nisbatan qiziqishini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish, o’z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarda qo’llash hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari o’z ifodasini topgan. Kalit so’zlar: geometrik bilim, mantiqiy tafakkur, geometrik figuralar, texnologiya, o’qituvchining vazifasi, yassi geometric shakllar, fazoviy jismlar. “Agar diqqat bilan qarasangiz, bizni o'rab turgan hamma narsa geometriyadir”.(A. Aleksandrov). Bejizga so’zimizni ushbu hikmat bilan boshlamadik. Haqiqatdan ham atrofga bir nazar tashlasak, atrofimizdagi jamiki narsalar geometriya,ya’ni geometrik shakllarni tashkil qiladi. Shunday ekan bola geometrik bilimlarni maktabga yoki bog’chaga bormasdanoq biladi, shakllarni tasavvur qila oladi. Masalan, quyoshning aylana shaklda ekanligi,yoki bo’lmasa archani ustma-ust turgan uchburchak shaklida chizishi,uyning devorini to’g’ri to’rtburchak, tomini uchburchak shaklda chizshini kuzatganmiz. Shunday ekan biz boshlang’ich sinf o’qituvchilarining vazifasi bolalarning ongidagitushunchalarni kengaytirish va chuqurroq o’rgatishdir. Bola maktabga kelmasdanoq uchburchak, to’rtburchak.aylana qanday shakl ekanligini biladi, lekin burchak, uchburchak va uning elementlari,ko’pburchaklar, simmetriya kabi tushunchalarni bilmaydi. Biz shularni bosqichma-bosqich o’rgatib borishimiz lozim. Boshlang’ich sinflarda ishlash tajribasi shuni ko’rsatadiki, geometrik bilim, ko’nikma, malaka borasida o’quvchilarda tipik xatolar uchrab turadi. Kichik yoshdagi o’quvchilar geometrik bilimlari sifati takomillashtirishga muhtoj. Lekin buning amalga oshishi uchun hamma narsadan ham avval yaxshi tayyorlangan o’qituvchi kerak. O’qituvchining vazifasi – dars jarayonida turli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda, mavzu mazmunini o’quvchining yosh xususiyatlariga mos holda tushuntirib berish. Bundan tashqari, geometrik jihatdan savodli o’qituvchi boshlang’ich matematika kursida yangi geometrik mazmun kiritish sharoitida juda ham keraklidir. Bu holat, ayniqsa, bugun har qachongidan ham muhim. Bola geometrik jihatdan to’g’ri fikrlab, darsda uni ifodalab bera olishi shart. Geometrik materialni o’rgatishning asosiy Download 60.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling