Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn
Olingan natijalarni rasmiylashtirish
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quydagi vaziyat masalalarni yeching
Olingan natijalarni rasmiylashtirish: Daftarga usulning asosini, natijasini
yozing. Olingan natijalar sog‘lom ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi va tegishli xulosa chiqariladi. Tayorlanish uchun savollar 1. Qon zardobidagi umumiy yog‘ miqqdori qanday aniqlanadi? 2. Qon zardobidagi umumiy yog‘ miqdorini aniqlashning diagnostik ahamiyati nimadan iborat. 3. Giperlipoproteinemiya nima va u qanday kasalliklarda kelib chiqadi? 4. Yog‘ almashinuvida fosfatidlarning ahamiyati nimadan iborat? 5. Qon zardobidagi fosfatidlarni aniqlash usulning asosi nimadan iborat? 6. Qon zardobidagi fosfatidlar miqdorini aniqlash qanday diagnostik ahamiyatga ega? 7. Qon zardobida xolesterin miqdorini aniqlash usulning asosi nimadan iborat? 8. Xolesterin miqdorini aniqlashning diagnostik ahamiyati. 9. Qon zardobida qanday lipoproteinlar bor? 10. Qon zardobidagi lipoproteinlarni qanday usil bilan fraksiyalarga ajratish mumkin? Bu usulning asosi nimadan iborat? 11. Lipoprotein fraksiyalarining yog‘ almashunividagi ahamiyati qanday? 12. Qon zardobidagi lipoprotein fraksiyalari miqdorini aniqlash qanday diagnostik ahamiyati ega? 13. Organizmda yog‘ almashinuvini aniqlaydigan qanday zamonaviy usullarini bilasiz? Quydagi vaziyat masalalarni yeching 1. Nima sabbadan o‘t pufagi yallig‘langan bemorga yog‘siz ovqat ist’mol qilish tavsiya etiladi? 2. O‘t pufagi va o‘t yo‘llarida tosh hosil bo‘lishiga sabab nima? Bunday bemorlarga qanday dori- darmonlar tavsiya qilinadi? 3. Qanday holatlarda bemor ahlati bilan yog‘ ajraladi? Bunday jarayonni qanday izihlash mumkin? 4. Yog‘li ovqat ist’emol qilingandan 1-2 soat o‘tgach qon zardobining xiralashgani kuzatiladi. Ammo bir oz vaqt o‘tgach, qon qaytadan tiniqlashadi. Bunday jarayonda qanday ferment ishtirok etadi? 5. Yog‘ning parchalanishi va so‘rilishining buzilishi bilan vitamin E, K, D, A lar yetishmovchiligi orasida qanday bog‘liqlik bor? 6. Ateroskelroz kasalligi bor deb gumon qilayotgan vrach bemor qonida qanday ko‘rsatkichlarni aniqlomog‘i lozm? Javobingizni izohlang. 7. Oilaviy ateroskleroz kasalligini kelib chiqishga sabab nima? 8. Letsetinxolesterinatsiltransferaza (LXAT) fermentining kasallikni aniqlashdagi ahamiyati qanday? Javobingizni izohlang. 9. Bemorning qonidagi erkin, efirlangan va umumiy xolesterinni aniqlashda maqsad nima? Xolesterinnig organizmda tutgan o‘rni qanday? 10. Qon tarkibida umumiy lipoproteinlar, fosfolipidlarni aniqlash sababini tushuntirib bering. 11. Bola ovqat tarkibidagi yog‘ miqdorini o‘zgartirmagan holda uglevodlar miqdori kamaytiriladi. Bunday tadbir qanday o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin? 12. Uglevodlar va yog‘ balansining buzilishi ularning almashinuvi buzilishiga olib keladi. Bunday holatda ketonemiya va atsidoz kuzatiladi. Bunday biokimyoviy o‘zgarishlarni tushuntiring va izohlang. 13. Ateroskleroz bilan og‘rigan bemorga past kaloriyali parhez tavsiya qilinadi. Bunda uglevodlar va hayvon yog‘lar miqdori kamaytiriladi, ammo vitamin va kletchatka miqdori orttiriladi. Bunga sabab nima? Javobingizni izhlang. 14. Ateroskleroz kasalligida organizmdan xolesterinni chiqarish tadbirlari ko‘riladi. Buning sababini tushuntiring. 15. Yosh ulg‘aygan sari odam semirishga moyil bo‘ladi. Nima uchun, sababini tushuntiring. 16. Xolesterin, yuqori zichlikka ega bo‘lgan lipoproteinlar va jinsiy gormonlar, orasida qanday bog‘liqlik bor? Javobingizni izohlang. 17. Atsetil-S-KoA karbonsuv almashinuvi va xolesterin sitezining oraliq mahsulotlaridir. Energiya ehtiyoj pasayganda va ortganda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? 18. Nima sababdan ateroskleroz kasalligida vrachni alfa- va betta lipoproteinlar miqdori qiziqririladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling