Kasalxonaga yotqizishdan oldin ko‘riladigan tadbirlar
1. SES ga shoshilinch xabar beriladi.
2. Bemor ajratib qo‘yiladi.
3. Bakteriologik tekshiruv (axlat, qusuq massalari, yiring) o‘tkaziladi.
4. Ona bakteriologik tekshiruvdan o‘tkaziladi, burun va tomoqdan surtma, ona suti, yiringli o‘choq suyuqligi tekshiriladi.
ALIMENTAR DIAREYA
Fakultativ simptomlar.
1. Anamnezda noto‘g‘ri ovqatlantirish, bolaning yoshiga to‘rri kelmaydigan taom berish, ko‘p ovqat berib qo‘yish hisobga olinadi
2. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘proq uchraydi
3. Ich ketish 6 — 8 martadan oshmaydi, axlatda tiniq shilimshiq, hazm bo‘lmagan ovqat bo‘laklarn topiladi
4. Umumiy holat o‘zgarmaydi
5. Koprogrammada ko‘p hajmda hazm bo‘lmagan kletchatka, netstral yog, kraxmal aniqlanadi
|
Asosiy simptomlar
1. Noto‘g‘ri ovqatlantirish
2. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘proq uchraydi
3. Axlatda tiniq shilimshiq, hazm bo‘lmagan ovqat bo‘laklari topiladi
4. Suv-choy parxezi yaxshi natija beradi
5. Koprogrammada me’da-ichak yo‘lining hazm qilish faoliyati buzilmaganligini ko‘rsatuvchi o‘zgarishlar aniqlanadi
|
Kasalxonaga yotkizishdan oldin ko‘riladigan tadbirlar
1. Sut-qatiqli parhez, yoshga muvofiq ovqatlantirish, fermetoterapiya belgilanadi.
ICHAK DISBAKTERIOZI
Fakultativ simptomlar
1. Uzoq muddat antibiotik qabul qilinadi
2. Uzoq muddat davom etuvchi, to‘x-tovsiz, dam-badam qaytalovchi ich ketishi kuzatiladi. Antibakterial terapiyadan bemor yana ham og‘irlashadi
3. Bakteriologik va serologik tekshiruvlarda patogen ichak guruhi mikroblari va ularning antigenlari topilmaydi
4. Koprogrammada me’da-ichak yo‘lining hazm qilish faoliyati buzilganligini ko‘rsatuvchi o‘zgarishlar aniqlanadi
5. Zamburug‘li disbakteriozida teri bichilidsh, og‘iz shilliq qavatining chaqa bo‘lishi kuzatiladi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |