CENTRAL
ASIAN ACADEMIC JOURNAL
OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489
VOLUME 2
ǀ ISSUE 5
ǀ 2022
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
814
UZBEKISTAN |
www.caajsr.uz
jihatdan ham o`simliklarning ikki holati , ya`ni quritilgan va asl holati ta`sir
doirasiga
ko`ra ham ikki xil ta`sir qilishini ibn Sino ta`kidlab o`tadi. Bundan tashqari,dorivor
fitonimlarning
qaynatilgan, ezilgan, yanchilgan , qovurilgan holatlarda qo`llash
usuli
ham mavjud bo`lib, ular fitonimlarning fitonimik xususiyatlaridan kelib chiqib
tanlanishidan dalolat beradi.
“Turp, yulg`un va tol barglari suvlarining har biridan bir yarim uqiya, ituzum
suvidan uch uqiya, o`n dirham xiyorshanbarning qaynatilib sovutilgani qo`shib ich
ketish kasalligini davolashda qo`llaniladi”, - “Tib qonunlari” asarining uchinchi
kitobidan olingan ushbu jumlada xiyorbashir o`simligining
qaynatib sovutilgan holati
inson uchun shifo ekanligi haqida qayd etiladi.
Ibn Sino “Tib qonunlari” asarida fitonimlarning tibbiy xususiyatlariga to`xtalar
ekan, ba`zi o`simliklarning ayni paytda bir nechta kasalliklarga shifo bo`lishi haqida
ma`lumot ham keltirib o`tadi. Xususan, qirqbo`g`in o`simligining bir paytning o`zida
qator illatlarga davo bo`la olishi muallif tomonidan qayd etib o`tiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: