Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet12/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Patogenezi. Brutselloz patogenezi juda xilma-xildir. Brutsellalar me’da-ichak yo‘li, og‘iz, teri va shilliq parda qoplamlari orqali organizmga tushar ekan limfa va qon oqimi bo‘ylab tarqalib, regionar limfa tugunlarida cho‘kadi va birlamchi brutselloz kompleksini hosil qiladi.
Regionar limfa tugunlarida brutsellalar jadallik bilan ko‘payadi va gematogen yo‘l bilan birlamchi generalizatsiya (infeksiyalarning yig‘ilishi) ni keltirib chiqarib, butun organizmga tarqaladi. Keyinchalik brutsellalar limfa va qon tomir tizimlariga o‘tib, u yerda kasallik zo‘rayganda yana ko‘payadi. Brutsellozning patogenezida allergik omillar xam ahamiyatlidir.
Brutselloz yuqqanda brutselloz antigeniga nisbatan organizmning o‘ta sezgirligi rivojlanib boradi. Bu jarayonning borishi organizmda brutsellalarning ko‘payishiga bog‘liq. Bemor organizmi agglyutinlar, bakteriolizinlar, opsoninlar, pretsipitinlar va komplement bog‘lovchi antitelolar ishlab chiqarib, brutselloz infeksiyasiga qarshilik ko‘rsatadi. Infeksiya organizmning kasallikka qarshi tura olishi tufayli xuddy hayvonlardagi kabi odamda ham o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketishi, ya’ni organizm o‘zini-o‘zi davolashi hollari ham uchraydi. Organizm o‘zini-o‘zi davolashining muddati kasallikning faolligiga qarab bir necha oydan bir yilgacha cho‘zilishi mumkin.
Klinikasi. Brutsellozning yashirin davri bir haftadan uch haftagacha davom etadi. Kasallik har xil boshlanadi. Harorat 38—400 gacha ko‘tarilib, bemorni titroq bosadi, boshi og‘riydi, umumiy behollik sezadi, bo‘g‘imlarda, mushaklarda, suyaklarda og‘riq paydo bo‘ladi. Lekin kasallik ko‘pincha asta-sekin rivojlanadi, harorat asta oshib boradi, faqat kasallikning 5-7- kuniga kelib yuqori bo‘ladi. Brutsellozda haroratning ko‘tarilishi eng dastlabki va barqaror simptomlardan biridir. Isitmaning quyidagi reaksiyalari kuzatiladi: to‘lqinsimon, uzoq davom etuvchi, subfebril isitma, noto‘g‘ri intermittirlovchi isitma va remittirlovchi isitma shular jumlasidandir. Brutselloz bilan og‘rigan bolalarda ko‘pincha uzoq davom etuvchi subfebril isitma kuzatiladi. Asab sistemasining turli buzilishlarida bemorning boshi og‘riydi, u tajang, kayfiyati o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi. Brutsellozning og‘ir turlarida uyqusizlik alahsirash, xotiraning xiralashuvi kuzatiladi. Ba’zan asab sistemasining buzilishlari seroz meningit, meningoensefalit yoki miyelitlar holida namoyon bo‘ladi. Brutsellozda ko‘pincha terining oqarib ketishi yoki sarg‘ayishi, turli pigmentatsiyalar va ularning lokalligi (ko‘chib yurishi), trofik buzilishlar, turli xarakterdagi toshmalar, gemorragiyalar. kuzatiladi. Limfatik tugunlar odatda kattalashadi, o‘ziga xos tarang bo‘ladi, qattiqlashadi, ko‘pincha teri bilan birikib ketadi. Brutsellozga xos bo‘lgan belgilardan biri biriktiruvchi to‘qimalar bo‘lgan barcha joylarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan infiltratlar yoki fibrozitlardir, bular ko‘pincha bo‘g‘imlar va bel, dumg‘aza atrofida, shuningdek, bo‘yin, bosh va yuzda ko‘chib joylashgan bo‘ladi. Brutselloz fibrozitining kechishida ikki bosqich ajratiladi: birinchisi haddan tashqari og‘riqli, chegaralangan yoki yoyilgan infiltratlar paydo bo‘lishi; nkkinchisi — infiltratlar sahasida tugunlar, bog‘lamlar va turli zichlikdagi pilikchalar hosil bo‘lishi bilan ta’riflanadi. Qasallikning o‘tkir davri o‘tib ketgandan keyin infiltratlar nom-nishonsiz yo‘qolib ketadi. Ko‘pincha brutselloz bilan og‘rigan bemorlarda xa deganda bosilmaydigan og‘riqlar bo‘ladi, bo‘g‘imlar shishadi. Kasallik boshlanishida og‘riqlar yirik bo‘g‘imlar sohasida, keyinroq esa mayda bo‘g‘imlarda qayd qilinadi. Yurakning past urishi, tovushlarning aniq eshitilmasligi, yurak cho‘qqisida sistolik shovqin, ifodalangan arterial gipotoniya qayd etiladi. Me’da-ichak yo‘lida ham qator o‘zgarishlar aniqlanadi, ishtaxa pasayadi, qorin og‘riydi, qabziyat kuzatiladi. Kichik yoshdagi bolalarda aksincha ich ketadi. Kasallik ilk bor boshlanganda aksari jigar, kamroq korataloq ancha kattalashadi. Bolalar siyishga qiynaladi, ba’zan qorin pastida qaytalanib turadigan og‘riqdan shikoyat qilishadi. Periferik qonda kamqonlik, leyko-va trombotsitopeniya, leykotsitar formulaning tayoqcha yadroli neytrofillar, limfotsitlar hisobiga chapga surilishi, monotsitopeniya, eritrotsitlar cho‘kish tezligining o‘rtacha oshishi qayd qilinadi. Brutselloz turlicha kechadi. Kasallikning o‘tkir bosqichi tugaganidan so‘ng, o‘rtacha o‘tkir yoki surunkali davriga o‘tadi. Brutsellozning surunkali turlariga tashxis qo‘yish qiyin, shuning uchun u kechikib belgilanadi. Bemorlar toliqishdan, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq turishidan, ko‘p terlashdan, asabiylashishdan, ishtaha yo‘qligidan shikoyat qiladilar. Ba’zi bemorlar terisiga toshmalar toshishi mumkin. Brutsellozning bu turlari ko‘pincha uveit, endokardit, gepatit, zpididimit, osteomiyelit, ensefalit, miyelit, aksari kamqonlik bilan birga kechishi mumkin.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling