3 – bosqich
Yakuniy bosqich
(10 daq)
|
Mashg’ulot yakuni:
Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifa berilishi:
Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi: “Ruhiy jarayonlar” mavzusi bo’yicha ma’lumotlar o’rganib kelish.
|
Baholari bilan tanishadilar
Uy vazifani yozib oladilar
|
1 – ilova
JORIY NAZORAT BAHOLASH KO’RSATKICHLARI VA MEZONLARI
JORIY NAZORAT
|
“Kichik guruhlarda ishlash”
|
“AQLIY HUJUM” chizmasi bo’yicha olgan baholar
|
“KLASTER” texnologiyasi bo’yicha olgan baholar
|
5
|
3
|
1
|
1
|
“AQLIY HUJUM” BO’YICHA BAHOLASH KO’RSATKICHLARI VA MEZONLARI
Ko’rsatkichlar
|
Baholar
|
Maksimal ball
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
O’tilgan mavzuni tushunganliklari
|
0.2
|
|
|
|
|
|
O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari bo’yicha tayyorgarlik darajasi
|
0.6
|
|
|
|
|
|
O’quvchilarning yangi mavzu yuzasidan mushoirada ishtirok eishlari
|
0.2
|
|
|
|
|
|
Baholarning maksimal hajmi
|
1
|
|
|
|
|
|
“KICHIK GURUHLARDA ISHLASH” TEXNOLOGIYASINI BAHOLASH KO’RSATKICHLARI VA MEZONLARI
Ko’rsatkichlar
|
Baholar
|
Maksimal ball
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Guruhning faollik darajasi
|
1
|
|
|
|
|
Guruhlarning darsga tayyorgarligi
|
1
|
|
|
|
|
Guruhlarning berilgan vazifani bajarishlari
|
1
|
|
|
|
|
Baholarning maksimal hajmi
|
3
|
|
|
|
|
“KLASTER” TEXNOLOGIYASI BO’YICHA BAHOLASH KO’RSATKICHLARI VA MEZONLARI
Ko’rsatkichlar
|
Baholar
|
Maksimal ball
|
1
|
2
|
3
|
4
|
Ma’lumotlarning to’liqliligi
|
0.2
|
|
|
|
|
Texnologiya bo’yicha berilgan savollarga javob berish
|
0.5
|
|
|
|
|
Guruhning faollik darajasi
|
0.3
|
|
|
|
|
Baholarning maksimal hajmi
|
1
|
|
|
|
|
2 – ilova
«AQLIY HUJUM» USULI UCHUN SAVOLLAR
1. Psixologiya — qanday ma’noni anglatadi?
2. Psixika — bu ......
3. Shaxsning ruhiy xususiyatlari — bu .........
4. Psixik holatlar — qanday jarayon?
5. Psixik jamyonlar — qanday hodisa?
6. Tibbiy psixologiyaning asosiy vazifasi — nimadan iborat?
7. Tibbiy psixologiya — qanday fan?
8. Kuzatish metodi nechaga bo’linadi?
9. Abu Ali ibn Sino kishilarning yoshini necha qismga bo’ladi?
10. «O’sishdan to’xtash yoshi» necha yoshlarni o’z ichiga oladi?
11. «O’sish yoshi», necha yoshgacha davom etadi?
12. «Kuchsizlik bilan birga keksalik yoshi», bu necha yoshlarni o’z ichiga oladi va bu qanday davr?
«AQLIY HUJUM» USULI UCHUN SAVOLLARIGA JAVOBLAR
1. Psixologiya — yunoncha psixo (ya’ni, ruh, jon) va logos (so’z, ilm) so’z birikmasidan tuzilgan. Demak, «psixologiya» so’zini o’zbekchaga o’girsak, ruh ilmi ma’nosini anglatadi
2. Psixika — bu real voqelikning bosh miyada aks etishi
3. Shaxsning ruhiy xususiyatlari — bu uning temperamenti, xarakteri, qobiliyati va psixik jarayonlarning barqaror xususiyatlari, shuningdek, mayli, e’tiqodi, bilimi, ko’nikmalari, malakasi hamda odatlaridan iborat
4. Psixik holatlar — uncha uzoq davom etmasa-da, lekin ancha murakkab jarayondir
5. Psixik jamyonlar — ruhiy faoliyatning murakkabroq turiga kiruvchi oddiy, elementar psixik hodisalardir
6. Tibbiy psixologiyaning asosiy vazifasi — shaxsning kasal-likka reaksiyasini va bemorning o’rta tibbiyot xodimi, shifokor hamda o’z yaqin qarindoshlari bilan munosabati xususiyatlarini o’rganishdan iborat
7. Tibbiy psixologiya — eng yosh, rivojlanib kelayotgan fan-lardan biri hisoblanadi
8. Kuzatish metodi ikkiga bo’linadi
9. Abu Ali ibn Sino kishilarning yoshini umuman to’rt qismga bo’ladi
10. «O’sishdan to’xtash yoshi» yoki navqironlik davri. Bu o’ttizdan o’ttiz beshga yoki qirq yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi
11. «O’sish yoshi», bu o’smirlik, deb ham ataladi. Bu davr o’ttiz yoshgacha davom etadi
12. «Kuchsizlik bilan birga keksalik yoshi», bu inson umri-ning oxirigacha cho’ziladi — qarilik yoshidir
3-ilova
Mavzu: “Tibbiy psixologiya” fanining tarixi, amaliy ahamiyati, o'rganish uslublari.
O’quvchi bilishi kerak:
1. Psixologiya haqida tushunchani;
2. Ruhiy holat, jarayon haqida ma'lumotni;
3. Umumiy psixologiya tarmoqlari, asosiy vazifalarini;
4. Psixologiya fani tarixi, asoschilari haqida ma’lumotni;
5. Abu Ali ibn Sinoning psixologiyaga oid flkrlarini;
6. Tibbiy psixologiyaning amaliy ahamiyatini.
1. Psixologiya haqida tushuncha. Psixologiya voqelikning alohida sohasi bo’lib, ruhiy hodisalar, kechinmalarni o’rganadi. Bizning ruhiy hodisalarimizga sezgilarimiz, idrokimiz, tasavvurlarimiz, fikr, his-tuyg’u va intilishlarimiz kirishi hammaga ma’lumdir.
Psixologiya — yunoncha psixo (ya’ni, ruh, jon) va logos (so’z, ilm) so’z birikmasidan tuzilgan. Demak, «psixologiya» so’zini o’zbekchaga o’girsak, ruh ilmi ma’nosini anglatadi.
Ruhiy hodisalarning butun majmuyi, odatda, psixika so’zi bilan ataladi. Psixika — bu real voqelikning bosh miyada aks etishi. Psixika o’zicha alohida bir olam emas, u organik olamning yuksak shakllaridan bo’lib, faqat hayvonlar bilan odamga xosdir. Odam psixikasi hayvon psixikasidan sifat jihatidan farq qiladi. Odamda psixik hayotning yuksak shakli— ong bor.
2. Ruhiy holat, jarayon haqida ma'lumot.
Insonlardagi psixika uch xil ruhiy hodisa sifatida namoyon bo’ladi:
Shaxsning ruhiy xususiyatlari — bu uning temperamenti, xarakteri, qobiliyati va psixik jarayonlarning barqaror xususiyatlari, shuningdek, mayli, e’tiqodi, bilimi, ko’nikmalari, malakasi hamda odatlaridan iborat.
Psixik holatlar — uncha uzoq davom etmasa-da, lekin ancha murakkab jarayondir. Bunga tetiklik yoki ma’yuslik, ishchanlik yoki horg’inlik, serzardalik, parishonxotirlik, yaxshi va yomon kayfiyat va hokazolar kiradi.
Psixik jarayonlar — ruhiy faoliyatning murakkabroq turiga kiruvchi oddiy, elementar psixik hodisalardir. Ular juda qisqa vaqt davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |