Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

Usulning asosi. Fosfolipidlarning umumiy miqdori yog‘lardagi fosfor miqdoriga
qarab aniqlanadi. Ma’lumki, fosfolipidning taxminan 4% ini fosfor tashkil qiladi. Shu
sababli tajribadan topilgan yog‘ tarkibidagi fosfor miqdori 25 ga ko‘paytiriladi.
Fosfolipidlar qon zardobidagi oqsillarning uchxlorsirka kislota bilan hosil qilgan
cho‘kmasida aniqlanadi. Cho‘kmadagi fosforni kolorimetrik yo‘l bilan, fosfor
molibdatni esa ammoniy va askorbin kislota bilan hosil qilgan rangli reaksiyadan
foydalangan holda aniqlanadi.
Tekshiriluvchi material: qon zardobi.
Reaktivlar: uchxlorsirka kislotaning 10% li eritmasi, xlorat kislotaning (HClO
4
) 56% li eritmasi,
askorbin kislotaning (yangi tayorlangan), 0,5% li eritmasi, ammoniy molibdatning 2,5 mol/l sulfat kislotada
tayorlangan eritmasi, natriy godroksidning 50% li eritmasi, kaliy digidrofosfatning doimiy eritmasi (1 ml
eritmas tarkibida 1 mg fosfor bo‘lishi kerak. Ishchi eritma doimiy eritmani 100 marta suyultirish bilan
tayorlanadi).
Kerakli anjomlar. Probirkalar, pipetkalar, shihsa tayoqchalar, qum hammomi, sentrifuga, FEK va 1
sm qalinlikdagi kyuvetalar.
Bajariladigan ish tartibi. Tekshiruv, doimiy va nazorat tajribalar uchun 3 ta
probirka tayorlanadi (bitta guruh talabalari uchun 1 yoki 2 ta doimiy va nazorat
tajriba etarli bo‘ladi).
1. Tekshiruv tajriba probirkasiga 0,2 ml qon zardobi va 3 ml 10% li UXSK
eritmasi tomiziladi (suyuqliklar aralashtirib turiladi). Probirkadagi suyuqliklar
daqiqasiga 3000 marta aylanadigan sentrifugada 5 daqiqa aylantiriladi. Cho‘kma
ustidagi suyuqlik olib tashlanadi. Cho‘kmaga 1 ml 56% li xlorat kislota solinadi va
50-60 daqiqa davomida qum hammomida rangsizlanguncha qizdiriladi. So‘ngra
eritma sovitiladi va unga 6 ml distillangan suv va 12 tomchi natriy gidroksid eritmasi
(neytralash uchun), 1 ml ammoniy molibdat, 1 ml askorbin kislota solinadi.
2. Nazorat tajriba probirkasiga 1 ml xlorat kislota, 6 ml distillangan suv, 12
tomchi natriy gidroksid eritmasi, 1 ml ammoniy molibdat solinadi.
3. Doimiy eritma solingan probirkaga 1 ml xlorat kislota, 2 ml kaliy
digidrofosfatning ishchi eritmasi, 4 ml distillangan suv, 12 tomchi natriy gidroksid
eritmasi, 1 ml ammoniy molibdat va 1 ml askorbin kislota eritmasi solinadi.
4. 20-30 daqiqa o‘tgach, tekshiruv va doimiy eritma solingan tajriba
probirkalarida hosil bo‘lgan rang zichligi nazorat eritma qarshisida, qizil nur filtri
ostida, 630 nm to‘lqin uzunligidagi FEK da kolorimetrlanadi. Yog‘ tarkibidagi fosfor
miqdori (x, mg/dl) quydagi tenglamadan hisoblanadi.
10
2
,
0
100
.
02
,
0
.
.





doim
teksh
doimiy
tekshiruv
E
E
E
E
x
bunda 0,02 – doimiy eritmadagi fosfor miqdori, mg
0,2 – tekshirish uchun olingan qon zardobi miqdori, ml
100- fosfornin mg/dl ga o‘tkazish koeffisienti.


122
Sog‘lom odam qon zardobidagi fosfor odatda 6,1 – 14,5 mg/dl gacha bo‘ladi.
Umumiy fosfolipidlarni aniqlash uchun yog‘ tarkibidagi fosorni 25 ga ko‘paytirish
kerak.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling