Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Oqibati. Kasallik odatda bolalarda yengil o‘tadi. Davosi


Download 426.91 Kb.
bet17/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Oqibati. Kasallik odatda bolalarda yengil o‘tadi.
Davosi. Bemor isitmasi tushgandan keyin 1,5—2 xafta o‘rin-ko‘rpa qilib yotishi shart. Bunda to‘la sifatli parhez tutish, ya’ni sut, qatiq maxsulotlari, mastava, bo‘tqalar, qirilgan mevalar, sabzavot pyupesi, kisel, bug‘da pishirilgan kotlet, ilitilgan tuxum, qotgan oq non tavsiya etiladi. Ko‘proq suyuqlik berib turiladi. Antibiotiklardan levomitsetin, tetratsiklnn (yoshga qarab) tayinlanadi. Davolash isitma tushgandan keyin ham davom ettiriladi. Kasallik qaytalaganda takror antibiotiklar bilan davolash choralari ko‘riladi.
Intoksikatsiya yuz berganda organizmga albumin, plazma, gemodez (20—50 ml), glukoza (20% li zritmasidan 20—40 ml), tetiklashtiruvchi vositalardan immunoglobulin (kuniga 3 mldan 2—3 marta), gemotransfuziya (1 kg tana vazniga 5—10 ml) ishlatiladi. Kasallikning boshlang‘ich davrida gormon tutadigan dorilar bilan davolash (10—12 kun davomida sutkasiga 5—10 mg dan prednizolon, ichishni to‘xtatishdan oldin miqdori kamaytiriladi) yaxshi natija beradi. Ichakdan qon ketganda bemorga tinch sharoit yaratib berish, qoringa muz qo‘yish, plazma, kalsiy xlorid, vitamin K (yoshga qarab) quyish, oz-ozdan sovitilgan ovqat berib turish kerak. Ichakdagi yaralar teshilganda zudlik bilan operatsiya qilish zarur.
Oldini olish. Ichiladigan suv va oziq-ovqat mahsulotlarini yaxshilab tekshirib turib qatyiy sanitariya xizmatini o‘rnatish, kasallikning oldini olishda katta ahamiyat kasb etadi. Kasallik simptomlari batamom yo‘qolgach, bemor axlatini va siydigini bakteriologik tekshirganda uch marta manfiy natijalar olinguncha uni alohida yotqizish lozim. Kasallik o‘chog‘ida kundalik va yakunlovchi dezinfeksiya o‘tkaziladi.
Rekonvalessentlar — bakteriya tashuvchilar kasalxonadan chiqarilgandan keyin poliklinika va sanitariya-epidemiologiya stansiyasi nazoratida bo‘ladilar. Maktab va maktab internat o‘quvchilarida qorin tifi va paratif bakteriyalarni tashuvchanlik hollari kuzatilganda, bunday bolalarga o‘qishga qatnashga pyxcat etilsa-da, ularga oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarga qatnashishga ruxsat etilmaydi. Umumiy ovqatlanish muassasalarida bakteriya tashuvchi xodimlarni izchil aniqlash va ularni zararsizlantirish choralarini ko‘rish lozim.
Maktab yoshdagilarni faol emlash tadbirlari faqat epidemik ko‘rsatkichlarga muvofiqgina amalga oshiriladi. Epidemik ko‘rsatkichlarga muvofiq emlash tadbirlari aholi punktlarida kasallik ko‘plab tarqalganda va uzoq davom etgandagina amalga oshiriladi. Bolalarni qorin tifiga qarshi emlash uchun hozirgi paytda qorin tifiga qarshi A- antigen bilan boyitilgan spirtli vaksina qo‘llaniladi.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling