Tibbiy sug‘urtaning umumiy tavsifi va nazariy asoslari


Download 1.74 Mb.
bet3/4
Sana26.03.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1296407
1   2   3   4
Bog'liq
 Tibbiy sug‘urtaning umumiy tavsifi va nazariy asoslari.

  • Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashning asosiy maqsadi baxtsiz hodisa tufayli sug‘urtalanuvchi salomatligi va hayotiga etkazilgan zararni qoplashdir, ayni damda sug‘urtaning mazkur turi bo‘yicha asosiy mijozlar sifatida maktab o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari va korporativ mijozlar namoyonn bo‘lmoqda.
  • Korporativ mijozlar o‘z xodimlarining salomatligidan manfaatdor bo‘lgan ish beruvchilardir, maktab o‘quvchilarini esa odatda farzandi haqida qayg‘urgan ota-onalar sug‘urta qildiradilar.

SHunday ekan ushbu mavzuni yoritishda sug‘urta bozorida aynan shu sug‘urta turi bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urta kompaniyasining faoliyatini hamda unda mazkur sug‘urta turi bo‘yicha erishilgan ko‘rsatkichlarini taxlil qilish maqsadga muvofiqdir.

  • Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashga oid qoplamalar to‘g‘risida gap ketar ekan, sug‘urta qoplamalarining muayyan hajmini aniqlashga nisbatan ikki xil yondashuvni ajratib ko‘rsatish lozim. Sug‘urta kompaniyasi yo barcha kafolatlarni o‘lim holati uchun ko‘zda tutilgan bitta sug‘urta summasidan kelib chiqib foiz nisbatida belgilaydi, yoki har bir kafolatni aniqlash uchun alohida turlicha sug‘urta summalarini qo‘llaydi.
  • Mamlakat sug‘urtalovchilari hisob-kitoblarni o‘lim holati uchun ko‘zda tutilgan bitta sug‘urta summasidan kelib chiqib, turli foiz meyorlaridan foydalangan holda olib borishni ma’qul ko‘radilar. Biroq har qanday holatda ham sug‘urta tovoni to‘lovlarining umumiy summasi sug‘urta shartnomasi amal qilib turgan davrda sodir bo‘lgan bitta yoki bir necha sug‘urta hodisasi uchun sug‘urta shartnomasida belgilab qo‘yilgan sug‘urta summasi miqdoridan, yoki agar shartnomada bir necha sug‘urta summalari ko‘rsatilgan bo‘lsa, har bir kafolat uchun belgilangan summadan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
  • Sug‘urta kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashning Namunaviy Qoidalarida sug‘urta to‘lovi miqdorini sug‘urta to‘lovining muayyan turi bo‘yicha sug‘urta summasiga foiz hisobida belgilash tavsiya etiladi. Bunda sug‘urta to‘lovlariga oid Jadvalga muvofiq, sug‘urtalanuvchi tomonidan baxtsiz hodisa oqibatida mehnatga umumiy layoqatniing yo‘qotilishi holatida, to‘lov davolash-profilaktika muassasining ma’lumotnomasiga asoslanib, odatda sug‘urtalanuvchi shaxsdan qo‘shimcha shahodatnomalarni talab etmasdan amalga oshiriladi
  • Agar sug‘urtalanuvchi shaxsning yumshoq to‘qimalariga, ko‘rish, eshitish qobiliyatiga, jinsiy-siydik tizimiga zara etgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi tomonidan ana shu shikastlarning oqibaini aniqlash maqsadida uni mutaxassis shifokordan shahodlantirish uchun yuborilishi mumkin.
  • Mazkur Qoidalarga ko‘ra mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik yuzaga kelganligi munosabati bilan sug‘urta to‘l

  • Download 1.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling