Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

Bo‘limning maqsadi
1. Yog‘larning organizmda bajaradigan vazifasi, o‘ziga xos xususiyatini tushunish
uchun ularning tuzilishi va xosalarini o‘rganish.
2. Jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarining kelib chiqish sabablarini aniqlash chun
yog‘larinig organizmga singilishi o‘rganish.
3. Ayrim kasalliklarni aniqlash maqsadida yog‘ almashinuvi, qondagi yog‘ miqdorini
o‘lchash usullari bilan tanishtirish.
YOG‘LARNING TUZILISHI, PARCHALANISHI VA SO‘RILISHI
Yog‘lar suvda erimaydigan, ammo organik moddalarda yahshi eriydigan
birikmadir. Yog‘larning singishida o‘t kislotalarning natriyli tuzi muhim ahamiyatiga
ega. Ular yog‘ va suv orasida sirt tarangligini kamaytiradi va ularni mayda
zarrachalarga aylanishini amalga oshiradi. Faol bo‘lmagan lipazani faol lipazaga
aylantiradi. Uzun zanjirli, yuqori yog‘ kislotalari so‘rilishini osonlashtiradi.
O‘t kislotalar ikki turga bo‘linadi.
1. Toq o‘t kislotalar. Ular xolat, dezoksixolat, xenodezoksixolat kislotalardir.
2. Juft o‘t kislotalar - glikoxolat, glikodezoksixolat, glikoxenodezoksixolat,
tauroxolat, taurodezoksixolat, va tauroxenodezoksixolat kislotalardir.
93-ish. O‘T KISLOTALARGA SIFAT REAKSIYA
Reaktivlar: oltingugurt kukuni, sulfat kislotaning konsentrlangan eritmasi, yangi tayorlangan
saharozaning 10% li eritmasi, distillangan suv.
Kerakli anjamlar: probirkalar, pipetkalar, shtativlar.


114
Bajariladigan ish tartibi. 1. Suvning sirt tarangligiga o‘tning ta’siri. 1-2 ml
suv solingan probirkaga bir chimdim oltingiugurt solinadi. Kukun suv bilan
aralashmay, suv yuzasida qoladi. Ikinchi probirkadagi 1-2 ml suvga 5-10 o‘t
suyuqligi tomiziladi, aralashtiriladi va bir chimdim oltingugurt kukuni solinsa, u
cho‘kadi. Bu o‘t suyuqlig‘i tarkibidagi o‘t kislota tuzlarining suv tarangligi
susayganligini ko‘rsatadi. Demak o‘t kislotalari yog‘-suv orasidagi sirt tarangligini
kamaytiradi va yog‘larning suvda erishini osonlashtiradi. O‘t suyuqligiga ho‘llangan
filtr qog‘ozdan yog‘ yahshi o‘tadi o‘t kislotalariga ho‘llanmagan qog‘ozdan esa yog‘
o‘ta olmaydi.
2. O‘t kislotalariga Peten-Kofer reaksiyasi. probirkaga solingan 10-20
tomchi konsetrlangan sulfat kislotaga o‘t suyuqligi (bir timchi yangi tayyorlangan
shakar eritmasi bilan o‘t aralashtirib olinadi) solinadi. Eritmalar oralig‘ida (bo‘linish
chegarasida) qizil-binafsha halqa hosil bo‘ladi (bu o‘t kislota cho‘kmasidir).
Ikkala suyuqlik asta-sekin (eitmalar o‘z-o‘zidan qiziydi, unung 70°C dan ortiq
qizishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak) aralashtirilganida olcha-qizil rangga kiradi.
Kuzatilgan rang saxarozaning sulfat kislota bilan ta’sirlanib oksimetilfurfurolga
aylanishi va xolat kislota bilan o‘zaro ta’sirlanishi natijasidir.
Eslatma. 70°C dan ortiq qizdirilganda ko‘mirlanish hodisasi ro‘y beradi va
eritmaning rangi qorayadi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling