Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Olingan natijalarni rasmiylashtirish


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

Olingan natijalarni rasmiylashtirish. Usulning asosini, kolorimetrlash
natijasini, hisoblash natijasini daftaringizga yozib, hulosa chiqaring.
100-ish. QON ZARDOBI TARKIBIDAGI UMUMIY XOLESTERINNI ILKA
USULI BILAN ANIQLASH
Sog‘lom odam qon zardobi tarkibidagi umumiy xolesterin miqdori 150-250
mg/dl atrofida. Xolesterin efirlari va yog‘ kislotalar umumiy xolesteringni 50-70
foizini, erkin xolesterinning efirlangan xolesteringa bo‘lgan nisbati doimiy
kattalikdir. Yangi tug‘ilgan bolalarda xolesterin va uning bog‘langan shakli kam
miqdorda bo‘ladi. Bola o‘sgan sari bu ko‘rsatkichlar kattalarnikiga yaqinlashadi.
Qon plazmasi tarkibidagi xolesterin miqdorining ortishi (giperxolesterinemiya)
miksidema, meningit, diabet, ateroskleroz va jigarning ayrim kasalliklarda kuzatiladi.
Oilaviy giperxolesterinemiya holatlarida haqida ham ma’lumotlar bor.
Qon plazmasidagi xolesterin miqdorining kamayishi (gopoxolesterinemiya)
surunkali yurak yetishmovchiligi holatlarida, o‘tkir yuqumli kasalliklarda, o‘tkir
poliartritlarda va gipertireozlarda kuzatiladi.
Usulning asosi. Xolesterin sirka angidrid ishtirokida sirka va sulfat
aralashmalar bilan rangli mahsulot hosil qiladi. Rang zichligi kolorimetrda
o‘lchanadi.
Tekshiruvchi material: qon zardobi.
Reaktivlar: ishchi reaktiv (tajriba o‘tkazilishidan oldin 1 qism konsentrlangan sirka kislota, 5 qism
sirka angidrid va 1 qism konsentrlangan sulfat kislota ehtiyotlik bilan isishga yo‘l qo‘ymagan holda
aralashtirib turiladi).
Kerakli anjomlar: probirkalar, pipetkalar, termostat, FEK ba kyuvetalar.
Bajariladigan ish tartibi. Quruq va toza probirkaga 2 ml ishchi reaktiv va 0,1
ml gemolizlangan qon zardobi solinadi. Qon zardobi devor bo‘ylab solinishi kerak.
Probirkadagi suyuqlik 10-12 marta chayqatiladi va 37°C li termostatga 20 daqiqa
joylashtiriladi.
Nazorat tajribasini tayorlash uchun (bitta guruhdagi talabalar uchun 1-2 nazorat
tajriba yetarli) quruq probirkaga 2 ml ishchi reaktiv solinadi. Qolgan ish tartibi
yuqoridek. Eritmaning rang zichligi nazorat tajriba qarshisida, qizil nur filtr to‘lqin
uzunligidagi FEK da ko‘riladi.
Xolesterin miqdori o‘lchov egri chizig‘iga binoan aniqlanadi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling