Tibbiy fanidan mustaqil ishi


Download 20.93 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi20.93 Kb.
#1136213
Bog'liq
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI9




TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
TIBBIY BIOLOGIYA YO'NALISHI TALABASI
JO'RABOYEV ANVARNING
TIBBIY FANIDAN MUSTAQIL ISHI


MAVZU: Ichki kompleks birikmalar. Xelatlar. Kompleksonometriya





















Kompleks birikmalar. Kompleksometriya

1.Kompleks birikmalar- biologik faol birikmalar. 2.Xelatoterapiyada ishlatiladigan moddalarning kimyoviy tuzilashi .

Koordinatsion birikmalar, kompleks birikmalar — markaziy atom (yoki ion) va u bilan bogʻlangan molekula yoki ionlar — ligandlardan tashqil topgan komplekslar. Markaziy atom (kompleks hosil qiluvchi), odatda, akseptor, ligandlar esa elektronlarning donorlari boʻlib, kompleks hosil boʻlganda ular orasida donor-akseptor yoki koordinatsion bogʻ-lanish vujudga keladi. 

Kompleks elektroneytral yoki noelektrolit, musbat (kompleks kation) yoki manfiy (kompleks anion) zaryadli boʻlishi mumkin. Mac, [Cu(NH,)4]2+, [Fe(CN)6]4\ Agar eritma yoki gaz holatidagi Koordinatsion birikmalar bir xil ligandlardan tuzilgan boʻlsa,

komp-leksdagi barcha bogʻlar bir xil, agar har xil ligandlardan iborat boʻlsa, bogʻlar tavsifi ligandlar xossalariga bogʻliqboʻladi. Mac, [W(CH,CN)(O)F4] kompleksida donorakseptor, oddiy kovalent bogʻlar va qoʻsh bogʻ hosil boʻladi.Odatda, oddiy kimyoviy birikmalarning oʻzaro birikishidan murakkabroq Koordinatsion birikmalar vujudga keladi. Mas, temir va kaliyning sianid tuzlari bir-biri bilan qoʻshilib,

Koordinatsion birikmalar — kaliy ferrotsianidni hosil qiladi:Fe(CN)2+ 4KCN = K4[Fe(CN)6]. Kompleks hosil qiluvchi markaziy atom (yuqoridagi misolda — Gʻe) Koordinatsion birikmalar yadrosi (kompleks )ni, u bilan bogʻlangan (koordinatsiyalangan) molekulalar yoki ionlar — ligandlar (yuqoridagi misolda — kislota qoldigʻi CN) kompleksning ichki sfera sini tashkil etadi. 

Koordinatsion birikmalarning oʻrni muhim. Xlorofill, gemoglobin, enzimlar Koordinatsion birikmalar sinfiga mansub. Koʻpgina dorivor moddalar (koamid, ferramid va boshqalar), kobalt, temir ionlarining nikotinamid bilan birikmasi Koordinatsion birikmalar hisoblanadi. Koordinatsion birikmalarning nomlanishi. IYUPAK sistemasiga binoan, Koordinatsion birikmalar formulasini yozishda avvalo markaziy atom, soʻngra ionli va neytral ligandlar koʻrsatiladi.

Ichki va tashqi sferalar kvadrat qavs bilan ajratiladi. Mas,[Cr(H2O)6](SO4)3, [Co(NO3)(NH3)5]Cl2. Markaziy atomning zaryadi qavs ichida rim raqami bilan ifodalanadi: K2[RVg6] — kaliy geksabromopalladat (IV), [Fe(NH3)6]Cl2 — geksaamintemir (II) xlorid. Kompleks anionlar oxiriga "at", anionli ligandlarga esa "o" qoʻshimchasi qoʻshiladi: Fe3[Fe(CN)6]2 — temir (II) geksatsianoferrat (III), K2[PdCl4] — kaliy tetraxloroplatinat. 

Markaziy atomi bir vaqtning o‘zida ligandning ikki va undan ortiq funksional guruxi bilan bog‘lanadigan kompleks birikmalar ichki kompleks birikmalar yoki xelatar deyiladi. Masalan: ikki molekula etilendiaminni qadmiy tuzlari bilan ta’sirlanishi natijasida qo‘yidagicha ichki kompleks birikma, xelat hosil bo‘ladi:

Ichki kompleks birikmalarning ligandlariga kompleksonlar deyliadi. Ko‘pchilik hollarda komplekson vazifasini aminopolikarbon kislotasi va uning hosilalari o‘ynaydi. Masalan: HN2CH2COOH Nitril uch sirka kislotasi

Etilendiamintetrosirka kislotasi. (EDTSK)

Trilon B ko‘pgina kationlar bilan turg`un komplekslar hosil qiladi va ko‘pgina biotibbiyot ilmiy ishlarida keng ishlatiladi. Kompleksonlarni ishchi eritma sifatida ishlatishga asoslangan aniqlash usuliga kompleksonometriya usuli deb aytiladi.

Hozirgi vaktda 80 dan ortiq kimyoviy elementlarning kompleksonometrik usul bilan aniqlash mumkin. Tibbiyot va biologik ishlarda kompleksonlar va kompleksonometriya usuli keng qo‘llanilmoqda.

Masalan: Tirik a’zolardagi Ca, Mg va boshqa mikroelementlarni aniqlash - dorivor moddalarni taxlil qilishda - suvni taxlil qilishda - qonni saqlashda katalizator sifatida, - odam a’zolariidan zaharli metallar ionlarini chiqarish uchun

Xelat terapiyasi Xelat terapiyasi - bu tomirlarning yallig'lanishini IV terapiya va EDTA bilan davolash. Bu, ayniqsa, aterosklerozli bemorlarda qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi va bypass operatsiyasiga muhtoj bo'lish xavfini 85% ga kamaytirishga yordam beradi.

Ushbu protsedura qon tomirlarimiz devorlariga zarar etkazadigan og'ir metallarni olib tashlaydi va ularni siydik bilan tanadan olib tashlaydi. Bizning qon tomirlarimiz yanada moslashuvchan bo'ladi va tomirning lümeni ortadi, bu esa qonning tanada aylanishini osonlashtiradi. 

. Chelatsiya terapiyasi oksidlovchi stressni va qon tomirlarida blyashka hosil bo'lish xavfini kamaytirishga yordam beradi. Shunday qilib, tananing umumiy holati sezilarli darajada yaxshilanadi. Chelatsiya terapiyasi quyidagi muammolarni ham hal qilishi mumkin - yuqori qon bosimi, ateroskleroz, diabetes mellitus


Download 20.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling