Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

YOG‘ ALMASHINUVI
Yog‘lar (lipidlar) odam organizminig zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Ularga
neytral yog‘lar – triasilglitseridlar va yog‘simon moddalar (lipidlar), fosfolipidlar,
steroidlar, prostoglandinlar kiradi.
Yog‘lar organizmda juda ko‘p muhim vazifalarni bajaradi. Eng oddiy
tuzilishga ega bo‘lgan yog kislotalar organizmda yog‘lar parchalanishi va sintezda
ishtirok etuvchi oralik mahsulotdir. Ular asosiy energiya manbai hisoblanadi. Neytral
yog‘lar asosiy energiyamanbai bo‘libgina qolmay, balki himoya vazafasini bajaradi.


113
Fosfolipidlar va glikolipidlar hujayra membranasi tarkibiga kiradi. Ular
reseptorlik vazifasini bajaradi. Nerv impulsini o‘tkazishda qatnashadi va immunitet
holatini ta’minlaydi.
Steroidlar vakili hisoblangan xolesterin hujayra membranasi tarkibiga kiradi.
Ulardan o‘t kislotalar, steroid gormonlar, vitamin D
3
hosil bo‘ladi. Prostoglandinlar
yog‘ kislota mahsuloti bo‘lib moddalar almashinuviniboshqarishda ishtirok etadi.
Yog‘lar ayrim vitaminlarni (A, D, E, K) organizmga yetkazilib beradi. Yog‘lar
tarkibidagi o‘rnini almashtirib bo‘lmaydiga yog‘ kislotolar (linol, linolen va
arahidon) vitaminlik hossasini namoyon qiladi. Ular vitamin “F” nomi bilan
yuritiladi.
Katta yoshdagi odam bir kunda 80-100 g hayvon yoki o‘simlik yog‘i iste’mol
qilishi kerak. Keksa va kamharakat odamlarning yog‘ga bo‘lgan ehtiyoji birmuncha
kam. Muddadan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning yog‘ga bo‘lgan ehtiyoji o‘z vaqtida
tug‘ilgan chaqaloqlarniki bilan bir xil (5,0-6,5), lekin ularning to‘yingan yog‘larga
bo‘lgan talabi cheklangan. Bu me’da osti bezi va jigar tashqi secretor funksiyasining
nisbiy yetishmobchiligiga bog‘liq. Bolaning yog‘ga bo‘lgan ehtiyoji 1 g vazniga
0,80-1,50 g ni tashkil qiladi.
Uzoq muddat och qolgan, qandli diabet kasalligida yog‘ almashinuvining
buzilishi kuzatiladi. Shu tufayli yog‘lar va ularning oralik mahsulotlarini o‘ganish
katta amaliy va nazariy ahamiyatiga ega.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling