116
Kerakli anjomlar: quruq probirklar va shtativlar, voronkalar, pipetkalar, shisha tayoqchalar, shisha
oynachalar, filtrlar, skalpel, filtrlar.
Bajariladigan ish tartibi. 1g miya to‘qimasi 2-3 g mis (II) sulfat bilan chinni
xovonchada quyuq qiyma hosil bo‘lguncha eziladi. Hosil bo‘lgan
qiyma skalpel
yordamida shisha oynacha ustiga ingichka qatlam qilib yoyiladiva 60°C da quritiladi.
Shisha oynacha alangandan ancha yuqorida tutilishi kerak. Mis sulfat ilan quritilgan
miya to‘qimasi skalpel bilan asta-sekin qirib olinadi va probirkaga solinadi. Uning
ustiga 5 ml xlorofom quyiladi. Xolesterin xona haroratida 5 daqiqa ekstraksiyalanadi.
Ekstrat quruq probirkaga filtrlanadi va ikki qismga bo‘linadi, ularga sifat reaksiyalar
o‘tkaziladi.
Zalkov reaksiyasi. 1 ml miya ekstratiga shuncha miqdorda konsentrlangan
sulfat kislota solib aralashtiriladi. Eritma bir oz tingandan
keyin suyuqliklarning
yuqorigi xloroformli qavati qizil ranga, pastki sulfat kislota qavati esa sariq qizg‘ish,
yashil flyuoressensiyalovchi ranga bo‘yalganligi kuzatiladi. Suyuqlikni yuqori qismi
olib tashlangach, pasti qismga konsentrlangan
sulfat kislota quyulsa, eritma pushti-
qizil ranga bo‘yaladi, flyurissensiya hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: