Thesis · January 2022 doi: 10. 13140/RG


Ishlab chiqaruvchi muvozanati va ishlab chiqarish xarajatlarini


Download 389.04 Kb.
bet11/30
Sana23.12.2022
Hajmi389.04 Kb.
#1046968
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
Productiontheoryandproducerequilibriumconditions

1.2 Ishlab chiqaruvchi muvozanati va ishlab chiqarish xarajatlarini

minimallashtirish


Ishlab chiqarish resurslari cheklanganda maksimal mahsulot ishlab chiqarish masalasi firmalar uchun asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Masalani soddalashtirish uchun ikkita o’zgaruvchi omilni ko’ramiz: mehnat va kapital. Mehnat sarfi (L) soatbay ish haqi bilan, kapital sarfi (K ) - uskuna, mashina va mexanizmlardan foydalanish vaqti (soatlarda) o’lchanadi. Faraz qilaylik, mehnat va kapital raqobatlashgan bozor sharoitida yollanadi va ijaraga olinadi. Mehnat haqi bir soatlik ish haqi bilan o’lchanadi va uni W orqali belgilaymiz. Kapital narxi - uskuna, mashinalarning bir soatlik ijara haqiga teng deylik va uni r deb belgilaymiz.
Mehnat va kapital raqobatlashgan bozor sharoitida yollanishi va ijaraga olinishini e’tiborga olsak, ularning narxi bozorda aniqlanadi va o’zgarmaydi. Demak, mehnat va kapital narxlari o’zgarmaydi. Berilgan xarajatlarda ishlab chiqarishni maksimallashtirish masalasini qarashda xarajatlar chizig’idan, ya’ni izokostadan foydalanamiz.
Izokosta - bu ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bo’lib, u umumiy qiymati bir xil bo’lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o’z ichiga oladi, ya’ni umumiy qiymati bir xil bo’lgan mehnat va kapital sarflari kombinatsiyalarni ifodalovchi nuqtalarni o’z ichiga oladi.
Agar firmaning ishlab chiqarish omillariga sarflanadigan byudjetni C deb belgilasak, ishchi kuchiga sarfini W L va kapitalga sarfini r K desak, izokostani ifodalovchi tenglamani quyidagicha yozish mumkin:
C W LrK (1)
Demak, firmaning ishchi kuchiga sarfi bilan kapitalga sarfi yig’indisi uning umumiy xarajati C ga teng.
Izokostani grafikda quyidagicha aniqlaymiz:
(1) munosabatdan K 0 bo’lsa, ya’ni firma mablag’ini faqat ishchi kuchiga sarflasa, u LC miqdorda ishchi kuchi yollashi mumkin. C nuqtani gorizontal
W W
o’q bo’yicha belgilaymiz. Agar firma mablag’ini faqat kapitalga sarflasa, ya’ni
L  0 bo’lsa, K C kapitalni ijaraga olish mumkin. C nuqtani vertikal o’q r r
bo’yicha joylashtiramiz.

LM LB LA С/W

Download 389.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling