Birinchidan, sog‘liqni saqlash sohasida har qanday kasalliklarning davolash protokollari, standartlari bilan shug‘ullanadigan yagona davlat tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish kerak. Toki respublikaning istalgan joyida shifokorlar tomonidan tegishli kasalliklarga bir xil davo muolajasi tavsiya qilinsin va buning uchun javobgarlik masalasi belgilansin.
Ikkinchidan, sog‘liqni saqlash tizimida birlamchi tizim faoliyatini qayta ko‘rib chiqish lozim. Respublika bo‘yicha yopilib ketgan qishloq vrachlik punktlari faoliyatini to‘liq tiklash hamda patronaj shifokorlar va patronaj hamshiralar sonini ko‘paytirish zarur. Shu bilan birga, ularning oylik maoshini qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Uchinchidan, kasallikni davolash va tashxis qo‘yishda xususiy klinikalar faoliyatiga cheklov qo‘ymaslik darkor.
Xulosa qilib aytganda, har bir fuqaroning sog‘lig‘i va hayoti biz uchun muhim. Demak, xalqimizni koronavirus balosidan asrab qolish uchun barcha kuch-imkoniyatlarni ishga solish hozirgi paytda har qachongidan ham muhimdir.
Kasallik tarixini yozish usulini kiritgan kim o‘ylab topgan?
Kasallik tarixi – davolash profilaktika muassasalarida har bir bemorga tutiladigan asosiy tibbiy hujjat. Bemordagi kasallikni aniqlash va davo uchun zarur maʼlumotlar, bemorni kuzatish davrida uning ahvolida ro‘y bergan o‘zgarishlar, bemorga tavsiya etilgan maslahatlar qayd etiladi. Xotimada kasallik tashhisi va qilingan davo asoslab beriladi. Bemor o‘lgan taqdirda Kasallik tarixiga patologoanatomik tekshirish bayonnomasi ilova qilinadi. Zarur hollarda kasallik tarixi sud-tibbiyot tergovini olib borish uchun muhim manba vazifasini o‘taydi. Tug‘ruqxonalarda Kasallik tarixi tug‘ilish tarixi deyiladi. Ambulatoriya va sog‘liqni saqlash punktlarida ambulatoriya kartasi tutilib, u yozuvlarininng ancha qisqaligi bilan Kasallik tarixidan farq qiladi.
Kasallik tarixi ana shunday muhim hujjatlardan biri. Uning ham o‘z tarixi bor. U qadim Sharqqa borib taqaladi.
Abu Bakr Ar Roziy 28 avgust 865 yil Reya (Eron) shahrida savdogar oilasida tug‘ilgan. Yoshligidan musiqa, adabiyot, astronomiya, matematika bilan shug‘ullangan. Keyinchalik falsafa, ximiya va tibbiyot bilan qiziqqan. U juda ko‘p safarda bo‘lib, Buxoro, Bog‘dod, Kordova va boshqa shaharlarda bo‘lgan. Bog‘dod va Reya shaharlaridagi shifoxonalarida ishlagan. Bog‘dod shahridagi shifoxonasining qurulishida ishtrok etgan va keyinchalik 20 nafar shifokordan iborat shifoxona shtatini boshqargan.
Shifoxona qurilishi uchun joy topish maqsadida juda qiziqarli usul topgan: u har bir shahar chetiga go‘sht bo‘laklarini osib qo‘ygan va qaysi joylarda go‘sht bo‘laklar ko‘p saqlananishini va chirimasligini kuzatgan. Ushbu joy eng toza va shifoxona qurilishiga to‘g‘ri keladigan deb topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |