Thesis · January 2022 doi: 10. 13140/RG
KIRISH 2 I BOB. ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI ASOSLARI 5
Download 389.04 Kb.
|
Productiontheoryandproducerequilibriumconditions
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOAT TARMOG‘INING TAHLILI VA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI 32
- Xulosa
KIRISH 2
I BOB. ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI ASOSLARI 5 1.1 Ishlab chiqarish jarayoni va ishlab chiqarish funksiyasi 5 1.2 Ishlab chiqaruvchi muvozanati va ishlab chiqarish xarajatlarini 23 minimallashtirish 23 1.3 Masshtab samarasi va uning asoslari 30 II BOB. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SANOAT TARMOG‘INING TAHLILI VA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI 32 2.1 O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarishining tarmoq tuzilishi va dinamikasi 32 2.2 Sanoat ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ishlab 47 chiqarish salohiyatini oshirish chora-tadbirlari 47 2.3 O‘zbekistonda sanoat tarmog‘ining rivojlanish istiqbollari 60 Xulosa………………………………………………………………......................64 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………......................66 Ilovalar………………………………………………………………....................68 KIRISHMamlakat iqtisodiyotida ishlab chiqarish jarayoni eng muhim iqtisodiyotning qismlaridan biri hisoblanadi-ki, u jamiy-ki aholining ehtiyojini qondiruvchi vositalarini vujudga keltirish tizimi hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishiga baho berishda eng avvalo mamlakatdagi ishlab chiqarish darajasiga e’tibor beriladi. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ham birinchi navbatda ishlab chiqarish hajmini oshirish chora-tadbirlari ko‘rishdan boshlanadi. Mamlakatda ishlab chiqarish hajmini oshirish asosida birinchidan, aholi ehtiyojlari qodiriladi. Ikkinchidan, aholi orasida ishsizlik darajasi pasayadi. Uchinchidan, aholi daromadlari oshadi hamda buning natijasida aholi faravonligi oshadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Buning asosi sifati mamlakatimiz Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida bu sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olingan: milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash; ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish1. Yuqoridan ko‘rinib turibdi-ki, ishlab chiqarish hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida juda muhim soha hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2019-yil uchun mo‘ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga murojaatnomasida ham joriy yil uchun mamlakatimiz iqtisodiyotida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rsatilib o‘tilgan: ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish; iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta'minlash; “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar siyosatni amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash2. Ishlab chiqarish nazariyasi o‘rganish juda muhim hisoblandi. Chunki ishlab chiqarish xarajatlarinji minimallashtirish hamda ishlab chiqaruvchi muvozanatini tashkil etish ishlab chiqarish nazariyasi asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish hamda ishlab chiqaruvchi daromadini sarfini to‘g‘ri tashkil etish ham ahamiyatlidir. Bugungi kunda eng dolzarb masala sifatida ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzaga chiqmoqda. Mamlakatimizda faol investitsion siyosat yuritilayotganligi ya’ni mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning asosi sifatida investitsiyalar qaralmoqda. Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad ham mamalakatda ishlab chiqarish hajmini oshirish, milliy iqtisodiyotda tovarlar hajmi va turini ko‘paytirish hisoblanadi. Investitsiyalardan samarali foydalanish asosida ishlab chiqarish hajmini oshirish iqtisodiyot oldida turgan eng muhim vazifalardan bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekistonda hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarish tarmoq tuzilishi hamda dinamikasi tahlil qilgan holda uning rivjlantirish istiqbollarini belgilash hamda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish asosida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga erishish muhimdir. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkin-ki, ishlab chiqarish mamlakat iqtisodiyotining muhim ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda sanoat ishlab chiqarish tahlili hamda rivojlanish istiqbollarini belgilash bugungi kunda milliy iqtisodiyotimiz olidida yechilishi kerak bo‘lgan eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib ayta olamiz-ki, ishlab chiqarish nazariyasi va ishlab chiqaruvchilarning muvozanatlik sharti eng dolzarb mavzulardan biridir. Download 389.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling