- Amalda bu koeffitsientlar quyidagi oraliqda tebranib turadi: 1-toifa nogironlik uchun sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta ummasining - 75 – 80%; 2-toifa nogironlik uchun – 50 – 65%; 3-toifa nogironlik uchun – 25 – 50% miqdorini tashkil etadi.
- Mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik holati bo‘yicha kafolat sug‘urtalanuvchiga davolnish va salomatlikni tiklash davri uchun kundalik tovon puli to‘lanishini ta’minlaydi.
- Bu kafolatni taqdim etish o‘ziga xos xusiyatlrga ega. Birinchidan, tovon pulining miqdori mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik bo‘yicha sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta summasiga proporsional ravishda belgilanadi, masalan har kun uchun sug‘urta summasining 0,3 yoki 0,5 % miqdorida. Nafaqaning eeng ko‘p miqdorini belgilash chegarasi sifatida sug‘urtalanuvchining o‘rtachcha bir kunlik daromadi miqdori olinadi.
- Ikkinchidan, mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik holati kafolati odatda franshizaga ega bo‘lib, u nafaqa to‘lanmaydigan mehnatga layoqatsizlikning birinchi kunlarida ifodalanadi. Eng ko‘p tarqalgan franshiza odatda 7 kundan ortiq bo‘lmaydi. Uchinchidan, mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik holati kafolati tovon puli to‘lashning oxirgi muddati chegaralanishi bilan ajralib turadi. Bu muddat xususiy holda aniqlanadi va an’anaga ko‘ra 365 kunni tashkil etadi.
Tibbiy xarajatlarni to‘lash kafolati, baxtsiz hodisa oqibatidagi shikastlanishlarni davolash uchun zarur to‘lov bo‘lib, shifoxonaga yotqizish, ambulatoriyada davolash, dori-darmon, parvarish uchun xarajatlarning qoplanishini nazarda tutadi. Opsion tarzida protezlash, kosmetik jarrohlik harajatlarini, sanatoriyada davolanishni to‘lab berishni ham taklif etish mumkin. Asosiy kafolatlar bo‘yicha to‘lovlar tibbiy xarajatlarning 100% miqdorida. Qo‘shimcha kafolatlar bo‘yicha esa 20 – 50% dan yuqori bo‘lmagan holda belgilanishi mukin. Odatda bunday kafolatning miqdori ijtimoiy sug‘urta yoki ijtimoiy ta’minot hisobidan davolanish xarajatlari uchun beriladigan to‘lovlaring miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. - Tibbiy xarajatlarni to‘lash kafolati, baxtsiz hodisa oqibatidagi shikastlanishlarni davolash uchun zarur to‘lov bo‘lib, shifoxonaga yotqizish, ambulatoriyada davolash, dori-darmon, parvarish uchun xarajatlarning qoplanishini nazarda tutadi. Opsion tarzida protezlash, kosmetik jarrohlik harajatlarini, sanatoriyada davolanishni to‘lab berishni ham taklif etish mumkin. Asosiy kafolatlar bo‘yicha to‘lovlar tibbiy xarajatlarning 100% miqdorida. Qo‘shimcha kafolatlar bo‘yicha esa 20 – 50% dan yuqori bo‘lmagan holda belgilanishi mukin. Odatda bunday kafolatning miqdori ijtimoiy sug‘urta yoki ijtimoiy ta’minot hisobidan davolanish xarajatlari uchun beriladigan to‘lovlaring miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |