Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn
Olingan natijalarni rasmiylashtirish
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Usulning asosi.
Olingan natijalarni rasmiylashtirish.
Usulning asosini, kolorimetr ko‘rsatkichini, hisob natijasini va xulosangizni daftaringizga yozing. 101- ish. QON ZARDOBI LIPOPROTEINLARINI POLIAKRILAMID GEL ELEKTROFOREZI USULI BILAN AJRATISH 123 Lipoproteinlar (LP) oqsil va yog‘lardan tashkil topgan murakkab zarrachalardir. Qon zardobidagi lipoproteinlar tarkibi erkin va efirlangan xolesterin, fosfolipidlar, triatsilglitserinlardan iborat. Lipoproteinlarning 4 turi tafovut qilinadi. Yuqori zichlikka ega bo‘lgan lipoproteinlar (YUZLP) yoki alfa lipoproteinlar oqsil va fosfolipidlarga boy, sog‘lom odam qon zardobida bo‘ladi. Past zichlikka ega bo‘lgan lipoproteinlar yoki betta lipoproteinlar ko‘p miqdordagi xolesterinni tashiydi. Juda past zichlika ega bo‘lgan lipoproteinlar yoki prebeta lipoproteinlar jigarda hosil bo‘lib, endogen triglitseridlarnio tashiydi. Xilomikronlar XM ichak devorida ekzogen ozuqa triglitserinlarning qayta sintezlanishida va xolesterindan hosil bo‘ladi. XM juda ko‘p miqdorda triglitseridlarni va kam miqdorda oqsillarni tutganligi tufayli elektroforezlashda startda qoladi. Efirlanmagan yog‘ kislotalar (erkin yog‘ kislotalar), qon lazmasida albuminlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Ular umumiy yog‘ kislotalarning kam miqdorini tashkil qiladi. Yangi tug‘ilgan bolalarning lipoproteinlari o‘ziga xos. Alfa lipoproteiinlar miqdori betta- va gamma-lipoproteinlarga nisbatan ortiqroq bo‘ladi. Bola 4 oylik bo‘lganda bu nisbat o‘zgarib, kattalarnikiga yaqinlashadi. Usulning asosi. Oldindan qora sudan buyog‘i bilan bo‘yalgan qon zardobi lipoprotinlari elektr maydonida, ularning zaryadlariga va massiga bog‘liq holda fraksiyalarga ajraladi. Lipoproteinlaning alohida fraksiyalari % ini aniqlash qator kasalliklarda diagnostik ko‘rsatgich bo‘la oladi. Masalan, diabet, semirib ketish ateroskelroz, qon tomorlarini torayishi (ishemiya) va boshqa kasalliklarda kuzatiladi. Elektroforez usuli bilan olingan lipoprtoteingrammalar barcha kasalliklarga xos ko‘rsatgich hisoblanadi. Poliakrilamid gel elektroforezi lipoproteid fraksiyalarni aniqlash uchun zamonaviy, birdan- bir qulay usuldir. Elektroforez uchun ishlatiladigan poliakrilamid gel akrilamid va metilen- bis- akrilamid (MBA) monmerlarini katalizator ishtirokida polimerlash yo‘li bilan olinadi. Katalizator ammoniy persulfat va N, N, N, N¹-tetrametiletilendiamin eritmalari aralashmasidan iborat. Bunda poliakrialmidning chiziqli zanjirlari metilen ko‘prikchalari bilan tashiladi. Gelning tuzilishida to‘g‘ri navbatlashgan amid guruhlari bo‘lgaligi tufayli, yaqqol ifodalangan gidrofillik xossasini namoyon qiladi. Monometr eritmalar va katalizatorlar (pH – 8,9) buffer eritmada tayorlanib, shihsa naychalarda polimerlanadi. Qon zardobi lipoproteinlarini ajratish uchun 3 qavat akrilamidli differinsial elektroforez qo‘llaniladi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling