Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet6/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — Provatsek rikkexsiyasidir.
Epidemiologiyasi. Bunda kasallikning sporadikligi va asosan katta yoshdagi kishilarning kasallanishi hamda bemorlar anamnezida toshmali terlamaning boshidan kechirganligi xarakterlidir. Bemor bitlaganda infeksiya manbai bo‘lishi ehtimol.
Patogenezi. Birlamchi toshmali terlamani boshdan kechirganda Provatsek rikketsiyalari rekonvalessent organizmida uzoq muddat mobaynida hech qanday klinik belgilarsiz saqlanib turadi. Immunogenezni susaytiruvchi turli xil omillar (shamollash, boshdan kechirilgan gripp, zotiljam va boshqa kasalliklar) ta’siri ostida toshmali terlama qaytalanadi. Kasallik patogenezi toshmali tifning patogenezi bklan bir xildir.
Klinikasi. Kasallik ko‘pgina hollarda epidemik toshmali terlamaning yengil turiga o‘xshash bo‘ladi. Kasallik o‘tkir et uvishishi va junjishi bilan boshlanib, tana harorati ko‘proq 2—3- kuni, goho 1-kunning oxirida juda baland bo‘ladi. Isitma 8—II kun, ba’zan 4—6 kun davom etadi. Ancha ifodalangan umumiy zaharlanish belgilari: bosh og‘rishi, terining qizarishi, uyqusizlik, mushak og‘rishi, ruhan qo‘zg‘alish, ba’zan meningeal simptomlar kuzatiladi.
Kasallikning 5—7- kunidan boshlab toshma paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik bemorlarda bu juda ko‘p bo‘lib, petexial (mayda kon quyilgan nuqtalardan iborat) bo‘ladi. Bemorlarning uchdan bir qismida goho uncha ko‘p bo‘lmagan faqat rozeolalar qayd qilinadi. Enantema kam hollarda uchraydi. Yurak tomir sistemasining zararlanishi uncha kuchli bo‘lmagan taxikardiya, gipotoniya, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikning sekinlashuvi va EKG da tishchalarning bir oz pasayishi bilan namoyon bo‘ladi. Bemorlarning uchdan ikki qismida jigar va taloqning kattalashuvi aniqlanadi. Kasallik kamdan-kam hollarda asorat (asosan o‘choqli zotiljam) qoldiradi. Ba’zan keyinchalik o‘pka arteriyalari tromboemboliyasiga sabab bo‘ladigan venalar trombozi rivojlanishi ehtimol.
Tashxisi va davosi. Toshmali terlamaning oqibati yaxshi.
Oldini olish. Ishlab chiqilmagan.
Kasallik o‘chog‘ida olib boriladigan chora-tadbirlar toshmali terlamada bo‘lgani singari.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling