Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


MENINGIT SINDROMI BILAN KECHADIGAN KASALLIKLARNI


Download 426.91 Kb.
bet131/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

MENINGIT SINDROMI BILAN KECHADIGAN KASALLIKLARNI
BARVAQT ANIQLASH

Ko‘pincha yuqumli kasalliklar markaziy asab sistemasini shikastlaydi va meningit sindromini yuzaga keltiradi. Bu sindromga to‘g‘ri etiologik baho berish va taxminiy, asosiy tashxis qo‘yish uchun quyidagilarni nazarda tutmoq lozim:


1) kasallanish vaqti;
2) allergik anamnez;
3) bundan oldingi bo‘lib o‘tgan kasalliklar;
4) qo‘llanilgan dori-darmonlar va ularning foydasi;
5) epidemiologik anamnez;
6) kasallikning o‘tkir boshlanishi;
7) bosh og‘rishi va og‘riqning joylashishi;
8) qayt qilish soni va sabablari;
9) bemorning o‘rinda yotish vaziyati;
10) o‘ta sezgirlik xususiyatlari (yorug‘likka qaray olmaslik, taktil eshitish va boshqalar);
11) bolalar boshidagi katta liqildoqning ahvoli (bo‘rtib yoki puchayib turishi, pulsatsiyasi);
12) shaytonlab qolish (uning davom etish davri va xarakteri);
13) asosiy meningeal simptomlar, ensa mushaklarining tortishishi; (Kerning — Brudzinskiy simptomlari va boshqalar);
14) reflekslar xolati;
15) bosh miya nervlari (ayniqsa ko‘z tomondan);
16) yiringlp yallig‘lanish joylarining borligi.


MENINGOKOKKLI MENINGIT



Fakultativ simptomlar

Asosiy simptomlar

1. Kasallik o‘tkir boshlanadi

1. Kasallik o‘tkir boshlanadi

2. Tana harorati 39—40 °S darajagacha ko‘tariladi bir-ikki oylik chaqaloklarda isitma bir ozgina ko‘tariladi (37 °S)

2. Tana harorati baland ko‘tariladi

3. Bosh og‘rig‘i

3. Qayta-qayta qusish

4. Qayta-qayta kusish ovqat iste’mol kilish bilan bog‘liq emas, bemorning ahvoli qusish natijasida yengillashmaydi

4. Bosh og‘rig‘i

5. Bezovtalik va o‘ta sezgirlik rivojlanadi


6. Shaytonlash


7. Meningeal simptomlar (ensa mushaklarining regidligi, Kerning va Brudzinskiy simptomlari), meningeal vaziyat


8. O‘choqli simptomlar (ko‘pincha yosh bolalarda), bosh miya nervlarining shikastlanishi


9. Emadigan bolalarda liqildoqning tarangligi va bo‘rtib chiqishi, osilish simptomi, o‘tirish simptomi, qo‘llarning qaltirashi


10. Orqa miya lyumbal punksiyada likvor yuqori bosim bilan tez-tez tomchilab tushadi va loyqa ko‘rinishida bo‘ladi







Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling