Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahmudov O. S.
Bolalarning yuqumli kasalliklari O‘zbekistol Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik sifatida tasdiqlagan Toshkent Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti 1995 Taqrizchilar II Toshkent tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasining mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor SH.N.NAZAROV Toshkent tibbiyot pediatriya instituti II bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasining mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor D.B.Muhamedov Mahmudov O. S. M 37 Bolalarning yuqumli kasalliklari: Tibbiyot institutlari talabalari uchun darslik.— T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 1995.— 2236.— (Tibbiyot institutlari talabalari uchun o‘quv adabiyoti). Darslik tibbiyot institutlarining yuqori kurslarida ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan va o‘quv dasturiga muvofiq tuzilgan. Unda asosan bolalar orasida eng ko‘p uchraydigan yuqumli kasalliklarning nozoologik turlari berilgan, shuningdek bolalarnint yoshiga qarab kasalliklarning kechish xususiyatlari, ularga tashxis qo‘yish usullari, ko‘pgina xastaliklarni davolashda zamonaviy usullarni qo‘llash yo‘llari batafsil yoritilgan. SO‘Z BOSHI Keyingi yillarda respublikamizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy, iqtisodiy tub o‘zgarishlar bolalar o‘rtasida uchraydigan yuqumli kasalliklarning bir muncha kamayishiga olib keldi. Shu bilan bir qatorda bu kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga to‘g‘ri tashxis qo‘yish hamda kasalliklarga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni ko‘rishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Bolalar orasida bu kasalliklarning atipik (noaniq), subklinik shakllari uchramoqda. Bu keltirilgan dalillar yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularni o‘z vaqtida davolashni takozo etadi. Keyingi yillargacha bu sohaga bag‘ishlangan adabiyotlar asosan rus tilida chop etilar edi, hozirgi kunda esa tibbiyot oliygohlarida talabalarni o‘qitishning davlat tili — o‘zbek tiliga o‘tishi o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, risolalarni o‘zbek tilida chop ztishni talab qiladi. Bu asarlarda bizda uchraydigan kasalliklar kechishining o‘lka va regional xususiyatlarini inobatga olgan holda berish lozim. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, muallif ko‘plab adabiy, ilmiy manbalarni va o‘zlarining ko‘p yillik tajriba bilimlarini jamlab (shu kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash, ularning oldini olish borasidagi), jiddiy qo‘llanma yozishdek zarur mexnatni o‘z zimmasiga oldi. Ushbu darslikka bolalarda ko‘p uchraydigan yuqumli kasalliklarning nozoologik shakllari kiritilgan. Bu kasalliklarning bolalarning yoshiga qarab kechishidagi xususiyatlari keltirilgan. Kasalliklarga erta tashxis qo‘yishga, ularni davolashda zamonaviy usullarni qo‘llashga alohida ahamiyat berilgan. Muallif darslikda ba’zi ko‘rsatkichlarni keltirishni lozim ko‘rdi, bu esa shifokorlar uchun kundalik ish jarayonlarida ma’lumot uchun foydalanish imkonini beradi. Undan tashqari, bolalar o‘rtasida uchraydigan yuqumli kasalliklarning tashxisi ham jadval tarzida berilgan. Ushbu darslik o‘zbek tilida birinchi bor chop etilayapti, shu tufayli muallif bolalarning yuqumli kasalliklari to‘g‘risidagi barcha muammolarni yoritishning ilojini topolmadi. Ayrim qismlar kasalliklarning qisqa mazmunini sharhlash bilan chegaralangan, shuning uchun ham ba’zi kamchiliklar va nuqsonlarga yo‘l qo‘yilgan. Darslik infeksionist shifokorlar, pediatrlar, epidemiologlar, internlar, sog‘liqni saqlash bo‘limlari mutaxassislari, tibbiyot istitutlarining yuqori kurs talabalariga tavsiya etiladi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling