Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshiriluvchi material
- Kerakli anjomlar.
Usulning asosi. Fosfolipidlarning umumiy miqdori yog‘lardagi fosfor miqdoriga
qarab aniqlanadi. Ma’lumki, fosfolipidning taxminan 4% ini fosfor tashkil qiladi. Shu sababli tajribadan topilgan yog‘ tarkibidagi fosfor miqdori 25 ga ko‘paytiriladi. Fosfolipidlar qon zardobidagi oqsillarning uchxlorsirka kislota bilan hosil qilgan cho‘kmasida aniqlanadi. Cho‘kmadagi fosforni kolorimetrik yo‘l bilan, fosfor molibdatni esa ammoniy va askorbin kislota bilan hosil qilgan rangli reaksiyadan foydalangan holda aniqlanadi. Tekshiriluvchi material: qon zardobi. Reaktivlar: uchxlorsirka kislotaning 10% li eritmasi, xlorat kislotaning (HClO 4 ) 56% li eritmasi, askorbin kislotaning (yangi tayorlangan), 0,5% li eritmasi, ammoniy molibdatning 2,5 mol/l sulfat kislotada tayorlangan eritmasi, natriy godroksidning 50% li eritmasi, kaliy digidrofosfatning doimiy eritmasi (1 ml eritmas tarkibida 1 mg fosfor bo‘lishi kerak. Ishchi eritma doimiy eritmani 100 marta suyultirish bilan tayorlanadi). Kerakli anjomlar. Probirkalar, pipetkalar, shihsa tayoqchalar, qum hammomi, sentrifuga, FEK va 1 sm qalinlikdagi kyuvetalar. Bajariladigan ish tartibi. Tekshiruv, doimiy va nazorat tajribalar uchun 3 ta probirka tayorlanadi (bitta guruh talabalari uchun 1 yoki 2 ta doimiy va nazorat tajriba etarli bo‘ladi). 1. Tekshiruv tajriba probirkasiga 0,2 ml qon zardobi va 3 ml 10% li UXSK eritmasi tomiziladi (suyuqliklar aralashtirib turiladi). Probirkadagi suyuqliklar daqiqasiga 3000 marta aylanadigan sentrifugada 5 daqiqa aylantiriladi. Cho‘kma ustidagi suyuqlik olib tashlanadi. Cho‘kmaga 1 ml 56% li xlorat kislota solinadi va 50-60 daqiqa davomida qum hammomida rangsizlanguncha qizdiriladi. So‘ngra eritma sovitiladi va unga 6 ml distillangan suv va 12 tomchi natriy gidroksid eritmasi (neytralash uchun), 1 ml ammoniy molibdat, 1 ml askorbin kislota solinadi. 2. Nazorat tajriba probirkasiga 1 ml xlorat kislota, 6 ml distillangan suv, 12 tomchi natriy gidroksid eritmasi, 1 ml ammoniy molibdat solinadi. 3. Doimiy eritma solingan probirkaga 1 ml xlorat kislota, 2 ml kaliy digidrofosfatning ishchi eritmasi, 4 ml distillangan suv, 12 tomchi natriy gidroksid eritmasi, 1 ml ammoniy molibdat va 1 ml askorbin kislota eritmasi solinadi. 4. 20-30 daqiqa o‘tgach, tekshiruv va doimiy eritma solingan tajriba probirkalarida hosil bo‘lgan rang zichligi nazorat eritma qarshisida, qizil nur filtri ostida, 630 nm to‘lqin uzunligidagi FEK da kolorimetrlanadi. Yog‘ tarkibidagi fosfor miqdori (x, mg/dl) quydagi tenglamadan hisoblanadi. 10 2 , 0 100 . 02 , 0 . . doim teksh doimiy tekshiruv E E E E x bunda 0,02 – doimiy eritmadagi fosfor miqdori, mg 0,2 – tekshirish uchun olingan qon zardobi miqdori, ml 100- fosfornin mg/dl ga o‘tkazish koeffisienti. 122 Sog‘lom odam qon zardobidagi fosfor odatda 6,1 – 14,5 mg/dl gacha bo‘ladi. Umumiy fosfolipidlarni aniqlash uchun yog‘ tarkibidagi fosorni 25 ga ko‘paytirish kerak. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling