Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


-ish. TUXUM SARIG‘DAN LETSITIN VA KEFALINNI AJRATIB OLISH


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

94-ish. TUXUM SARIG‘DAN LETSITIN VA KEFALINNI AJRATIB OLISH
VA ULARNING TARKIBIY QISMLARGA SIFAT REAKSIYALARI
O‘KAZISH
Fosfatidilholin va fosfatidiletanolaminlar tuxum sarig‘idan spirt yordamida
eritib olinadi. So‘ng ular gidrolizlanadi. Gidrolizat tarkibidagi mahsulatlar sifat
reaksiya yordamida aniqlanadi.
Reaktivlar: quruq tuxum sarig‘i (kukuni), etil spirit, atsetonning 10% li eritmasi, kaliy yod
eritmasida eritilgan yod, sirka kislotaning konsentrlangan eritmasi, temir (II) sulfat tuzi, vodorod
perioksidning 15% li eritmasi, nitrat kislotada tayyorlangan ammoniy molibdat eritmasi.
Kerakli anjomalar: qaytar sovitgich o‘rnatilgan probirkalar, pipetkalar, buyum va qoplag‘ich
oynachalar, chinni idishlar, tarozi va mikroskop.
Bajariladigan ish tartibi. 1. letsetin va kefinlarni tuxum sarig‘dan ajratish.
Havoda quritilgan 1 g tuxum sarig‘i qaytar sovitgich o‘rnatilgan probirkaga solinadi.
Uning ustiga 5 ml etil spirit quyib 70-75°C gacha istilgan suv hammomiga
joylashtiriladi. Probirkadagi suyuqlik qaynagandan boshlab, vaqti-vaqti bilan 10
daqiqa davomida chayqatib turiladi. Bu jarayonda tuxum sarig‘i lesetinlari, kefalinlari
va qisman pigmentlari erigan holatga o‘tadi. Spirtli eritma sariq rangga, bo‘yaladi,
tuxum sarigi esa rangsizlanadi (spirtning bug‘langan qismi to‘ldirib turiladi). Ya’ni
hajm bir me’yorda saqlanadi. Probirkadagi eritma buklangan qog‘oz filtri orqali toza
probirkaga o‘tkaziladi. Filtrat tiniq bo‘lishi kerak.
2. letsetin va kefalinlarni parchalash (gidrolizlash) hamda ularning tarkibiy
qismlariga sifat reaksiyalari o‘tkazish 1-2 ml spirtli ekstratga shuncha miqdorda
sulfat kislota eritmasi quyib, 10-15 daqiqa qaynab turgan suv nammomida qizdiriladi.


115
Letsetin tarkibiy qismlarga parchalanadi. Bunda erkin xolin, yog‘ kislota, fosfat
kislota va glitserin hosil bo‘ladi. Vaqt o‘tgach probirka suv hammomidan olinib,
sovitiladi. Uning yuzasida yog‘ tomchilari qalqib yuradi. Bular yog‘ kislotadir.
a)
gidrolizat tarkibidagi xolinni aniqlash shisha oynachaga kichik gidrolizat
tomchisi olinadi va ustiga kaliy yod eritmasida eritilgan yoddan kichik tomchi
tomiziladi. Tomchilar qoplag‘ich oynacha bilan qoplanadi. Mikroskop ostida qo‘ng‘ir
rangli xolin kristallari hosil bo‘ladi.
b)
qolgan ekstrakt chinni kosachaga solinib, suv hammomida bug‘latadi.
Qolgan quruq qismi konsenrlangan sirka kislotaning bir nehca tomchisida eritilafi.
Uning usniga temir (II) sulfat kristallari qo‘shiladi. Eritmaga 1 ml vodorod peroksid
solib, ozgina qizdiriladi. Bunda fosfat kislota ajraladi. Ekstrat filtrllanadi. Fosfat
kislotani aniqlash uchun bir tomchi filtrga 1 ml konsentralangan nitrat kislata va
ortiqcha miqdordagi (5-6 ml) ammoniy molibdatning nitrat kislotada tayorlangan
eritmasidan solib qizdiriladi. Bunda ammoniy fosfomolibdatning sariq rangli
cho‘kmasi hosil bo‘ladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling