Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘krak yoshidagi bolalarda botulizm.
- Yarali botulizm
- Asoratlari
- Differensial tashxisi
Asoratlari. Aspiratsion zotiljam, infeksion miokardit, yiringli parotit, miozitlar, nevritlar, stomatitlar.
Kasallikning yashirin, yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir turlari farq qilinadi. Yashirin turida disfoniya tufayli ko‘z xiralashadi, lekin bu xol uzoq davom etmaydi, zo‘raymaydi, tezda yo‘qolib ketadi. Ko‘krak yoshidagi bolalarda botulizm. Kasallik ich qotishi bilan birga parezlar va falajlar ro‘y berishi bilan ta’riflanadi, bular miya-chanoq nerv tolalari orqali boshqarilib butun tanaga, shuningdek, nafas mushaklariga ham tarqaladi. Kasal bola boshini tutib tura olmaydi, bo‘g‘iq ovoz bilan yig‘laydi, yaxshi ema olmaydi. Guruhiy kasalliklar kuzatilmaydi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi yoki toksin kasallarning axlatidan ajralib chiqkani holda, qon zardobida toksin izlari bo‘lmaydi. Yarali botulizm kamdan-kam uchraydi, yara sohasida qo‘zg‘atuvchining vegetativ formalar tomonidan toksin ishlab chiqarishi natijasida paydo bo‘ladi. Yarali botulizmning klinik manzarasi kasalikning klassik kechishi kabi bo‘lsa-da, lekin kasallikning birinchi kunidan harorat ko‘tarilishi qayd qilinadi, me’da-ichak yo‘li buzilishi (qayt qilish, ich ketishi) simptomlari kuzatilmaydi. Asoratlari. Zotiljam, sepsis, toksik miokardit, miozit, nevritlar, zardob kasalligi. Tashxisi. Botulizmni odatdagi nevrologik simptomlar (yuz, burun-yutqin, bo‘yin, -qizilo‘ngach mushaklarini innervatsiyalaydigan ko‘rish organlari, bulbar markaz buzilishlari) orqali epidemiologik anamnez ma’lumotlari yordamida (konservalangan mahsulotlar ovqatga ishlatilganda) aniqlash qiyin emas. Guruhiy kasalliklarda botulizmga tashxis qo‘yish bir muncha yengil bo‘ladi. Differensial tashxisi. Botulizmning klinik manzarasi boshqa kasalliklarning klinik manzarasidan yakqol ajralib turishiga qaramasdai, ayrim belgilari boshqa kasalliklarda ham uchrab turishi mumkin. Botulizmni ovqatdan zaharlanish, poliomiyelit, Giyen — Barre sindromi, bo‘g‘ma, ensefalit bilan kiyosiy tashxislashga to‘g‘ri keladi. Kasallikning et uvishishi va haroratning yuqori bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, tez-tez snyish bilan o‘tkir boshlanishi salmonellyoz uchun xosdir. Bunda tez-tez ich ketadi, axlat suyuq va badbuy hidli bo‘ladi. Bemor talvasaga tushishi tufayli hushdan ketishi mumkin. Botulizmdan farqli o‘laroq, bunda ko‘rish, yutish akti buzilishi va ovozning xirillab qolishi aniqlanmaydi. Stafilokokk keltirib chiqaradigan ozik-ovqat toksikoinfeksiyalari ko‘proq sifatsiz ovqat va sut maxsulotlari iste’mol qilganda yuzaga chiqadi. Bu kasallikda zaharlanish taxikardiya tufayli qon bosimi kamayib ketishi bilan ta’riflanadi, kasallik og‘ir kechganda bemor talvasaga tushadi va bunda kollaps rivojlanishi ehtimol. Bo‘g‘mada, odatda yuqori tanglayning o‘ng tomoni falajlanadi, kasallikning oxiriga borib ko‘z xiralashib qoladi. Botulizmda esa bular kasallikning boshlanishida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, bu kasallikda bo‘yinda shish, yumshoq tanglayda esa difterik qarashlar pay.do bo‘ladi. Bo‘g‘mada kuzatilgan asabiy buzilishlar bo‘yin shishi yo‘qolgandan keyin yuzaga keladi. Falajlar miokardit rivojlanganda aniqlanadi. Giyen—Barre sindromida falajlanishning lokallanishi (ko‘chib yurishi), mushak guruhlarining falajlanishi botulizmni eslatishi mumkin. Lekin bunda mushaklar falajlanishi kuchayib, sensor nuqsonlar ko‘payib boradi, mushaklar nomutanosib ravishda kuchsizlanadi, miya-chanoq nervlarining zararlanganligi, keyinchalik falajlar eng kuchaygan paytda biyainadi. Botulizmdan farqli ravishda Giyen — Barre sindromida orqa miya suyuqligida oqsil miqdori ancha oshib ketadi. Poliomiyelitning bulbar shaklida xuddi botulizmning boshlang‘ich davridagidek, miya-chanoq nervlari zararlanadi. Bu kasallikda ko‘plab so‘lak va shilliq moddalar ajralib chiqadi, mushaklar va bo‘g‘imlarda erta rivojlanadigan muskullar gipotrofiyasi va mushaklarning maxsus elektromiografik ko‘rsatkichlari bilan kechadigan falajlar botulizmdan farq qiladi. Miasteniyaning og‘ir turi sekin rivojlanib boradi va harakat qilganda muskullarning bo‘shashishi kuzatiladi. Ensefalitlar asta-sekin prodromal davridan boshlanadi. Isitmaning baland bo‘lishi, to‘satdan boshlanadigan bosh og‘rig‘i, uyquchanlik bu kasallikka xos belgilardir. Kasallik giperkineziya, sezish buzilishlari, giperesteziya bilan birga kechadi. Bemor hushidan ketishi, alahsirashi mumkin. Mingdevona o‘simligidan zaharlanganda behollik, uyqu bosishi, goho qayt qilish, yuz va gavda terisi giperemiyasi (ba’zan skarlatinadagidek toshmalar toshadi), ruhiyat buzilishi qayd qilinadi. Bemorlar besaranjom bo‘lib qolishadi, o‘z xarakatlarini boshqara olmay qoladilar, alahsiraydilar. Kamdan-kam hollarda tonik-klonik talvasa tutadi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling