Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


QORIN TIFI (TYPHUS ABDOMINALIS) va


Download 426.91 Kb.
bet14/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

QORIN TIFI (TYPHUS ABDOMINALIS) va
A va V PARATIFLARI
A va V paratiflari isitma, organizmning umumiy zaharlanishi, bakteriyemiya, ichak limfa tugunlarining zararlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir.
Etiologiyasi. Ich terlama qo‘zg‘atuvchisi ich terlama tayoqchasidir. A va V paratiflarini D guruhi salmonellalariga mansub bo‘lgan paratifoz tayoqchalar keltirib chiqaradi. Bular grammanfiy harakatchan tayoqchalar bo‘lib, odatda oziqli muhitda yaxshi o‘sadi. Ularning quyidagi somatik, issiq muxitga chidamli bo‘lgan O antigeni, virulent antigeni mavjud. Qo‘zg‘atuvchi o‘zidan endotoksin ishlab chiqaradi. Qorin tifi qo‘zg‘atuvchisida 72 fagotip bo‘ladi. Qorin tifi tayoqchasi tashqi muhitga chidamlidir. U tuproqqda va suvda 1—5 oygacha, axlatda 25 kungacha, ich kiyimida 2 haftagacha yashay oladi. Qizdirilganda tezda xalok bo‘ladi. Odatdagi konsentratsiyadagi dezinfeksiyalovchi vositalar qo‘zg‘atuvchini bir necha daqiqada nobud qiladi. Tif-paratifoz bakteriyalar levomitsetin, ampitsillin, sefalosporinlar, biseptollarga juda sezuvchandir.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbalari — bemorlar va batsilla tashuvchilardir. Batsilla tashuvchilar axlat va siydik orqali uzoq muddat (3 oy va undan ortiq) o‘zidan mikroblar ajratib turadi. Bolalarda batsilla tashuvchilik ko‘pincha uzoq davom ztmaydi. Ayniqsa oziq-ovqat korxonalarida na bog‘chalarda ishlaydiganlar batsilla tashuvchilar bo‘lganda katta xavf tug‘iladi.
Paratif V da bakterial tashuvchilik ich terlamaga qaraganda tez shakllanadi. Qorin tifi kasalligidan davolangan bemorlarning 4—5 foizi surunkali tashuvchilar, paratif V ni boshidan kechirgan bemorlarning 7—8 foizi esa surunkali tashuvchilar hisoblanadilar. Surunkali tashuvchilik turli yoshdagi odamlarda, jumladan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ham kuzatiladi.
Bu kasallikning epidemiologiyasida kasalligi yashirin yoki atipik shaklda kechayotgan bemorlar katta rol o‘ynaydi. Ich terlama va paratifning atipik shaklda kechishi ko‘pincha keksa odamlarda, ayniqsa yosh bolalarda aniklanadi. Qorin tifn va paratiflarning tarqalishi yil bo‘yi bir xil bo‘lmaydi. Bu kasalliklar ko‘pincha yilning yoz-kuz oylarida ko‘payadi, chunki yoz oylarida ob-havoning issiq bo‘lishi mikroblarning ko‘payishi uchun qulay sharoit tug‘diradi. Butun yil bo‘yi kasallanishning 75 foizi kasallikning mavsumiy ko‘payish davriga to‘g‘ri keladi. Kasallik asosan og‘iz orqali yuqadi. Shuningdek, bu kasallik qaynatilmagan suv ichilganda va tarkibida shu kasallikning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilinganda yuzaga keladi. Suv manbalari kasallikning uzoq masofalarga tarqalishida asosiy omil bo‘lib xisoblanadi, chunki suvda ich terlama va paratif qo‘zg‘atuvchilari uzoq yashay oladi. Ich terlama mikroblari suvda shart-sharoitga qarab 2—3 oy yashashi mumkin. V paratifi mikroblari esa bundan ham ko‘proq saqlanib turadi. Qorin tifi va paratifning suv orqali tarqalishi o‘tkir epidemiyaga sabab bo‘lishi va uzoq muddat davom etishi iumkin.
Infeksiya tarqalishida pashshalarning ham ahamiyati katta. Bu kasallikka hamma yoshdagi bolalar (emizikli bolalar xam) beriluvchan bo‘ladilar, lekin ko‘pincha maktab yoshidagi bolalar kasallanadi. Ba’zi mintaqalarda, jumladan O‘zbekistonda kasallanishning 60 foizi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ri keladi. Bunda ko‘rsatkichlarning talayginasi 4—14 yoshli bolalarga, eng kami esa 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ri keladi. Qorin tifi va paratifni boshidan kechirgan bemorlarda ancha turg‘un bo‘lgan maxsus immunitet paydo bo‘ladi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling