Tibbiy aspektrlar. Kasalikka tashxis qo`yish va kasallik oqibatlari reja: Kirish


Ar Roziy shifoxonasi bir necha bo‘limdan iborat bo‘lgan, bularning ichiga


Download 61.22 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi61.22 Kb.
#1545288
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TIBBIY ASPEKTRLAR. KASALIKKA TASHXIS QO`YISH VA KASALLIK OQIBATLARI

Ar Roziy shifoxonasi bir necha bo‘limdan iborat bo‘lgan, bularning ichiga: ko‘z kasalliklari, terapiya, jarrohiya va shifokorlarni tayyorlash maktabi edi. Tibbiyot maktabining talabalari amaliyotni shifoxonada o‘tkazishar edi. Shifoxona shtati kichik va katta shifokorlardan iborat bo‘lgan. Agar shifokorlar tashxis qo‘yishda qiynalishganda bemorni Ar Roziy ko‘rikdan o‘tkazgan. U birinchilardan bo‘lib Sharqda kasallik tarixini yozish usulini kiritgan.
Ar Roziy chechak kasalligi bilan og‘rigan bemor qayta kasallanmasligini bilgan va variolyatsiyani qo‘llagan. Ximiyani bilganligi uchun, u maymunlarda dorilarning dinamikasini aniqlagan. Mohir jarroh bo‘lib u suyak chiqishini, suyak sinishi va jarohatlarni davolagan. Yod jismlari olish uchun asobobni taʼriflab bergan, birnchi bo‘lib bint va paxtani qo‘llagan, qorin bo‘shlig‘i yaralarini tikish uchun qo‘y ichaklaridan ip tayyorlagan. Kuzatuv natijalarini, tadqiqotni va davolash usullarini qo‘shib davolash usullarini takomillashtirdi.
Ar Roziy: «Shifokor nafaqat o‘qigan bo‘lishi kerak, balki o‘ylash qobiliyati va amaliyotni qo‘llashi kerak»,- deb yozadi Ar Roziy Gippokratning, Galening, K. Selsing, Sushrutning asarlarini o‘rgangan.
Abu Bakr-ar-Roziy o‘z ish foaliyatini anatomiya va fiziologiyani o‘rganish bilan boshlagan. U nerv va mushak funksiyalariga aniqlik kiritgan. Ar Roziy m. Cricothireoideus paralichini taʼriflab bergan, bunda nafas qisilishi va ovoz yo‘qolishi bo‘ladi.
Ilmiy meditsinani rivojlanishiga olib kelgan asarlari: «Ko‘rish va ko‘zdan nur chiqmasligi», «Ko‘z qorachig‘ining qorong‘ida kengayishi va yorug‘da torayishi sabablari». «Odam aʼzolarining ishi» asarida organlarning funksiyalari xaqida maʼlumotlar berilgan. Baʼzi asarlarida odamning uzoq yashashi va iqlimning odam tanasiga taʼsiri xaqida maʼlumotlar bor. Ensiklopedik asarlari safiga «Tibbiyotni to‘liq qamrab olgan kitob» (25 jildan ibort) va «Tibbiyotga oid kitob» kiradi. Roziyning «Chechak va qizamiq» nomli kitobi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Har birini kechishi, organizmda qanday o‘zgarishlar paydo qilishi va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligigi ko‘rsatilgan. Bu kitobda boshqa infeksion kasaliklarga ham keng taʼrif berilgan.
Abu Rayxon Beruni fikricha, Ar Roziyning qolgan merosi 184 katta va kichik asarlardan, undan 68 tasi bizning vaqtimizgacha yetib kelgan. Umrini oxirlarida Ar Roziy Rey shahrigi qaytib kelgan va uni tark etmagan. 28 oktyabr 925 yilda 60 yoshda u vafot etadi.
Olimlar qandli diabet besh xil turli kasallikdan iborat, demoqda va ularning har bir turi alohida davolanish talab qiladi.
Qandli diabet, ya'ni qondagi shakar me'yorining nazoratdan chiqib ketishi tibbiyotda shu paytgacha faqat birinchi va ikkinchi turga bo'lib kelingan.
Biroq Shvetsiya va Finlandiyadan bo'lgan tadqiqotchilar jamoasi qandli diabetni yanada kengroq o'rganib, uning yangi sirlarini aniqlaganlarini aytmoqdalar. Ularning so'zlariga ko'ra, bu tadqiqot natijalari tibbiyotda yangi davrni boshlab beradi.
Mutaxassislarning ma'lum qilishicha, yaqin kelajakda qandli diabetga chalingan bemorlarga ahvolini o'rganish anchayin aniqlashadi, ammo kasallikni qisqa vaqt ichida davolash masalasi hamon savol ostida qolmoqda.
Dunyodagi o'rta yoshli har 11 kishining biri qandli diabetga chalingan bo'lib, bemorlarda yurak xuruji, shol bo'lib qolish, ko'rlik, buyrak yetishmovchiligiga moyillik yuqori hisoblanadi.
Qo'y go'shti millatni "o'ldirmoqda"
"Kuniga ikki hovuch eryong'oq yeng, erta o'lim ehtimoli pasayadi"
"O'lim qiyofasi" o'zgarmoqda
Immun tizimi xastaliklaridan biri sanaladigan birinchi tur qandli diabet bilan Buyuk Britaniya aholisining, tahminan, 10 foizga yaqini og'rigani aytiladi. Ushbu turda organizmning insulin ishlab chiqarishga mas'ul beta hujayralar hujumga uchraydi va, oqibatda, nazorat qiluvchi gormonlar yetishmasligi tufayli qondagi shakar miqdori izdan chiqib ketadi.
Ikkinchi tur qandli diabet esa noto'g'ri turmush tarzi va ovqatlanish tartibi tufayli yuzaga keladi. Tanada ortiqcha yog' to'planishi insulin ishlab chiqarilish jarayoniga salbiy ta'sir qiladi.
Yuqorida tilga olingan tadqiqot Shvetsiyadagi Lund nomli Diabet Markazi universiteti va Findlandiyaning Molekulyar Tibbiyot instituti olimlari tomonidan amalga oshirilib, unda 14,775 nafar bemorning holati va ularning qon tahlili chuqur o'rganib chiqildi.
Tadqiqot natijalari "The Lancet Diabetes and Endocrinology" jurnalida e'lon qilindi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, qandli diabetni beshta turli klasterga ajratib chiqish mumkin.
•1-klaster - og'ir ko'rinishdagi otoimmun qandli diabet birinchi tur bilan deyarli bir xil xarakterga ega - u ham bemorlar yoshligida rivojlana boshlaydi va vaqt o'tishi bilan tanada insulin ishlab chiqarish jarayoni izdan chiqadi, lekin xastalik kuchayib ketmaguncha bemor sog'lom ko'rinadi;
•2-klaster -insulin yetishmasligi bilan bog'liq og'ir ko'rinishdagi qandli diabetga chalingan bemorlar birinchi klasterdagilar kabi avvaliga sog'lom ko'rinadi - ularda tana vazni normal holatda, tashqi tomondan kasallikka chalinganini aniqlash mushkul bo'ladi. Insulin ishlab chiqarilishi buzilgan bo'lsada, immun tizimi to'la ishdan chiqmaydi;
•3-klaster - insulinga chidamli og'ir ko'rinishdagi qandli diabet ortiqcha vazn muammosi bor odamlarda paydo bo'ladi. Bunday kasallikka chalinganlar organizmida insulin ishlab chiqarish normal holatda bo'ladi, lekin tanadagi jarayonlar ortiq insulin nazoratiga bo'ysunmay qo'yadi;
•4-klaster -semizlik bilan bog'liq yengil shakldagi qandli diabet ko'proq ortiqcha vaznga ega odamlarda uchraydi, lekin bunday bemorlarning ahvoli, metabolik jihatdan, 3-klasterdagilardan ko'ra yaxshiroq bo'ladi;
•5-klaster - yosh bilan bog'liq yengil shakldagi qandli diabet simptomlari, asosan, yoshi o'tgan odamlarda paydo bo'ladi, lekin ularning ahvoli boshqa klasterdagi bemorlardan ko'ra yaxshiroq bo'ladi.

СУРАТ МАНБАСИ,GETTY IMAGES
Tadqiqotchilardan biri, professor Leyf Grupning Bi-Bi-Siga aytishicha, mazkur tadqiqot tibbiy aniqlikni keskin takomillashtirish yo'lidagi yirik qadamdir.
"Agar tadqiqot natijalari hayotda qo'llanila boshlansa, biz kasallikka yanada aniq tashxis qo'yish va mukammalroq davolash usullarini qo'llash imkoniyatiga ega bo'lamiz."
"Qandli diabetning uchta og'ir ko'rinishi bilan qolgan ikki yengil ko'rinishga nisbatan shiddatliroq kurasha boshlaymiz," deydi Grup.
Mutaxassislarga ko'ra, ikkinchi klasterdagi diabet turi shu paytgacha tibbiyotga ma'lum bo'lib kelgan ikkinchi tur bilan deyarli bir xil xarakterga ega. Biroq bu klasterdagi diabetning yuzaga kelishi sababi bemorlardagi ortiqcha yog' to'planishi muammosi emas, balki insulin ishlab chiqaruvchi beta hujayralarning nuqsonli ekanligi sabablidir. Bunday bemorlar birinchi tur qandli diabetga chalinganlar kabi davolanashi mumkin.
Ikkinchi klasterdagi bemorlarning ko'rlik, uchinchi klasterdagi bemorlarning buyrak yetishmovchiligiga moyilligi ham tadqiqot davomida aniqlangan.
Aniqroq tasniflash
London Imperial kollejida konsultant va tibbiy tadqiqotchi sifatida faoliyat yurituvchi doktor Viktoriya Salemning ma'lum qilishicha, aksariyat mutaxassislar shu paytga qadar qandli diabetning faqat ikki turga ajratib kelinganligini 'aniq tasniflash' deb hisoblamaganlar.
"Bu tadqiqot kelajakda biz qandli diabet haqida qanday fikr yurita boshlashimizni bildiradi," deydi doktor Salem.
Biroq uning ogohlantirishicha, tadqiqot xulosalari qandli diabetga nisbatan hozirgi kundagi munosabatni yaqin vaqt ichida o'zgartirmaydi.
Tadqiqot davomida o'rganilgan bemorlarning bari Skandinaviyadan bo'lib, dunyo bo'ylab diabetga sabab bo'luvchi omillar turlicha hisoblanadi. Masalan, oxirgi paytda janubiy osiyoliklar orasida diabetga chalinish darajasi ortib bormoqda.
"Diabetning sabablari hali to'liq o'rganilmagan. U irsiy va tabiiy muhit omillari ta'sirida yuzaga chiqadi. Shu sababdan hozirda diabet turlarining asl soni beshta emas, balki 500 tani ham tashkil qilishi mumkin," deydi doktor Salem.
Vorvik Tibbiyot maktabi professori Sudhesh Kumarning fikricha, bu tadqiqot hozircha ilk qadam, xolos.
"Biz hali aniqlangan yangi guruhlarga nisbatan turlicha davolash usullarini qo'llash qanday natija berishini ham tadqiq qilishimiz lozim."
"Diabetes UK" xayriya tashkilotidan doktor Emili Berns ushbu kasallikni chuqur tadqiq qilish 'kelajakda har bir bemor uchun alohida davolash usullarini ishlab chiqish va kasallikka chalinish xavfini kamaytirish'ga imkon beradi, degan fikrda.
"Tadqiqot shu paytgacha faqat ikki ko'rinishga ega deb hisoblab kelingan kasallik haqida ko'p narsalarni yuzaga chiqardi. Biroq biz hali ma'lum bo'lgan yangi turlar haqida ko'p ma'lumotlar bilishimiz zarur. Shundagina ular tufayli azob chekayotgan bemorlarning asl holati borasida to'liqroq tasavvurga ega bo'lamiz", qo'shimcha qiladi u.
Tashxis, diagnoz — kasallikning xususiyati, mohiyati va bemorning ahvoli qaqida vrachlar bergan qisqacha taʼrif, xulosa, kasallikning nomi. Bemorni toʻgʻri davolash uchun T. aniq qoʻyilishi shart. Toʻgʻri T. qoʻyish uchun bemorda kasallikning oʻtish xususiyatlarini bilish, kasallik belgilarini barcha usullar bilan oʻrganish va boshqa kasalliklarning belgilariga taqqoslab koʻrish kerak. T.ni rasmiylashtirishda asosiy kasallikdan tashqari, unga qoʻshilgan yoʻldosh kasalliklar ham koʻrsatiladi. Erta. qoʻyilgan (kasallikning boshlangʻich belgilariga koʻra), klinik (tekshirishlar natijasiga asoslanib), differensial (farqlash), funksional (aʼzolar funksiyasini tekshirib), davo natijalariga qarab qoʻyilgan, shuningdek, vafotdan keyingi (patologoanatomik) va boshqa T.lar farq qilinadi. Har qanday kasallikni (mas., rakni) oʻz vaqtida aniqlab, toʻgʻri T. qoʻyilgandagina davolash natijasi samarali boʻladi.
Gipertoniyaning kelib chiqishi sabablari
Kasallikning rivojlanish sababi uzoq vaqt davomida stress va tushkunlik holatida yurish, tez-tez psixologik zo‘riqishlardir. Ko‘pincha, bularni doimiy emotsional taranglikni talab etadigan ish faoliyati keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, miya chayqalishiga uchragan bemorlarda ham kasallik rivojlanishi xavfi yuqori bo‘ladi. Irsiy moyillik ham sabablar qatorida: agar kishining avlodida bu kasallik uchragan bo‘lsa, unda ham ushbu kasallik rivojlanishi xavfi bir necha barobarga ortadi.
Kasallik rivojlanishiga ta'sir o‘tkazuvchi omillardan asosiysi — kamharakat turmush tarzi. Yosh o‘tib borgani sari insonlarda ateroskleroz rivojlanishi mumkin, bu o‘zgarish fonida qon bosimining oshishi esa vaziyatni yanada jiddiylashtirib yuboradi. Bu hayot uchun o‘ta xavfli hisoblanadi, chunki toraygan qon tomirlar orqali miya, yurak, buyraklarning bir qismiga qonning bormay qolishi yoki yetarli bormasligi kuzatiladi. Agar qon tomir devorlarida tromb va xolesterin to‘planmalari bo‘lsa, ular kuchli bosim vaqtida ajralib, kapillyar qon tomirlarida tiqilib, qon o‘tishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu holda miokard infarkti yoki insult yuzaga keladi.
Ayollarda qon bosimi oshishiga sabab menopauza davridagi gormonal o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Tuz yoki aniqrog‘i, unda mavjud natriy, shuningdek, chekish, alkogolli ichimliklarni iste'mol qilish, semizlik ham yurak-qon tomir tizimiga bosim o‘tkazadi.

Download 61.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling