Tibbiy psixologiya
Tibbiy psixologiyaning amaliy ahamiyati
Download 236 Kb.
|
1-mavzu Davolash tibbiyot psixologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzatish metodi.
- Tashqi kuzatish.
6. Tibbiy psixologiyaning amaliy ahamiyati.
Psixologiya tibbiyot bilan qadimdan chambarchas bog’lanib keladi. Kasalliklar orasida psixik kasalliklar guruhi ham bo’ladi. Bunday kasalliklarni ham, asosan, psixologik vosi-talar bilan davolashga to’g’ri keladi. O’rta tibbiyot xodimi, shifokor bemorning ruhiy holatiga to’g’ri baho berish uchun, avvalo, odamning normal psixologiyasini bilishi kerak. Barcha tibbiyot xodimlari, shu jumladan, o’rta tibbiyot xodimlari ham bemorga ruhiy ta’sir ko’rsatish vositalarini: ishontirish, maslahat berish va u bilan muomala qilish yo’llarini puxta bilishlari kerak. Tibbiy psixologiya — eng yosh, rivojlanib kelayotgan fanlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib tibbiy psixologiya juda ko’p qimmatli ilmiy ma’lumotlar to’pladi. Bu to’plangan ma’lumotlar somatogen va psixogen kasalliklarning oldini olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun tibbiyot xodimlarining ruhiy holatlarini o’rganish, sog’lom muhitli jamoani tashkil qilish asosida tibbiy xizmatni yaxshilash kabi masalalar yechimini topishga ancha ko’maklashmoqda. Tibbiy psixologiya tibbiyotning barcha sohalari va bosqichlari uchun amaliy ahamiyatga egadir. Chunki bemorning ruhiy jihatdan tetikligini ta’minlamasdan turib, uni samarali davolashga erishib bo’lmaydi. Tibbiy psixologiya bemor psixikasini chuqurroq o’rganish maqsadida kuzatish, eksperiment, suhbat, tarjimai holini o’rganish usullari bilan bir qatorda bir qancha test tizimlaridan foydalanadi. Kuzatish metodi. Psixik hodisalar hayotda, ya’ni tabiiy sharoitlarda turli-tuman faoliyatda qanday ko’rinishida voqe bo’lsa, o’sha ko’rinishda kuzatish metodining yordami bilan o’rganiladi. Kuzatish metodi ikkiga bo’linadi: a) tashqi, b) o’z-o’zini kuzatish yoki ichki kuzatish. Tashqi kuzatish. Bu usul tibbiy psixologiyada keng qo’llanilatfi. Shifokorlar va o’rta tibbiyot xodimlari bemorlarning ruhiy holatlarini tashqaridan kuzatib boradilar. Ku-zatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik hayotning sezgi a’zolarimiz bevosita seza oladigan, o’zimiz bevosita idrok qila oladigan dalillar aniqlanadi va tasvirlanadi. Kuzatish metodi psixik hodisalarni faqat tasvir etish bilan cheklanib qolmay, balki shu hodisalarni tushuntirish, ya’ni ularning tevarak-atrofdagi muhitga, tarbiyaga, odamning faoliyat turiga, organizmning umumiy ahvoliga va nerv sistemasining holatiga bog’liq ekanligini isbotlash imkonini ham beradi. Download 236 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling