Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Qon zardoini tayyorlash va gelga quyish


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

Qon zardoini tayyorlash va gelga quyish. Zardob taxminan etil spirtida
to‘yintirilgan qora sudan bilan bo‘yaladi. Buning uchun 0,3 ml qon zardobiga 0,15 ml
qora sudan B eritmasi va 0,5 ml E eritma qo‘shiladi. Eritmalar xona haroratida
bo‘lish kerak.
Tayyorlangan tajriba xona haroratida, qorong‘i joyda bir soat qoldiriladi.
So‘ngra 0,05 ml (ikki tomchi) bo‘yalgan qon zardobi gel yuqorisiga ko‘yiladi.
Elektroforez. 1. Elektroforez asbobi ikki kameradan iborat bo‘lib, ular bir-
birining ustiga joylashtirilgan. Kameranin yuqori qismiga gel solingan naychalar
pastki kameraga tushib turishi kerak. Naychaning rezina tiqini olib tashlanadi va
shipits yordamida elektrod bufer bilan ho‘llaniladi. Naychalar buffer eritmaga 1—2
sm cho‘kib turadigan qilib pastki kameraga qo‘yiladi. Naychalarning yuqorigi kirish
qismida havo pufakchalari bo‘lmasligi kerak. Shundan so‘ng naychalarning usti
bekilguncha buffer eritma bilan to‘ldiriladi. Kamera markasiga
elektrodlar
o‘rnatiladi: yuqoriga (-) katod, pastki qismga (+) anod.
2. Asbob tokka ulaniladi, elektrodlar (EOB - elektrodlarning oziqa bloki)
to‘g‘ri ulanishi zarur.
3. Elektroforez EOB chetki chap holatga keltiriladi, “сеть” tumbleri
o‘chiriladi.
4. EOB 220 V kuchlanishli tokka ulanadi.
5. Elektroforez - ta’minlovchi “EOB elektroforez” holatiga kiritiladi. “Ishlash
tartibi”- 25-50 mA ga qo‘yiladi. “O‘lchash” esa 1 mA ga qo‘yiladi.
6. Asbobning “сетьt” tumbleri ishga tushiriladi. EOB da signal tugmachasi
yonadi.
7. “Elektroforez” qo‘l soati strelkasi bo‘ylab, o‘lcho‘v asbobi tok 2 mA ga
yetguncha buraladi (10 ta naychaga 20 mA beriladi), 5 daqiqa o‘tgach tok kuchi har


125
bir naychaga 5-6 mA gacha oshiriladi va elektroforez jaroyoni tugaguncha shunday
holatda ushlanadi.
8. Elektroforez qorong‘ilashtirilgan xonada 60-75 daqiqa davomida o‘tkaziladi.
Shu vaqt davomida qon zardobi lipoproteinlari ma’lum fraksiyalarga ajraladi.
9. Kameraning yuqori qismidagi buffer bir idishga, pastki qismidagi esa
kolbaga solinadi. Ushbu bufferlar 10 martagacha ishlatilishi mumkin.
10. Elektoforez tugagach “сеть” tumbleri o‘chiriladi. Kamera EOB dan
ajratiladi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling