Olingan natijallarni rasmiylashtirish. Daftaringizga usulning asosi yoziladi,
ajralgan fraksiyalrning rasmini chizib, turli zardoblarning bo‘yalgan lipoprotein
fraksiyalari solishtiriladi. Quydagi rasmda sog‘lom va ateroskleroz bilan og‘rigan
bemorlar qon zardobi lipoproteinlarining fraksiyalarga ajralishi ko‘rsatilgan.
17- rasdm.
Qon zardobi lipoproteinlarining ajralgan fraksiyalari.
1) sog‘lom odamlarda.
2) Ateroskleroz kasalliklagida.
a) pre-betta-lipoproteinlar
b) betta- lipoproteinlar
c) alfa-lipoproteinlar
d) albuminlar- efirlanmagan yog‘ kislotalar.
102-ish. QON ZARDOBINING PAST ZICHLIKKA EGA BO‘LGAN
LIPOPROTEINLARINI (PZL) ANIQLASH
PZL - (betta-lipoproteinlar) ning qondagi miqdori yoshga qarab 3-4,5 g/l
orasida bo‘ladi. LNP miqdorining ortishi aterosklerozda, mexanik sariq kasallligida,
o‘tkir gepatitlarda, diabet, glikogen kasalligida, ksantomatoz va semirish holatlarida
kuzatiladi. LNP miqdorining kamayishih esa plazmositomada aniqlangan.
Usulning asosi: PZL – kalsiy xlorid ta’sirida geparin bilan kompleks birikma
hosil qilib, chokmaga tushadi. eritmaning xirlanish darajasiga ko‘ra qon zardobidagi
PZL miqdori o‘lchanadi.
Tekshirulvchi material: qon zardobi.
Reaktivlar: qon zardobi (geparinli qon zardobi ishlatilmaydi), kalsiy xloridning 0,23 % li eritmasi,
geparining 1 % li eritmasi.
Kerakali anjomlar: probirkalar, pipetkalar, mikropipetkalar, FEK, 0,5 sm li kyuvetalar.
Bajariladigan ish tartibi: 1. probirkaga 2 ml kalsiy xlorid eritmai, 0,2 ml qon
zardobi solinadi va aralashtiriladi.
2. Eritmaning (E
1
) optik zichligi FEK ning 630 nm to‘lqin uzunlikdagi qizil
nurda o‘lchaniladi.
3. Kyuvetadagi eritma probirkaga quyilib, mikropipetka bilan 0,04 ml 1% li
geparin eritmasi solinadi. 4 daqiqa o‘tgach, qaytadan eritmaning optik zichligi (E
2
)
yuqoridagidek sharoitda o‘lchanadi.
4. Tenglamaga binoan LNP ning miqdori (s, g/l) hisoblanadi.
10
)
Е
(Е
с
1
2
10 – empirik koeffisient.
126
Do'stlaringiz bilan baham: |