Tayyorlanish uchun savollar
1. Yog‘larning organizmida bajaradigan vazifasi va ahamiyatini ayting.
2. Yog‘larning singishi uchun qanday shart-sharoitlar talab qilinadi?
3. O‘t kislotalarning yog‘larning singihidagi va so‘rilishidagi ishtiroki, qanday o‘t kislotalarini bilasiz?
4. O‘t kislotalarining organizmda aylanshini tushuntiring.
5. Qaysi kassaliklarda yog‘larning parchalanishi va so‘rilishi buziladi, bunga sabab nima?
6. Yog‘larning singishida qaysi fermentlar ishtirok etadi?
7. Yog‘larning so‘rilishi va ichak devorida qayta sintezlanishi.
8. Xolesterinnig organizmdagi vazifasi.
YOG‘LARNING ORALIQ ALMASHINUVI
97-ish. QON ZARDOBIDAGI ERKIN YOG‘ KISLOTALARNI ANIQLASH
Qon tarkibida da 640-880 mg/dl (640-880 mkg ekv/l) erkin yog‘ kislotalari
bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar organizmdagi yog‘lar (triatsilglitserid) tarkibida
ko’rpincha palmitin va palmitoolein kislota bo‘ladi, linolen kislota esa kamroq
bo‘ladi. Shu bilan katta yoshdagi odam yog‘laridan farqlanadi. Chaqaloqlar qon
zardobida bir yoshdan oshgan bolalar va kattalarga nisbatan erkin yog‘ kislotalar
miqdori ko‘proq bo‘ladi. Bu esa ulardagi yog‘larning parchalanishi va organizmnig
eneriyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondiadi.
57-jadval
Chaqaloqlar va katta yoshdagi odam organizmidagi yog‘larning tarkibi va xususiyati
Yog‘ tarkibi
chaqaloqlarda
kattalarda
Olein kislota
Palmintin kislota
Stearin kislota
Yog‘larning erish nuqtasi °C
Yod miqdori
68,0
29,0
3,0
43,0
43,4
90,0
8,0
2,0
17,5
65,0
Qandli diabet kassaligida, organizmga adrenalin yuborilgandan keyin va uzoq
muddat och qolganda erkin yog‘ kislotalar miqdori me’yoridan ortiq bo‘lishi
kuzatiladi. Erkin yog‘ kislotalar albuminlar bilan bog‘langan holda tashiladi. Qonda
glyukoza va insulim miqdori ortganda u kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |